Mavzu: Mulkchilik ta’riflarining tahlili


Mulkiy huquqlar taqsimoti tahlili


Download 279.46 Kb.
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi279.46 Kb.
#1276376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mulkchilik ta’riflarining tahlili kurs ishi

Mulkiy huquqlar taqsimoti tahlili
Barqaror bozor iqtisodiyotiga ega huquqiy-demokratik jamiyat qurishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – chuqur institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat. Bunda nafaqat eski markazlashgan iqtisodiyot institutlarini isloh qilish, balki iqtisodiy munosabatlarning o‘zagini tashkil etuvchi mulkchilik va shartnomaviy munosabatlarni ham bozor iqtisodiyotiga mos ravishda takomillashtirish talab etiladi. Bu boradagi amaliy ishlar mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridanoq boshlangan edi va hozirgi paytda yuqori bosqichga ko‘tarilib bormoqda.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida respublikamizda ushbu yo‘nalishda qilingan ishlarga to‘xtalib, “xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mamlakatimizda har tomonlama baquvvat mulk egalari sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishni ta'minlash, tadbirkorlik, avvalo, kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etish
bo‘yicha butun bir majmua ishlari amalga oshirilgan”, – deya ta'kidlab o‘tdi.
Ma'lumki, mulkchilik munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining negizini tashkil etadi. Mulkchilik munosabatlarining tarkibi mulkchilik instituti bilan bog‘liq. Mulkchilik instituti mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy institut bo‘lib, insonlarga o‘z orzu-umidlarini shakllantirish imkonini beradi. Mulkchilik instituti mulkiy huquqlardan iborat bo‘lib, ushbu huquqlarni bilish insonlarga istiqboldagi o‘zlari munosabatga kirishadigan boshqa insonlarning xatti-harakatlari hamda foyda va xarajatlarni hisoblash imkonini beradi. Bunday huquqlar mavjud bo‘lmaganda edi, insonlar o‘z hamkorlarini xatti-harakatlarini oldindan hisobga olishlari mumkin bo‘lmas edi.
Shularni inobatga olib, O‘zbekistonda mulkiy huquqlarni amalga oshirishni tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Ularda mulkiy huquq subyektlari (fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat), mulkiy huquq obyektlari (er, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan, binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xomashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek, intellektual mulk), mulkiy huquq turlari (egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish) hamda uni amalga oshirish qoidalari va himoyalash kafolatlari majmui qabul qilindi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan mulk obyektiga nisbatan mavjud mulkiy huquqlardan foydalangan holda ushbu obyektdan samarali foydalanishga erishadigan mulk egasini topish mulkiy munosabatlarni o‘zgartirishning asosiy mohiyatini ifodalaydi. Mulkiy munosabatlarni o‘zgartirish institutsional islohotlar vositasida amalga oshiriladi. Uning mexanizmi mulkiy huquqlar taqsimotini amalga oshirishdan iborat. Chunki mulkiy huquqlar iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra jamiyatda sodir etiladigan har qanday almashuvi mulkiy huquqlar bilan almashuvdir.

Download 279.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling