Mavzu: Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang


Download 326.42 Kb.
bet2/7
Sana08.11.2023
Hajmi326.42 Kb.
#1756300
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang

Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir tiri sanaladi. Ma’lum voqea-hodisalarga narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususyatni ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishdosh faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan keng foydalaniladi Monologik matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir. Siz bu qo`shiqni eshitgansiz. Lekin bu safar ushbu qo`shiq Shahriniso onamizga bag`ishlab aytilayapti. Ilohim, joylari jannatda, ruhlari shod, oxiratlari obod bo`lsin. Bu yolg`onchi dunyoda insonni ikki donagina chin do`sti bo`lar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o`sha sizu bizni yorug` dunyoga keltirgan onalarimiz. Alloh bizning ruhimizga parvona bo`ladi. Onalarimiz-chi? Onalarimiz hali tug`ilmasimizdan to o`zlari qabrga ketgunlariga qadar boshimizda parvona bo`ladilar. Ilohim, o`tganlarini Alloh o`z rahmatiga olsin. Tiriklarining umrlarini ziyoda qilsin. Yaxshi kunlarda, to`ylarda qo`llarini duoga ochib turganlarini ko`rish ko`p yillar nasib etsin. Oqibat degan gap bor dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatning ham farqi bo`lar ekan. Ona farzandiga beminnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o`ssin, deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandning oqibati omonat oqibat bo`lar ekan. Minnatli oqibat bo`lar ekan. Bugun bor, ertaga ko`ramanmi yo`qmi, kel, endi ikki og`iz yaxshi gapimni ayamay, deb oqibat qilarkanmiz. Bugun kelib, ertaga ketguvchi mehmonga qilgandek oqibat qilarkanmiz. Agar so`zlarimdan ko`nglingiz ranjigan bo`lsa, shu so`zlarimning isbotini borib qabristondan ko`ring. Hattoki o`sha qabr toshlariga ham jimjimador qilib minnat bilan yozib qo`yilibdi: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Qarang, hattoki shu qabr toshini ham minnat bilan qo`yarkanmiz. Uni biz qo`ydik deb qo`yarkanmiz: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Dunyoning yolg`onligini, dunyoning omonatligini, dunyoning bor-yo`g`i besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan mening esdaligimni nima keragi bor? “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Gohida shu chin do`stimizning ham qadriga yetamiz, gohida yo`q. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz. Lekin bizni kutib o`tirgan bedor onaizor kelganimizni qadam tovushlarimizdan emas, qalbi orqali sezadilar. Bir og`izgina, bor yo`g`i bir og`izgina so`z aytadilar: “Bolam, keldingmi?” Gohida mana shu bir og`izgina so`z ham bizga og`ir botib ketadi. “Ha, onajon, keldim. Yosh bolamasman-ku(!) Uxlayversangiz bo`lmaydimi?”, – deymiz.

  • Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir tiri sanaladi. Ma’lum voqea-hodisalarga narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususyatni ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishdosh faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan keng foydalaniladi Monologik matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir. Siz bu qo`shiqni eshitgansiz. Lekin bu safar ushbu qo`shiq Shahriniso onamizga bag`ishlab aytilayapti. Ilohim, joylari jannatda, ruhlari shod, oxiratlari obod bo`lsin. Bu yolg`onchi dunyoda insonni ikki donagina chin do`sti bo`lar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o`sha sizu bizni yorug` dunyoga keltirgan onalarimiz. Alloh bizning ruhimizga parvona bo`ladi. Onalarimiz-chi? Onalarimiz hali tug`ilmasimizdan to o`zlari qabrga ketgunlariga qadar boshimizda parvona bo`ladilar. Ilohim, o`tganlarini Alloh o`z rahmatiga olsin. Tiriklarining umrlarini ziyoda qilsin. Yaxshi kunlarda, to`ylarda qo`llarini duoga ochib turganlarini ko`rish ko`p yillar nasib etsin. Oqibat degan gap bor dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatning ham farqi bo`lar ekan. Ona farzandiga beminnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o`ssin, deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandning oqibati omonat oqibat bo`lar ekan. Minnatli oqibat bo`lar ekan. Bugun bor, ertaga ko`ramanmi yo`qmi, kel, endi ikki og`iz yaxshi gapimni ayamay, deb oqibat qilarkanmiz. Bugun kelib, ertaga ketguvchi mehmonga qilgandek oqibat qilarkanmiz. Agar so`zlarimdan ko`nglingiz ranjigan bo`lsa, shu so`zlarimning isbotini borib qabristondan ko`ring. Hattoki o`sha qabr toshlariga ham jimjimador qilib minnat bilan yozib qo`yilibdi: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Qarang, hattoki shu qabr toshini ham minnat bilan qo`yarkanmiz. Uni biz qo`ydik deb qo`yarkanmiz: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Dunyoning yolg`onligini, dunyoning omonatligini, dunyoning bor-yo`g`i besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan mening esdaligimni nima keragi bor? “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Gohida shu chin do`stimizning ham qadriga yetamiz, gohida yo`q. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz. Lekin bizni kutib o`tirgan bedor onaizor kelganimizni qadam tovushlarimizdan emas, qalbi orqali sezadilar. Bir og`izgina, bor yo`g`i bir og`izgina so`z aytadilar: “Bolam, keldingmi?” Gohida mana shu bir og`izgina so`z ham bizga og`ir botib ketadi. “Ha, onajon, keldim. Yosh bolamasman-ku(!) Uxlayversangiz bo`lmaydimi?”, – deymiz.

Download 326.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling