Mavzu: Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang
Download 326.42 Kb.
|
Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq.
- Monologik matn.
Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) “Navro‘znoma” asarida quyidagilarni o‘qiymiz: Navro‘zning joriy qilinishi sababini aytsak, u shundan iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz oltmish besh kun-u kecha-kunduzning to‘rtdan birida Hamal burjining birinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o‘zida yana qaytib
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ). Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud (q. badiiy nutq, ichki monolog).Download 326.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling