Mavzu: moyli ekinlar tasnifi
Download 0.89 Mb.
|
Moyli ekinlarning umumiy tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug‘i (mag‘iz)
Botanik ta’rifi. Kungaboqar Astralar (Asteraceae) oilasiga kiradi. Helianthus annuus L. turi ikkita alohida turga - //. cultus wenze L. — madaniy kungaboqar va H. ruderalis wenze L. - yovvoyi kungabo- qarga bo'linadi. Madaniy kungaboqar ikkita kenja turga — ssl. sativus wenze L. madaniy ekma kungaboqar va ssl. ornamentalis wenze L. madaniy manzarali kungaboqarga bo'linadi.
Madaniy ekma kungaboqar — bir yillik o‘tsimon o'simlik, tuproq- qa 2-4 m chuqurlikka kirib boruvchi, 100-150 sm atrofga taraluvchi o‘q ildiz tizimiga ega. Poyalari yog‘ochlashgan, ichi g'ovak prenxima bilan to‘la, bo‘yi 0,6—2,6 m, silos navlarida 3—4 m, tik o‘sadi, shoxlanmaydi. Usti qattiq tuklar bilan qoplangan. Barglari yirik, bandli, uzunligi 20-40 sm ovalsimon, yuraksimon, uchi o'tkirlashgan, tuk bilan qalin qoplangan. Barglarning cheti tishli. Pastki 3—5 juft barglari poyada qarama-qarshi joylashgan, qolganlari navbatlashgan. Bitta o‘simlikda barglar soni 14—50 taga yetadi. Erta- pishar navlari kamroq, kechpisharlari ko‘p barg hosil qiladi. To‘pguli — savatcha qavariq yoki botiq, tekis disksimon, moyli navlarda diametri 15—25 sm, chaqiladigan navlarda 45 sm. Bir necha bargchadan iborat o‘rama bilan o‘ralgan. GuI o'mining chetida pushtsiz, tilsimon savatcha ichida naychasimon meva hosil qiluvchi gullar joy- lashgan. Bitta savatchada 600—1200 ta gul bo‘ladi. Mevasi — pistacha, siqilgan tuxumsimon shaklda, to‘rtta qirrasi bor. U urug‘ — yupqa umg‘ po‘sti bilan qoplangan mag‘iz va mag‘izga yopishmay turadigan terisimon pishiq meva po'stidan iborat. Po‘chog‘i oq, kutrang, qora yo‘l-yo‘l yoki yo‘lsiz bo'ladi, 1000 pista vazni 40— 175 g. Po‘chog‘i pista vaznining 22—46 % ni tashkil qiladi. Urug‘i (mag‘iz) — murtak, yupqa urug‘ po‘stidan, murtak esa ildiz- cha, kurtakcha va ikkita urug'palladan iborat. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling