O‘zbekistonda mulkdorlar va ularning mulkiy huquqlarini amalga oshirish
Mulkiy huquq sub’ekti
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari;
- jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar;
- fuqarolarning oilaviy va oʼzga birlashmalari;
- mahalliy oʼzini-oʼzi boshqarish idoralari;
- xalq deputatlarining barcha boʼgʼindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari;
- boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar;
- boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʼlmagan shaxslar.
Mulkiy huquq ob’ekti
- Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʼsimlik va hayvonot dunyosi;
- imoratlar va inshootlar, turar joy va kvartiralar;
- mahsulotlar, mahsulot va xizmat koʼrsatish belgilari, sanoat namunalari;
- ixtirolar, foydali modellar, selektsiya yutuqlari;
- asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari;
- pullar, qimmatli qogʼozlar;
- insonning mehnat qilish qobiliyati va boshqa mol-mulklar.
Mulkiy huquq turlari
- mulkka egalik qilish;
- mulkdan foydalanish;
- mulkni tasarruf etish.
Mulkiy huquqni amalga oshirish qoidalari
- mulkdor mulkdan qonun hujjatlari bilan taʼqiqlanmagan har qanday xoʼjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin;
- mulkdor oʼziga qarashli mol-mulkning mulkiy huquqni faqat oʼzi boshqa shaxslarga berishga haqli;
- mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʼl qoʼyish vazifasi yuklanishi mumkin;
- mulkdor oʼziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʼgʼrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqli;
- fuqarolar mehnatidan foydalanishga asos boʼlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatьiy nazar mulkdor oʼzga shaxs tomonidan qonunga xilof egallab olingan mol-mulkini talab qilib, qaytarib olish huquqiga ega.
- mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |