Mavzu: Mo’ynali hayvonlarni oziqlantirish va saqlash gigeyenasi Reja


Download 39.65 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi39.65 Kb.
#1482114
1   2   3
Sassiq ko’zan (norkalar) uchun katak o’lchami 40x40x80 yoki 45x45x90 sm bo’ladi. Urgochi tulki va bolalari uchun uzunligi 3 m, eni 1m va balandligi 70 sm bo’ladi. Erkak tulkilar uchun har biriga alohida katak qilinadi. Nutriyalar - katagida uycha, yayratish maydoni va suv solingan hovuzcha (basseyni) bo’ladi. Bolali nutriyalar uchun uycha pishiq gisht yoki betondan qilinadi. Agar yogochdan qilinsa ichki tomondan metall to’r qoqiladi. Uychalarni uzunligi 1 m, eni 0,7 m va oldingi balandligi 0,7 m va keyingisi 0,8 m bo’ladi. Uycha yayratish maydoni bilan 22x22 sm o’lchamdagi teshik orqali ulanadi. Yayratish maydoni 1,4 x 2 m bo’lib gisht yoki betondan balandligi 90 sm qilib o’raladi. Havuzchaning uzunligi 1,4 m, eni 0,6 m va chuqurligi 0,3 m bo’ladi. Fermada mo’ynali hayvonlar turadigan binolardan tashqari yirtqichlar oshxonasi, mo’ynaga birinchi ishlov berish punkti, inventarlar saqlash saroyi, to’shama saqlash xonasi, veterinariya punkti, izolyator, xizmatchilar xonasi, isitish, yuvish, quritish xonalari va hojatxona bo’ladi.
Ozuqalarni saqlash uchun har 1000 bosh urgochi sassiq ko’zan yoki 500 bosh urgochi tulki hisobiga kamida 100 t ozuqa sigadigan muzlatkich bo’lishi kerak. Ferma atrofi devor bilan o’raladi. Devorni ichki tomonidan mayda teshikli sim to’r tortilib, to’rning pastki qismi 60-100 sm gacha chuqurlikka ko’miladi. Agar chuqur kam qilinsa sim to’r ferma tomonga qaratib yerga yoyib ko’miladi. Bu mo’ynali hayvonlarning devorni teshmasligi va qochmasligiga yordam beradi.
Tulki, sassiq ko’zan va qunduzlar hayvonot olamidan olinadigan ozuqalar bilan, nutriya esa o’simliklardan tayyorlangan ozuqalar bilan oziqlanadi. Yirtqich go’shthur hayvonlar uchun eng qimmatli va to’yimli ozuqa bo’lib ot va bugi go’shti hisoblanadi. Ular uchun baliq xo’jaligi chiqindilari, sut - go’sht va baliq kombinatlari, inkubasiya chiqindilari ham keng ishlatiladi.
Donli ozuqalardan arpa, suli, makka, bugdoy va omuxta yem beriladi. Mo’ynali hayvonlar rasioniga sifatli lavlagi, sabzi, piyoz, ko’k o’t, ildizmevali ozuqalar poyasi, har xil poliz mahsulotlari silosi va boshqalar kiritaladi. Kunjara maydalab uvitilib, zigirniki esa pishirib beriladi. Baliq kombinatlari chiqindilari berilganda ehtiyot bo’lish zarur, chunki ba’zi baliqlarda tiaminoza fermenti bo’lib V vitaminni parchalaydi. Natijada mo’ynali hayvon uzoq vaqt davomida qayt qiladi. Shuning uchun har 2 - 3 kunda baliq pishirilib turiladi. Baliq bilan uzoq muddat boqilsa yosh mo’ynali hayvon bolalarida anemiya kasalligi uchraydi va hatto nobud bo’lishi ham kuzatiladi. Hayvonlar uzoq vaqt uglevodli ozuqa bilan boqilmasa yomon o’sadi, mo’yna sifati pasayadi. Vitamin S yetishmasa suti juda kamayib ketadi. Norka va tulkilar osh tuzidan ko’p kasallanadi. Shuning uchun sho’r ozuqalar bo’lsa, uni yaxshilab chayqab yuvib beriladi. Muynali hayvonlarga beriladigan ozuqa tarkibida osh tuzi 0,5% dan oshmasligi kerak.
Nutriyalar yil davomida katakda yoki maxsus tayyorlangan suv havzalariga qo’yib yuborilib, kuzda maxsus ushlagichlar bilan ushlanadi. Bugoz tulkilar, nutriyalar alohida uychali kataklarda saqlanadi. Uycha va inlar tugishdan oldin tozalanib, olov yordamida kuydirilib, keyin 1-2 % li issiq uyuvchi natriy eritmasi bilan yuvib quritiladi. Bugoz yirtqich hayvonlar ini doimo kuzatilib, haftasiga 3 marta to’shamasi almashtiriladi. Yomon tugadigan urgochi yirtqichlar maxsus bino - issiqxonaga yigiladi. Nimjon bolalari onasini ema olmaganlari - yashik inkubatorga (25x25 sm) to’rli pol ustiga paxta solib joylashtiriladi va har 4 soatda emizadigan yirtqichni stol ustiga yotqizib bolalari emiziladi. Kam sut va ko’p bolasi bo’lsa qisman bolalari boshqa onaga o’tkaziladi. Sassiq ko’zanda 7 - 8 bosh va tulkida 12 - 14 bosh bolasi o’ziga qoldiriladi. Norka bolalari onasidan 35 - 45 kunligida, tulkilar 40 - 50 kunligida ajratiladi. Nutriyalar 1,5 - 2 oyligida ajratilib, 3 oyligida suvga qo’yiladi. Sentyabar va oktyabr oylarida mo’ynali hayvonlar pati uchi o’tkir taroqlar yordamida tarab olinadi.

Download 39.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling