2. O’RTA TERMIN HECH BO’LMAGANDA ASOSLARDAN BIRIDA TO’LA HAJMDA OLINIShI KERAK.
Agar o’rta termin hech bir asosda to’liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog’lanishi noaniq bo’ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo’lmaydi.
Ba’zi faylasuflar notiqdir.
Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda o’rta termin katta asosda juz’iy xukmning subekti, kichik asosda umumiy tasdiq xukmning predikati bo’lganligi uchun to’liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o’rtasidagi bog’liq lik aniqlanmagan. Bu asoslardan chikarilgan xulosalar noaniq bo’ladi:
a) Kafedramizning hamma a’zolari notiqdir.
b) Kafedramizning ba’zi a’zolari notiqdir.
3. KATTA VA KIChIK TERMINLAR ASOSLARDA QANDAY HAJMDA OLINGAN BO’LSA, XULOSADA HAM ShUNDAY HAJMDA BO’LIShI KERAK.
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmining noo’rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:
Hamma studentlar imtihon topshiradilar.
Hech bir abiturent student emas.
Hech bir abiturent imtihon topshirmaydi.
Bu misolda kichik termin hajmining noo’rin kengayib ketishi xulosaning xato bo’lishiga sabab bo’ldi.
4. IKKI INKOR HUKMDAN (ASOSDAN) XULOSA ChIQARIB BO’LMAYDI.Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas. ?
5. IKKI JUZ’IY XUKMDAN XULOSA ChIQARIB BO’LMAYDI. Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir.
6. ASOSLARDAN BIRI INKOR HUKM BO’LSA, XULOSA HAM INKOR XUKM BO’LADI.Masalan:
Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir
Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi.
7. ASOSLARDAN BIRI JUZ’IY HUKM BO’LSA, XULOSA HAM JUZ’IY HUKM BO’LADI. Masalan:
Yaxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Ba’zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.
SILLOGIZMNING FIGURALARI VA MODUSLARI.Oddiy qat’iy sillogizmning strukturasida o’rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to’rtta figurasi farq qilinadi.
-
I-фигура
|
|
II-фигура
|
|
III-фигура
|
|
IV-фигура
|
М P
S М
|
|
Р М
S М
|
|
М P
М S
|
|
P М
М S
|
S-P
|
|
S-P
|
|
S-P
|
|
S-P
|
I figurada o’rta termin katta asosning sub’ekti, kichik asosning predikati bo’lib keladi.
II figurada o’rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo’lib keladi.
III figurada o’rta termin har ikki asosning sub’ekti bo’lib keladi.
IV figurada o’rta termin katta asosning predikati, kichik asosning sub’ekti bo’lib keladi.
Sillogizm asoslari oddiy qat’iy xukmlar (A, E, I, O)dan iborat. Bu xukmlarning ikki asos va xulosada o’ziga xos tartibda (to’plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» - shakl degan ma’noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o’ziga xos moduslari mavjud. Har bir figuraning to’g’ri moduslarini aniqlashda, to’g’ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o’ziga xos bog’lanishi asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |