Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
Mavzu: Masnaviy va doston
Masnaviy (arab. — ikkilik. Koʻpligi — masnaviyot) — har bir baytining misralari qofiyadosh boʻlgan va baytdan baytga qofiyasi yangilanib boradigan sheʼriy shakl (a-a, b-b, v-v, ...). Mumtoz adabiyotda (mas, Alisher Navoiy asarlarida) syujetli kichik sheʼriy asarlar ham, dostonlar ham M. deb yuritiladi. Turkiy adabiyotda M. shakli ilk bor Yusuf Xos Hojibnkng "Qutadgʻu bilig" asarida qoʻllangan. Durbekpint "Yusuf va Zulayho", Haydar Xorazmiynmnt "Maxzan ul-asror" asarlari M.da bitilgan. Navoiy davriga kelib M. epik sheʼriyatning asosiy janri boʻlib qoldi. Ulugʻ shoirning asosiy epik asarlari ("Hamsa", "Lison uttayr" va boshqalar) M. janrida yozilgan. M. hozirgi zamon oʻzbek sheʼriyatida ham qoʻllanmoqda. Masalan, H. Olimjonning "Oʻzbekiston" sheʼri, Gʻ. Gʻulomning "Koʻkan", "Egalari egallaganda" dostonlari va boshqa Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang. Xalq ogʻzaki ijodidagi Dostonlar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi Dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi Dostonlarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon Dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi Dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy komediya", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari Doston janrining kad. namunalaridir. Dostonlar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"), fantastik-allegorik ("Lison uttayr"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi. Qahramonlik Dostonlarida xalq, jamiyat takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik Dostonlarda oshiq-maʼshuklarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik Dostonlarda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, Dostonlarda ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq Dostonlari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro etiladi. Folklordagi Dostonlar bilan yozma adabiyotdagi Dostonlar shaklshamoyili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi Dostonlar yozuvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar Dostonlari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor mavzui turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan. Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari, taassurotlari, oʻymushohadalari, kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik Dostonlar ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek adabiyotida Dostonlar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda ham Doston janridan foydalaniladi. Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling