Matn tahlili va tahriri. Badiiy tahlil - matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir. Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi. Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim: 1. Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini ilgari suradi. - Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ). Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud (q. badiiy nutq, ichki monolog). Matn tahlili va tahriri. Badiiy tahlil - matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir. Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi. Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim: 1. Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |