Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
Mavzu: Tarix va abjad hisobi
Abjad — qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta soʻzning birinchisi va shartli umumiy nomi. Bu soʻzlar: abjad, havvaz, hutti, kalaman, saʼufas, qarashat, saxxaz, zazagʻ. Asli-da arab harflarining mazkur tartibi finikiya va oromiy harflaridan kelib chiqqan boʻlib, ular muayyan sonlarni ifodalaydi. Finikiya-oromiy alifbosida 400 dan keyingi sonlarni ifoda qilish uchun tav (400) harfiga boshqa harflar qoʻshilgan. Masalan, tavqof (500), tavresh (600), tavshin (700), tavtav (800), tav-tavqof (900) va hokazo Arablar esa mazkur sakkizta soʻzning ol-dingi oltitasini 22 harfdan iborat fi-nikiya-oromiy alifbosi asosida tuzib, harflarning son ifodalarini 1000 ga yetkazish uchun finikiya-oromiy alifbosida boʻlmagan oltita arab harflaridan A.ning keyingi ikki soʻzini (saxxaz, zazagʻ) yasaganlar. Harflarni sonlar bilan va sonlarni harflar bilan ifoda qilish A. va jimal hisobi ismlari bilan atalib, qad. vaqtlarda sonlarni, mas, koʻpaytirish jadvalini yodlashni osonlashtirgan. Bundan tashqari, Sharq, shu jumladan oʻzbek mumtoz adabiyotida biror muhim hodisaning sanasini esda tutishni osonlashtirish uchun sonlar harflar bilan ifodalangan. Oʻzbek adabiyotida A. dan maxfiy yozuvlar yozishda ham foyda-lanilgan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida A. hisobi 20-asr boshlarigacha qoʻllangan; 2) boshlangʻich, ilk maʼnosiga ham ega; 3) musiqada — Yaqin va Oʻrta Sharq musiqa ilmida tovush (parda, nagʻma)lar yozilishi va ularning nisbatlari aniqlanishida A. tizimidan foydalanilgan Arab yozuvi o‘zining go‘zalligi, xushxatligi bilan jahon xalqlarining e’tiborini doimo jalb qilib kelgan. O‘tmishda bu yozuv tarixiy yodgorliklar, ulkan inshoatlar, osori atiqalar uchun naqsh, bezak vazifasini ham bajargan. Bulardan tashqari uning yana bir muhim vazifasi bor, u ham bo‘lsa arab alifbosining raqam, son ma’nosini ifoda etish bilan bog‘liqligidir. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, arablar (meloddan 2000 yil ilgari) o‘z alifbolarini tuzishda qadimgi yozuvlar bo‘lmish finikiya va oromiy yozuvlaridan harflar nomlarini va ular bilan birga har bir harfning raqamiy tengligini ham olganlar. Demak, abjad hisobining tartibi finikiya va oromiy yozuvlaridan kelib chiqqan. Lekin ular alfavitida harflar soni yigirma ikkita bo‘lib, to‘rt yuzdan keyingi sonlarning ifoda qilinishida oxirgi harf «tav» (arablarda «taun»)ga oldingi harflardan birini qo‘shib besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilganlar (Masalan: tavqof, tavresh, tavshin kabi). Arablar bu usulni biroz takomillashtirdilar. Ular oltita harf ixtiro qilib «saxaz» va «zazag‘» so‘zlarini yasadilar. Bu atamalar besh yuzdan minggacha bo‘lgan son ifodalarini hosil qilishga yordam berdi. Shu tariqa arablarda yigirma sakkiz harfni o‘zida jamlovchi sakkiz atama hosil bo‘lgan. Bular quyidagilar: ابجد هوز حطی کلمن سعفص قرشت ثخذ ضظغ 1000900800 700600500 400300200100 90807060 50403020 1098 765 4321 Mazkur atamalar muayyan bir ma’noni anglatmaydi, ular harflar mujassami xolos. «Abjad hisobi» ana shu atamalarning birinchisi nomiga qo‘yilgan. Harflar vositasida son tushunchasini ifoda etish usuli esa «abjad hisobi» deb atalgan. Bu usul harflar sirasini yod olishda qulay bo‘lgani sabab maktablarda maxsus o‘qitilgan va abjad o‘qiyotgan bolalar «abjadxon» deb atalgan. Abjad hisobi alifbo sirasini o‘zlashtirishdagina emas, balki riyoziyot ilmida hisob-kitobni amalga oshirishda ham keng qo‘llangan. Ko‘paytirish jadvalini ifodalash uchun harf nomlarini olib birlashtirib atama yasaganlar va bu atamalar chapdan o‘ngga qarab o‘qilgan. Masalan: «bab» - ب x ا= ب 2x1=2 «babdu» - بxب = د 2x2=4 «bajvin» - ب x ج = و 2x3=6 «badhu» - ب x د = ح 2x4=8 Ko‘rinadiki, ikkinchi ustunda joylashgan harflarning yig‘indisidan ham «abjad» so‘zi yasalmoqda. Abjad hisobining mazkur usuli qadimda «hisobi jimal» deb ham yuritilgan. Eski o‘zbek yozuvidagi forslar va turklar tomonidan keyinchalik kiritilgan to‘rt harf - پ؛ گ؛ چ؛ ژ borasida abjad hisobi amalga oshirilayotgan matnda ushbu harflar ishtirok etayotgan bo‘lsa hisobda ularning shakldoshlari (ب ک ج ز)dan istifoda etilgan. Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling