Mavzu: moyli ekinlar tasnifi
Download 0.89 Mb.
|
Moyli ekinlarning umumiy tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish muddati.
- Ekish usuli.
Gerbitsidlarni qo‘llash. Kungaboqarni yetishtirishda nitran, treflan, gezagard—50 gerbsidlari sepilib ekishgacha tuproqqa aralashtiriladi. Ger-
bitsidlar ekishdan oldingi kultivatsiya bilan POU purkagichlarida sepi- ladi va darhol tuproqqa aralashtiriladi. Bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi 2,5—3 kg/ga promet- rin qo‘llash yaxshi natija beradi. Ekish. O‘zbekistonda moyli kungaboqarning Yenisey, Armavires, Salyut, Trudovaya, Pioner navlari kuzgi don ekinlaridan keyingi ang‘izda ekishga yaroqli, ang‘izda yozda ekilganda ularning o‘suv davri 10—12 kunga qisqaradi. Ular O‘zbekiston sharoitida yozda ekilganda 75—80 kunda pishib yetiladi. Ekish uchun davlat ro‘yxatiga kirgan va istiqbolli navlar urug‘laridan foydalaniladi. Navdorlik sifatlariga ko‘ra kungaboqar urug'lari 3 kategoriyaga boiinadi. I kategoriyaga navdorligi 99,8 %, qalqondorligi 98 %, II va III kategoriyalarda bu ko‘rsatkichlar muvofiq holda 98, 97 % va 96 va 95 % dan kam bo‘lmasligi lozim. Ekinboplik sifatlariga ko‘ra ham uch sinfga bo‘linadi. 1-sinf urug'lar tozaligi 99 %, unuvchanligi 95 %, 2-sinfda bu ko‘rsatkichlar 98 va 93 %, 3-sinfda 97 va 90 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Ekish uchun tayyorlangan urug‘lar to‘la, saralangan, kalibrovka qilingan, panoktin bilan 200 g/s hisobida ishlangan bo‘lishi talab qilinadi. Ekish muddati. O‘zbekistonda Chkalovskiy gigant va VNIIMK 8931 navlari lalmikorlikda bahorda yashil massasi uchun ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda ertapishar navlar ang'izda moy olish uchun ekilmoqda. Bahorda ekilganda urug‘ ekiladigan chuqurlikda harorat 8—12 °C qiziganda ekish boshlanadi. Ertagi muddatda tuproq 5—7 °C qiziganda, ekish boshlanadi. Ang‘izga ekish 10-iyundan 1-iyulgacha o‘tkaziladi. Yozda ekilganda ekish muddatining kechikishi urug'larning yetilmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ekish usuli. Kungaboqar qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish SUPN—8, SKPP—12, SPCH—6M seyalkalarida bajariladi. Urug'lar punktirlab ekilganda optimal oziqlanish maydonini hosil qi- lish osonlashadi. Sug‘oriladigan yerlarda kungaboqarning tup qalinligi 55—60 ming/ga bo‘lishi optimal hisoblanadi. Ang‘izga ekilgan past bo‘yli (bo‘yi 0,8-1,2 m) erta pishar navlar 75-85 ming/ga qalinlikda ekili- shi yaxshi natija bermoqda. Moyli kungaboqarni ekish me’yori gek- tariga 5—10 kg, silos uchun ekiladigan navlariniki 35—40 kg, ekish chuqurligi 6—7 sm, yengil tuproqlarda 8—10 sm. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling