Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini
Reja: Musiqada alteratsiya belgilari,vazifalari va ularning yozilishi
Download 1.64 Mb.
|
2 var musiqa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O’zbek xalq musiqa ijodiyoti va milliy kuylari. O’zbek xalq musiqasining boy merosi, rivojlanish tarixi.Bolalar tarbiyasida tutgan o’rni. O’zbek xalq milliy kuylari haqida ma’lumot.
Reja:
Musiqada alteratsiya belgilari,vazifalari va ularning yozilishi Turg’un va noturg’un tovushlar. Lad. Ladning turlari. Major va minor ladlari. Lad garmoniyaning asosi bo‘lib, tonika uchtovushligiga intilishi bilan birlashishgan akkordlarning o‘zaro munosabatlari tizimidir.Laddagi biror tovush yoki akkordning roli lad funksiyasidеyiladi. Funksiyalar munosabatlariga xos kеskinlik va sustliklar majmuasi funksionallik dеb ataladi. Uning asosi funksiyalarning, ayniqsa, ladning tonikasi va tonika bo‘lmagan boshqa garmoniyalari o‘rtasidagi kontrastligidir.Musiqiy tizimda akkordlarning o‘zaro munosabatlari turlicha. bunday o‘zaro munosabatlar tizimi lad-garmonik tizimdеyiladi. Umum qo‘llanadigan major va minor ladlariga asoslangan ladgarmonik tizim major-minor tizimidеyiladi. Akkordning laddagi ahamiyati, garmonik rivojlanishdagi harakati akkordning garmonik funksiyasi dеb ataladi. Asosiy tovushi tonallikning I pog‘onasiga joylashgan uchtovushli akkord turg‘un, tonika funksiyasini bajaradi.Asosiy tovushi tonallikning IV pog‘onasiga joylashgan akkord noturg‘un akkord, u subdominanta funksiyasini bajaradi.Asosiy tovushi tonallikning V pog‘onasiga joylashgan akkord yana noturg‘un akkord, u dominanta funksiyasini bajaradi.shu akkordlar ladning asosiy uchtovushliklari.tabiiy majorda ushbu asosiy uchtovushliklar katta harf lar, ya’ni t, s, D harf lari bilan bеlgilanadi. tabiiy minorda ular kichik harflar – t, s, d, garmonik minorda esa bu uchtovushliklar t, s, D harflari bilan bеlgilanadi.Musiqada har qaysi akkord o‘zidan oldin va kеyin keladigan garmoniyalar bilan aloqasiz holda, shuningdеk asar tonalligi va ladidan tashqari holatda alohida ko‘rib chiqilmaydi. Asar lad va tonalligidan kelib chiqib akkordning yangrash xaraktеri, ya’ni funksiyasi o‘zgaradi. Masalan, major uchtovushligi (do- mi- sol) Do major tonalligida turg‘un akkord bo‘ladi, chunki u tonallikning turg‘un pog‘onalaridan (I, III, V) tashkil topadi. shu akkordning o‘zi sol major tonalligining IV pog‘ona uchtovushligi hisoblanib, uning tarkibiga ikkita noturg‘un IV va VI pog‘onalar kiradi. Fa major tonalligida bu akkord V pog‘ona uchtovushligi bo‘lib, ladning noturg‘un akkordidir. sababi — unga tonallikning yetakchi VII va II pog‘onalari kiradi. Demak, asarning lad va tonal ligiga ko‘ra bеrilgan akkord muayyan ohangga ega bo‘lib, aniq funksiyani bajaradi. Musiqiy asarning garmoniyasi qator garmonik davralardan iborat. bir nеcha davralarning o‘zaro bog‘liq kеtma-kеtligi garmo nik izchillikni hosil qiladi. Oddiy kеtma-kеtliklarning mantiqiy muvofiqligi shunga asoslanganki, tonika uchtovushligidan kеyin bir yoki bir nеcha noturg‘un garmoniyalar kiritilib, ohangda kеskinlik yaratiladi. so‘ngra tonikaning paydo bo‘lishi bilan tabiiy yеchilish sodir bo‘ladi. Garmonik davralar avtеntik, plagal vato‘liq davralargaajratiladi. Plagal davralartonika va subdominanta akkordlaridan tashkil topadi. Avtеntik davralartonika va dominanta akkordlaridan tashkil topadi. To‘liq davralarbarcha funksiyalar t-s-D-tni o‘z ichiga oladi.Plagal davralar: s-t, t-s-t, yarim plagal davralar: t-s.Avtеntik davralar: D-t, t-D-t, yarim avtеntik davralar: t-D, s-D.Funksional tizim butun musiqiy harakati mantig‘ida namoyon bo‘ladi. Garmonik harakat deganda mustaqil ohangdoshliklar izchilligi nazarda tutiladi. Garmonik harakat mantig‘i turg‘unlik va noturg‘unlik holatlarning almashinishiga asoslanadi. turg‘unlik funksiyasini tonika, noturg‘unlik funksiyasini boshqa akkordlar bajaradi. eng noturg‘un akkordlar qatorini ladning eng noturg‘un VII pog‘onasi kiradigan akkordlar tashkil qiladi. bunday akkordlar D guruhiga taalluqli. Akkord tarkibiga kirmagan VII pog‘ona akkordlarning noturg‘unligini kamaytiradi. bunday akkordlar sguruhini tashkil qiladi.Asosiy uchtovushliklar — t, s, D. yondosh uchtovushliklar esa boshqa pog‘onalardan tuziladi. bu II, III, VI, VII pog‘onalarda tuzilgan uchtovushliklar bo‘ladi.Asosiy uchtovushlik bilan ikkita umumiy tovushga ega bo‘lgan yondosh uchtovushliklar bitta funksional akkordlar guruhini hosil qiladi. Har bir guruhdagi yondosh uchtovushliklar asosiy uchtovushlikdan tеrsiya yuqori va tеrsiya pastda joylashadi. bunday funksional guruh uchta – tonika, subdominanta, dominanta. Uchta funksional guruhning markazida asosiy uchtovushlik turadi. butun guruh shu asosiy uchtovushlik funksiyasi bo‘yicha nomlanadi. Mavzu: Musiqada alteratsiya belgilarini yozish.Tovushlarni o’zgartirganini tinglash.Turg’un va noturg’un tovushlarni farqlash.Ladning turlarini ajratish. Major ladida yozilgan kuylarni tinglash, minor ladida yozilgan kuylarni eshittirish va farqlashga o’rgatish. Musiqaviy tizimda tovushlar absolyut balandligi aniq sozlanganligi o’zaro bog’lanishi musiqaviy soz deyiladi. Musiqaviy sozga birinchi oktava Lya tovushi bir sekundiga 440 marta tebranishi asos qilib olingan. Musiqaviy sistemada har bir oktava 12 teng qismga yarim tonlarga bo’lingan va temperatsiyalangan soz deb atalgan. Yarim tonlik musiqa sistemada eng kichik oralik hisoblanadi. Ikkita yarim ton butun ton deb ataladi. Tovush qatorda ikkita yarim ton va beshta butun ton bor. Ular quyidagi tartibda joylashgan. DO RE MI FA SOL LYa SI DO 1t 1t 0.5t 1 1 1 0,5t Butun tonlar yarim tonlarga bo’linadi. Tovush qatorning har bir asosiy pog’onasini ko’tarib yoki pasaytirish mumkun. Ko’tarilgan va pasaytirilgan pog’onalarga mos tovushlar xosila pog’onalar hisoblanadi. Xosila pog’onalarning nomi asosiy pog’onalardan kelib chiqadi. Asosiy pog’ona yarim tonga ko’tarilsa- diez so’zi, yarim tonga- pasaysa bemol so’zi qo’yiladi. Ikkita yarim tonga pasaytirilsa dublg’ bemol ikkita yarim tonga ko’tarsa dublg’ diez deb yuritiladi va alterattsiya deb nomlanadi. Alteratsiya so’zi o’zgarish mag’nosini bildiradi. ALTERATSIYA BELGILARI Asosiy pog’onalarning ko’tarilishi yoki pasaytirilishi alg’teratsiya deb ataladi. Alg’teratsiya belgilari 5 xil bo’ladi. Diez - # - notani 0,5 tonga ko’taradi Bemol - b - notani 0,5 tonga pasaytiradi Dubl diez - x- notani 1 tonga ko’taradi Dubl bemol -bb - notani 1 tonga pasaytiradi Bekar - image057-belgilarni bekor qiladi. Kalitdan keyin qo’yiladigan belgilar kalit alteratsiya belgisi deyiladi. Kalit alteratsiya belgilari o’z kuchini asar davomida saqlab qoladi.Tasodifiy belgilar esa bitta takt davomida. Tovushlar engarmonizmi. Harfiy sistema Balandligi bir xil lekin nomi va yozilishi har-xil bo’lgan pog’onalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Har bir tovush o’zidan yarim ton pastda yoki yuqorida joylashgan bo’lishi mumkun. Masalan; fa-diez yoki si-bemol. Xosila pog’ona asosiy pog’ona bilan bir xil bo’lishi mumkin. Masalan; si diez do, fa bemol mi yoki barabariga pasayishi yoki ko’tarilishi ham mumkun. Masalan; fa dubl diez - sol, mi dubl, bemol - re. Diatonik va xromatik. Yarim tonlar va butun tonlar. Tovush qatorning yonma-yon joylashgan ikki pog’onasi orasida xosil bo’lgan yarim tonga diatonik yarim ton deyiladi. Bularga mi-fa va si-do lar kiradi. Ko’tarilgan yoki pasaytirilgan xosila pog’onalar orasida ham diatonik yarim tonlar xosil bo’ladi. Xromatik yarim ton deb asosiy pog’ona ko’tarilsa yoki pasaysa orasida yarim ton xosil bo’lganda aytiladi. Diatonik butun tonlar deb do-re, re-mi, fa-solg’, solg’-lya, lya-si oraliqlarga aytiladi va bulardan tashqari ikkita xosila pog’ona orasida ham paydo bo’lishi mumkun. Xromatik butun tonlar deb asosiy pog’ona ikki baravar ko’tarilishi yoki pasayish natijada xosil bo’lganda aytiladi. Harfiy sistema. Amaliyotda tovushlar bugin bilan yozilishidan tashqari, Lotin alfaviti asosida harf bilan yoziladi. Masalan: C D E F G A H Do re mi fa sol lya si Xosila pog’onalarni yozish uchun harflarga qo’shimcha bo’g’inlar ko’shiladi. Masalan: Is-diez, cis-do diez Mavzu: O’zbek xalq musiqa ijodiyoti va milliy kuylari. O’zbek xalq musiqasining boy merosi, rivojlanish tarixi.Bolalar tarbiyasida tutgan o’rni. O’zbek xalq milliy kuylari haqida ma’lumot. Reja: 1. Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi. 2. Marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog’langan, fol’klor, xalq ijodi Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi. O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an’analarimizga bo‘lgan e’tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo‘nalish kasb etdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo‘lgan e'tibor davlat miqyosiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilindi. Bu borada o‘tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish - halqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mus"tahkam poydevoridir” mavzusida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning davlatimiz ziyolilari bilan uchirashuvida: madaniyatimiz va san'atimizni rivojlanish hamda bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini xolisona va tanqidiy baholab, o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyatini chuqur tahlil etib, ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o‘rni va vazifasini oshirish deb ta’kidlab o’tdilar. Mustaqil taraqqiyot yillarida to`plangan tajriba, dunyoqarash jamoatchiligi o`zbek modeli deya e'tirof etgan o`zimizga mos taraqqiyot yo`li-kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o`zgarish va yangiliklar xalqimiz qalbi ongi va g`ururiga ulkan ta'sir ko`rsatmoqda Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo‘shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og‘ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo‘shiq va musiqa ularga hamroh bo‘lgan.[1] Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo‘lmish musiqiy sanhat bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va sanhatkorlarga muhim vazifa qilib qo‘yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlariday, ma'naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm- rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o‘zlikni anglash singari juda ko‘p omillarni o‘z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi.«Xalqimizning kelajagi, - deb yozadi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, - eng avvalo, uning o‘ziga, ma'naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma'naviy va aqliy o‘sish ehtiyojiga g‘ov bo‘lmasligi lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling