Mavzu: Mumtoz adabiy tur va navlari tasnifi hamda tadqiqoti tarixi Reja
Download 172.64 Kb.
|
39-ta mavzu 2-listdan
Mavzu: Tarkibband va tarje’band
Tarkibband (arab. — tuzilish, band) —bir vaznda yozilib, gʻazal tarzida (taxallussiz) qofiyalanadigan, har banddagi baytlar soni teng boʻlgan, har band oxirida bir bayt alohida qofiyalanib keladigan sheʼr shakli. Lekin takrorlanib turuvchi baytlar saklansada, bandlar miqdori turli shoirlarda turlicha. T. murakkab tuzilishga ega boʻlib, shoirdan alohida mahorat va tajriba talab etadi. T. forstojik adabiyotida 9—11, oʻzbek adabiyotida 15-asrdan yozila boshlagan. Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy, Nodira va boshqa T.da ijod qilishgan. Mas., Navoiy devonida bittagina T. boʻlib, u ham marsiya xarakterida — "ham ota, ham murshidu pir" maqomidagi Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bagʻishlangan. U 7 band — 56 baytdan iborat. Har bandi 7 baytlik gʻazal va undan soʻng takrorlanib kelgan baytdan tashkil topgan. Zamonaviy shoirlardan V.Saʼdulla, Chustiylar T. yozganlar. Chustiy T.ining har bandi 5 baytdan tarkib topib, har band oxirida alohida baytlar takrorlanib keladi. Tarjiʼband (arab. — qaytarish, takrorlash; band) — mumtoz adabiyotda lirika janrlaridan. T. gʻazal kabi qofiyalanib, 5 baytdan 12 baytgacha boʻladi, har bandi bir vaznda yozilib, bandlar oxirida boshqa bir bayt takrorlanib keladi. Bandlar takrorlanuvchi bayt — tarjiʼ vositasida oʻzaro bogʻlanishi tufayli T. deb yuritiladi. Barcha bandlarning oxiri oʻsha takrorlanadigan bayt bilan mazmun jixatidan uzviy boitanib keladi. T.da takrorlanadigan ushbu bayt bayt boshi deb aytiladi. Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziy "Funun ulbalogʻa" asarida T.ni 5 turga ajratadi: 1) har bandning qofiyasi boshqacha boʻladi, lekin bayt takrori saqlanadi; 2) barcha bandlar bir qofiyada aytilib, tarjiʼ bayti takrorlanmaydi, balki har bandning oxirida boshqa bir bayt keladi; 3) barcha bandlar, jumladan tarjiʼ baytlar ham bir qofiyada yoziladi; 4) har bir band alohida, shuningdek, tarjiʼ baytlar ham gʻazal kabi qofiyalanadi (1misrasida qofiya boʻlmaydi) va ularni jam etsa, yaxlit gʻazal koʻrinishini oladi; 5) har bir bandning ham, tarjiʼ baytning ham qofiyasi alohidaalohida boʻladi. T. da shoirlar koʻpincha falsafiy qarashlari, fikrmuloqazalarini ifodalashgan. Bu jihatdan Saʼdiy, Hofiz, Navoiy va Furqatlarning tasavvufiy mazmundagi T.lari mashhur. Mas., Navoiy:Xarobot aro kirdim oshuftaholMay istarga — ilgimda singan safol.—bayti takrorlanib keladigan mashhur T.ida oʻzining olam va odam toʻgʻrisidagi falsafiy qarashlarini tasavvuf taʼlimoti bilan bogʻlab aks ettiradi. Oʻzbek adabiyotida T. janrining dastlabki mukammal namunalarini Navoiy yaratgan. "Xazoyin ulmaoniy"da 4 ta T. mavjud boʻlib, ularning ikkitasi 10 band (biri 10, ikkinchisi 11 baytdan), uchinchisi 8[11 (ikki band 12) baytdan], toʻrtinchisi 7 (8 baytdan) ni tashkil etadi. Ularning barchasi falsafiy mazmunda. Oʻzbek adabiyotida, shuningdek, Yusuf Amiriy, Nodira, Ogahiy, Avaz, Uvaysiy, Ravnaq, Furqat, Miriy va boshqalar T. lar yozishgan. Zamonaviy shoirlardan Habibiy, V. Saʼdulla, Chustiylar T. yaratishgan. Lekin bu T. larda mehnat nashidasi, vatanga va yorga muhabbat tuygulari tarannum etilgan. Download 172.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling