Mavzu: Mulkchilik ta’riflarining tahlili


Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi


Download 279.46 Kb.
bet2/8
Sana05.04.2023
Hajmi279.46 Kb.
#1276376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mulkchilik ta’riflarining tahlili kurs ishi

Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi

Yondashuv nomi

Mulkchilikning asosiy belgilari

1. Klassik yunalish

Daromad keltirish qobiliyati mujassamlangan kapital

2. Faylasuflar va neoklassiklar

Tashqi dunyo obʼektlar ustidan nazoratni ularni o‘zlashtirib (egallab) olish asosida amalga oshirish

3. Dialektik usul tarafdorlari

Shaxsning tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan ham begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish vositasidan ajratishda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy aloqalarni tarkiblash, murakkablashtirish shakli

4. Nemis tarixiy maktabi

Ijtimoiy o‘zaro hamkorlikning asosiy tamoyili hisoblangan ahloq normasida jamiyat tomonidan oliy va muqaddas qadriyat hamda individ mustaqiligining kafolati sifatida tan olish

5. Neoinstitutsion al yunalish

Turli shaxslar o‘rtasida bir buyumda turli huquqlarning namoyon bo‘lish imkoniyati buyumga qarashli vakolatlar yigʼindisi

6. Huquqshunoslar

Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa shaxslar imkoniyatlarini cheklash

7. Sosiologlar

Iqtisodiy bo‘ysundirish asosida ijtimoiy ierarxiyani o‘rnatish usuli

8. Ernando de Soto (Peru)

Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish qobiliyati

Jadvalga ko‘ra, mulkchilikni o‘zlashtirib olish bilan tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo‘lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta'riflanadi. Mulkchilik shaxs va buyum o‘rtasidagi emas, balki insonlar o‘rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak.


Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo‘shgan holda huquqlar to‘plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o‘z aylanuvchanligiga, oldi-sotdi obyektlari bo‘lib buyumlarning o‘zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e'tiborni qaratadi. Masalan, yer uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b.
Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan ta'qiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas, balki salbiy cheklov (qaysikim bu mumkin emas) deb izohlanadi.
Agar huquqlarning muayyan to‘plami, masalan, A.Onore tomonidan sanab o‘tilgan 11 ta huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. Misol uchun, xavfsizlik huquqini olaylik. Uning o‘zi yetarli emas, chunki huquq faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai nazardan huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – tasarruf etish huquqining bir qismi. Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman fuqarolik huquqini o‘zida namoyon etadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni qismlarga ajratish texnikasi o‘ta samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham, boshqarish huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o‘z jismoniy xususiyatlarining yig‘indisi, balki imkoniyat va cheklovlarning ma'lum to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari – qiymat, mulk tarkibiy qismlarga bo‘linadi, lekin ular yig‘indisidan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni huquqlarning murakkab qismlar yig‘indisi sifatida ta'riflash ko‘proq mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga ega.

Download 279.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling