Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini


Download 1.64 Mb.
bet4/29
Sana07.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1339551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2 var musiqa

Notalar cho‘zimi
Zamonaviy nota yozuvida tovushlarning nafaqat balandligi, balki cho‘zimi yoki uzunligi ham ifodalanadi. Tabiiyki, musiqa tovushlari turli xil uzunlikka ega bo‘lgani kabi, turli xil uzunlikka ega notalar bor. Eng uzun nota butun nota bo‘lib, u ichi bo‘yalmagan oval bilan belgilanadi. Yarim nota butun notaning yarmiga teng kelib, u o‘ng yoki chap tomoniga chiziqcha (shtil) chizilgan oval bilan belgilanadi. Chorak nota butun notaning 1/4 qismiga, ya’ni chorak qismiga teng bo‘lib, tayoqchalik va ichi bo‘yalgan oval bilan ifodalanadi. Nimchorak yoki sakkiztalik nota esa butun notaning 1/8 qismiga teng bo‘lib, chorak notaga o‘xshash belgi bilan belgilanadi, ammo unga bitta „bayroqcha“ qo‘shiladi. O‘n oltitalik nota ikkita, o‘ttiz ikkitalik nota esa uchta bayroqcha bilan chiziladi. Aksar holatlarda yonma-yon kelgan notalar bayroqchalari birlashtirilib, qalin chiziq o‘laroq belgilanadi.
Nota cho‘zimlariga mos keluvchi pauzalar ham maxsus belgilar bilan ifodalanadi. Pauzalar musiqiy tovushlarni bir-biridan ajratish hamda kuyni bezash uchun qo‘llaniladi. Yuqoridagi jadvalda keng tarqalgan nota cho‘zimlari hamda ularga mos keluvchi, ya’ni o‘shanday cho‘zimdagi notalar keltirilgan.
Har bir cho‘zimning ikkita teng qismga bo‘linishi cho‘zimlarning asosiy bo‘linishi deyiladi. Masalan, butun nota ikkita yarimtalik notaga, yarimtalik nota ikkita chorak notaga teng keladi va hokazo. Bundan tashqari, sakkizta nimchorak notaning umumiy cho‘zimi butun notaga mos keladi; to‘rtta nimchorak nota bitta yarimtalik notaga teng va hokazo. Quyida cho‘zimlarning asosiy bo‘linishi aks etgan sxema keltirilgan.
Notalarning cho‘zimlarga bo‘linishi
Cdang, CC BY-SA 3.0
Tovush cho‘zimlarini qo‘shimcha belgilar bilan uzaytirish mumkin. Masalan, nuqta belgisi tovushni yarim baravarga uzaytiradi. Misol uchun, butun nota belgisi yoniga nuqta qo‘yilsa, butun notaga yarim nota uzunligi qo‘shiladi. Boshqacha qilib aytganda, nuqtali butun nota 1,5 butun notaga tengdir. Ikki nuqta esa cho‘zimni yarim va yana chorak marta uzaytiradi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling