Mavzu: Muddatli bitimlar valyuta riskida vositas sifatida
Download 21.21 Kb.
|
MOLIYA MARUZA
TAYYORLADI:MMT-89 GURUH TALABASI SHOKIROV XURSHID MAVZU:Muddatli bitimlar – valyuta riskida vositas sifatida REJA 1. Muddatli bitim nima. 2. Valyuta riski nima va u haqida tushuncha. 3. Valyuta xavf omillari. Muddatli bitimlar — 1)Ma`lum bir vaqt oralig`da huquqiy shartnoma, kontrakt, xalkaro shartnoma, konvensiya tushunchalarining sinonimi. 2) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodekisi boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakati. B. bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama boʻlishi mumkin (qarang Shartnomalar). B. tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bulsa, bunday B. bir taraflama B. hisoblanadi. B.lar ogʻzaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas molmulk bilan bogʻliq B.lar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzok, muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan, shuningdek huquqtartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan B.; 14 yoshga toʻlmagan shaxslar; ruhiy kasalligi va aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan B.; qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan B. oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. 14 yoshdan 18 yoshgachaboʻlgan voyaga yetmagan shaxslar; muomala layoqati cheklangan fuqarolar; harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki boshqara olmaydigan fuqarolar tomonidan; shuningdek yanglishish taʼsirida tuzilgan B.; aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining 2taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan B.; yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan B. sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin Valyuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslarining o‘zgarishidan yoki boshqa turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar (yoki daromad olish) tushuniladi. Valyuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi — valyuta kurslarining o‘zgarishi hisoblanadi. Valyuta risklari xorijiy valyutalarni turli xil kurs asosida sotish va sotib olish jarayonlarida muayyan zarar sifatida ifodalanadi. Valyuta risklari bank operatsiyalari bozorining kengayishi, transmilliy korporatsiyalar va moliyaviy tashkilotlarning tashkil etilishi hamda ular faoliyatining diversifikatsiyalashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, valyuta kurslarining keskin tebranishi natijasida pul yo‘qotishlari holatini yuzaga keltiradi. Har qanday valyutani tavsiflovchi asosiy omil – bu rezident va norezidentlarning valyutaga bo‘lgan ishonch darajasidir. Valyutaga ishonch – murakkab ko‘p omilli mezon bo‘lib, bir necha ko‘rsatkichlardan iborat (masalan, siyosiy tuzumga ishonch ko‘rsatkichi, mamlakatning ochiqlik darajasi, iqtisodiyotni erkinlashtirish va ayirboshlash kursi rejimi, mamlakatning eksport-import balansi, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va hokazo). Ammo bu faqat valyuta kursi rejimining muayyan turiga, ya’ni, erkin suzuvchi valyuta kursiga taalluqli. Bugungi kunda jahon amaliyotida mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab valyuta risklarining bir necha turlari mavjud . Jumladan, valyuta riskini uch turga ajratish mumkin. Valyuta riskini uch turga ajratish mumkin: Operatsion valyuta riski, Translyatsion valyuta riski, Iqtisodiy valyuta riski. Operatsion valyuta riski. Operatsion risk asosan savdo operatsiyalari, shuningdek, dividend to‘lovlari va moliyaviy investitsiyalash bo‘yicha pulli shartnomalar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Operatsion risk pul mablag‘lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu riskni pul mablag‘larining kutilayotgan oqimiga almashinuv kursi o‘zgarishining bevosita ta’siri natijasida yuqori foydaga erishmaslik yoki zararning yuzaga kelishi holati sifatida ta'riflash mumkin. Sotilgan mahsulotga xorijiy valyuta olishi lozim bo‘lgan eksport qiluvchi milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyuta kursining pasayishi natijasida zarar ko‘radi. Xorijiy valyutada to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘lgan import qiluvchi esa, milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyuta kursining oshishidan zarar ko'radi. Valyutalar almashinuvini taqozo qiluvchi bitimlar bilan bog'liq risk narxlar siyosati yordamida boshqarilishi mumkin. Shuningdek, riskka pulni to'lash va olish muddatlari ham birmuncha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar valyuta tushumi va valyuta xarajatlari o‘zaro bir-biriga muvofiq bo‘lsa operatsion riskni kamaytirish mumkin. Translyatsion valyuta riski. Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma’lumdir. Uning manbai bo‘lib, turli mamlakatlar valyutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o‘rtasidagi mos kelmaslik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bo‘lishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari o‘zaro munosabatlarining to‘g‘ri kelmasligi sabab bo‘ladi. Kompaniya shoxobchalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy valyuta kursi o‘zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir. Britaniya kompaniyasi AQSHda o'zining sho‘ba kompaniyasiga ega bo‘lib, uning AQSH dollaridagi aktivlari mavjud. Agar Britaniya kompaniyasining AQSH dollaridagi yetarlicha passivlari bo'lmasa, ushbu aktivlarning AQSH dollaridagi to‘langan qiymati tufayli kompaniya riskka duchor bo'ladi. Funt sterlingga nisbatan AQSH dollarining qadrsizlanishi natijasida sho‘ba kompaniyasi aktivlari qiymatining balans bahosini pasayishiga olib keladi, chunki asosiy kompaniyaning balans hisoboti funt sterlingda ifodalanadi. Shu singari, mazkur valyuta kursining oshishi holatida xorijiy valyutadagi passivlar bilan kompaniya riskka duchor bo‘ladi. Iqtisodiy valyuta riski. Iqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy holatiga almashinuv kursi o‘zgarishining salbiy ta’siri ehtimoli sifatida ta'riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatlashuvning o‘zgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste’molchilari ehtiyojining o‘zgarishi natijasida risk yuzaga kelishi mumkin. Valyuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsimotiga, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta'sir etadi, shuningdek, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlashtiradi. Valyuta kurslarining muvozanatsizligi import va eksport qiluvchilarni o‘zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga majbur qiladi. Chunki import va eksport qiluvchilar valyutalarning qisqa muddatli davriy oraliqdagi o‘zgarishini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun import qiluvchi ma'lum bir tovarni o‘zini valyuta xavf-xatariga qo‘yib, chet davlatdan sotib olganidan ko‘ra, o‘z mamlakatida ishlab chiqarilayotgan o‘rinbosar tovarni sotib olgani afzalroqdir. Valyuta riski tasnifi . Shapiro tomonidan yaratilgan valyuta risklarining tasnifi iqtisodiy doiralarda eng keng tarqalgan hisoblanadi. Unga ko'ra, valyuta riskining uchta toifasi mavjud: iqtisodiy, konsolidatsiyalangan, pozitsion. Iqtisodiy tavakkalchilik, u bozor riski deb ham ataladi, bu valyuta kursining o'zgarishi natijasida tashkilotning iqtisodiy holatining o'zgarishi. Pozitsion valyuta riski valyuta kurslarining kutilayotgan pul oqimlariga bevosita ta'siri natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yo'qotishlardan iborat. Va konsolidatsiyalangan - xorijiy valyutada ifodalangan va konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash vaqtida qayta baholanishi kerak bo'lgan aktivlar va majburiyatlarning balans qiymatining o'zgarishi xavfi. Shapiro tomonidan yaratilgan tasnifning kamchiliklari bor, ular valyuta xavfi yuzaga kelishining barcha omillarini qamrab olmaydi. Valyuta xavf omillari. Valyuta kurslarining o'zgarishi valyuta risklari yuzaga keladigan asosiy tashqi omil deb ataladi. Valyuta kurslarining o'zgarishiga inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari, mamlakatda valyuta bozorining rivojlanish darajasi, mamlakat eksportining sifat tarkibi va boshqa omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin. Valyuta tavakkalchiligining paydo bo'lishiga hokimiyat tomonidan ko'rilgan choralar, masalan, chet el valyutasidagi qiymatlarga ma'muriy cheklovlar joriy etish yordam berishi mumkin. Valyuta riskini qoplash uchun pozitsiyalar valyutalarining mos kelishini ta'minlash kerak. Tarixda bir valyutaning kursi boshqa valyutalarga nisbatan bir vaqtda o‘zgarishi mumkinligini isbotlovchi misollar mavjud. Ichki omillar orasida valyuta riski sub'ektlarining xususiyatlari ajralib turadi, ular tashkiliy va boshqaruvga bo'linadi. Download 21.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling