Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini
Download 1.64 Mb.
|
2 var musiqa
Mavzu: MTT va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari.Musiqaning hayotdagi o’rni.MTTda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini.Musiqa tarbiyasining aqliy,ahloqiy va jismoniy tarbiyalar bilan bog’liqligi. REJA: 1. Maktabgacha ta’lim muassasasida musiqaviy tarbiyaning maqsadi. 2. Musiqaviy tarbiyaning vazifalari 3. Musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish. Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his yetishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqiy asardan o‘rinli foydalanish alohida muxim o‘rin tutadi. Ma’lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi go‘zalliklarni idrok yetishga bevosita bog‘liqdir. Shu borada musiqa mashg‘ulotlari mazmuni bolalar tomonidan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo yetadi. Bulardan tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg‘ularida ijro yetish jarayonida bolalar ijrochiligi va ijodkorligi malakalari shakllanadi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asosiy ustuvorligidan biri–bu fanlararo bog‘liklikni yo‘lga qo‘yishdir. Musiqa — san’atning bir turi. U san’atning yana boshqa turlari bilan musiqa chambarchas bog‘liqdir. Masalan musiqa mashg‘ulotlarini raqs, she’riyat (adabiyot), badiiy san’at va san’atning boshqa turlari, undan tashqari jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va boshqalar bilan qo‘shib olib borish nazarda tutilgan. Bu masala «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi va o‘kuv qo‘llanmada ham alohida ta’kidlanadi. Bolalar ijrochiligi — kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg‘ularida ijro yetish va hokazo masalalari hozirgi kunda o‘zining dolzarbligi bilan ko‘pgina pedagog-olimlarning diqqat markazidadir. Uzluksiz ta’lim tizimida musiqiy ta’lim tizimi bir necha bosqichlardan iborat. Musiqa ta’limi boshqa fanlar kabi maktabdan emas, balki maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanadi va ta’lim tizimining barcha jabhalarida davom yetadi. Shuning uchun biz kelajak avlodni musiqiy bilimga yega bo‘lishlariga zamin yaratar yekanmiz, ularning musiqiy-estetik tarbiyalariga alohida e’tiborimizni qaratmog‘imiz zarur. Buning uchun «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlab o‘tilganidek, nafaqat bola shaxsi, balki musiqa rahbarsi shaxsini, uning ma’naviy-madaniy qiyofasini shakllantirishimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy-musiqiy an’analarimizga amal qilgan holda bo‘lajak musiqa rahbarlarmizni yosh avlodni tarbiyalashga loyiq hamda munosib inson qilib shakllantirishimiz kerak. Albatta, boshlang’ich sinflarda ham musiqa fani kichik yoshdagi bolalar uchun yeng qiziqarli fanlardan biri sanaladi. “Musiqa madaniyati” o‘quv fanida ham kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilub tayanch dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqiy ta’lim-tarbiyaga qo‘yiladigan maxsus talablar ham dasturning asosiy qismlari qatoridan o‘rin olgan. Unga ko‘ra bolalarni musiqiy-estetik tarbiya uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: - Musiqiy-estetik faoliyatni atrof muhit hamda zamon bilan hamohangligi; - Musiqaning san’at sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish; - Bolalarning musiqiy rivojlanishlarida uzviylikni ta’minlash; - Bolalarning qobiliyat va imkoniyatlaridan qat’i nazar ularning musiqiy tarbiyalariga qo‘yiladigan majburiyatlar. Dasturda musiqiy tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishlari ochib berilgan, bolalarning rivojlanishining dinamikasi begilangan, har xil yoshdagi guruhlarga minimal talablar qo‘yilgan va aks yettirilgan. Dasturning maqsadlari quyidagilardan tashkil topadi: - bolalarni quvnoq, g‘amgin, yengil va vazmin musiqani tinglashga past va yuqori registrni yeshita olishga, musiqa tilini tushunishga, past ovozli va baland ovozli musiqaga mos chapak chalish orqali musiqa dinamikasini ajratishni o‘rgatish; - kattalar ketidan musiqani taqlid qilib, intonatsion mos ravishda qaytara olish; Musiqiy tarbiya vazifalari: 1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish. 2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida). 3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish. 4. Bolalarda yemotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish. 5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida). 6. Bolalarda ijodkorlikni o’stirish (barcha faoliyatlar asosida). Tarbiyachi o’z dasturiga o‘zbek kompozitor va bastakorlarning bolalar uchun yozilgan kuy va qo‘shiqlaridan kiritishi lozim. Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”ga tayanch sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun « Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 1991 yil M.Sh.Rasulova tomonidan ishlab chiqildi. 2000 yilda ushbu dastur qayta nashr qilindi va unda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar yegallashlari kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar, zamonaviy pedagogik jarayonni tashkil yetishga qo‘yiladigan talablar o‘z aksini topgan. Maktabgacha bo‘lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning yeng go‘zal va yesda qoladigan damlarini o‘z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o‘qitiladi. Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi: – bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok yetish; – estetik did va hissiyotni shakllantirish; – hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish; – bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish; Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling