Mavzu: murakkab оqsillar almashinuvi reja: murakkab oqsillarning almashinuvi


Gеmprоtеidlar sintеzi va parchalanishi haqida umumiy tushunchalar


Download 417.06 Kb.
bet2/2
Sana13.12.2022
Hajmi417.06 Kb.
#1000862
1   2
Bog'liq
MURAKKAB ОQSILLAR ALMASHINUVI

Gеmprоtеidlar sintеzi va parchalanishi haqida umumiy tushunchalar

Gеmprоteidlar sintеzi mitоxоndriya va sitоplazmada amalga оshib, asоsiy boshlang`ich mоdda sifatida glitsin va suktsinil –KоA qatnashadi.


Mitоxоndriyada 2 mоlekula suktsinil –KоA va 2 mоlekula glitsindan piridоksalga qaram δ-aminоlеvulеnatsintеtaza fеrmеnti ishtirоkida – δ-aminоlеvulеn kislоtasi hоsil bo`ladi. So`ngra 2 mоlekula δ-aminоlеvulеn kislоtasidan pоrfоbilinоgеnsintazalar yordamida pоrfirinlar o`tmishdоshi– pоrfоbilinоgеn hоsil bo`ladi. Pоrfоbilinоgеndan bir nеcha bоsqichlar davomida



399


kоprоpоrfirin III, so`ngra sitоplazma, mitоxоndriyada bevosita kоprоpоrfirinо-gеn III va protoporfirin IX ga o`tadi. Prоtоpоrfirin IX halqasiga fеrrоxеlataza fеrmеnti yordamida ikki valеntligi tеmir kiritilgach, gеm hоsil bo`ladi. Oxirgi bosqichda gеm globin оqsili bilan birikib gеmoglobin yoki mioglobinga aylanadi. Agar hujayrada kеrakli bo`lgan оqsil bo`lmasa, gеm

kislоrоd ishtirоkida gеmingacha оksidlanadi. Gеmin esa gеmprоtеidlar sintezidagi birinchi rеaktsiyasini ingibirlaydi. Gеmni sintеzida qatnashadigan fеrmеntlar, suyak iligida (ko`mik), yadrо saqlоvchi eritrоtsitlarda, jigarda, buyrakda, ichak shilliq qavatida tоpilgan. I k k i n c h i v a u n d a n k е yi n g i r е a k t s i ya l a r t о


k о p r о p о r f i r i n III hоsil bo`lmaguncha sitоzоlda, so`ngra yana mitоxоndriyada

bo`ladi.



400


. Gеmprоtеidlarni parchalanishi

Odam organizmida bir sutkada asosan eritrotsitlar gemoglobinidan hosil bo`lgan 9 g atrofidagi gemproteidlar parchalanadi. Eritrotsitlar qonda yoki taloqda taxminan 120 kundan keyin parchalanadi. Qonda eritrotsitlardan ajralib chiqqan gemoglobin gaptoglobin (plazmaning maxsus α2 –globulini) bilan bog`lanadi va gemoglobin-gaptoglobin kompleksi ko`rinishida taloqning retikuloendotelial sistemalari (RES) hujayralariga o`tadi. Gemoglobin metgemoglobin (Fe3+) ga oksidlangach, parchalanishga uchraydi va natijada gaptoglobin ajralib, qonga o`tadi. RES hujayralarida gemoglobinni parchalanishini birinchi bosqichi amalga oshadi va bilirubin hosil bo`lishi bilan yakunlanadi.


Dastavval gemoksigenaza ta`sirida ikkita yonma-yon pirrol halqani


bir

las

hti

ru

vc


hi

ge


mn

ing

α-

metin ko`prikchasining oksidlanishli parchalanishi sodir bo`ladi. Gemning halqali


strukturasi buzilib, verdoglobin hosil bo`ladi. Verdoglobin tarkibidan ajratilgan


te

mi

r–


tas

hu


vc

401


hi oqsil transferrin bilan bog`lanib, qon orqali suyak iligi va globinga yetkazib beriladi. Globin taloqning katepsinlari yordamida aminokislotalargacha parchalanadi. Verdoglobinning ochilgan tetrapirrol zanjiri biliverdin (yashil rangli o`t pigmenti) deb ataladi.

Biliverdinning qaytarilishidan bilirubin – qizg`ish-sariq rangli pigment hosil bo`ladi.


Bilirubin – suvda yomon eriydigan birikma, qonga o`tib, plazma oqsili albumin bilan bog`lanadi. Albumin-bilirubin kompleksi o`t pigmentining asosiy


transport shakli. Albumindan ajralgan biluribin lipofil modda sifatida jigar hujayralari membranasidan oson o`taoladi.


Gemproteidlar almashinuvining ikkinchi bosqichi jigar hujayralarida amalga oshadi. Jigarda bilirubinning kon`yugirlangan shakli – bilirubin-


glyukuronidlar hosil bo`ladi. UDF-glyukuron kislotasi glyukuron kislotaning


donori vazifasini bajaradi. Reaktsiya UDF-glyukuronoziltransferaza bilan katalizlanadi. Natijada bilirubinmonoglyukuronid (20%) va bilirubindiglyukuronid (80%) hosil bo`ladi.



402


Bilirubinglyukuronidlar – suvda yaxshi eriydigan birikmalar oz miqdorda qon tomiri kapillyarlariga o`tishi mumkin. Shu sababdan qon plazmasida bilirubinning ikki xil kon`yugirlanmagan (bilvosita yoki erkin) va kon`yugirlangan (bevosita yoki bog`langan) shakli uchraydi. Qon plazmasidagi umumiy

bilirubinning 75% erkin va 25% bog`langan bilirubinga to`g`ri keladi. Bilirubinglyukuronidlar o`t bilan birgalikda ichakka tushadi va u yerda gemproteidlarning yakunlovchi 3-bosqichi amalga oshadi. O`t yo`llarida glyukuron kislota bilirubinglyukuronidlardan ajraladi va yana qaytadan kon`yugirlanmagan (erkin) bilirubin hosil bo`ladi. Ingichka ichakda bilirubinning ozroq qismi so`rilishi va qopqa vena orqali yana qaytadan jigarga tushishi va u yerda yana o`t bilan ichakka ajralishi mumkin. Jigar-ichak sirkulyatsiyasi o`t kislotalar sirkulyatsiyasi singari biologik ahamiyatga ega. Bilirubinning asosiy qismi ichak bakteriyalari yordamida ko`p marotaba qaytarilishga uchraydi. Ingichka ichakda bilirubin mezobilirubinga, undan esa mezobilirubinogen (urobilinogen)ga aylanadi. Mezobilirubinogen (urobilinogen) ingichka ichakda so`riladi va qopqa vena orqali jigarga tushib, urobilinogen mono- va dipirrollarga parchalanadi. Parchalanmagam urobilinogen qismi yana o`t bilan ichakka tushadi. Yo`g`on ichakda anaerob bakteriyalar yordamida mezobilirubinogen sterkobilinogengacha qaytariladi, u ham urobilinogen kabi rangsiz bo`ladi. Sterkobilinogenning asosiy qismi axlat bilan birga ajraladi va havo kislorodi bilan oksidlanib, – to`q sariq rangli sterkobilin pigmentiga aylanadi.




403


Oz miqdorda sterkobilinogen to`g`ri ichakda so`rilib, gemmoroidal venalar orqali qon bilan buyrakka boradi va siydik bilan birga ajraladi. Siydikdagi sterkobilinogen axlatdagi singari sterkobilinga oksidlanadi va somon rangli sariq siydik hosil bo`ladi.

Normada gem parchalanishining oraliq mahsuloti – bilirubin qonda to`planmasdan jigar hujayralari bilan tezda qamrab olinadi. Qondagi bilirubin miqdori bo`yicha uning shakllarini nisbatiga qarab, bir tomondan RES hujayralarida gemproteidlarning parchalanish tezligi, ikkinchi tomondan jigarda bilirubinning aylanishi to`g`risida fikr yuritish mumkin. Normada qon zardobidagi


umumiy bilirubin miqdori 8-20 mkmol/l ni tashkil


etadi (ulardan 75% bog`lanmagan, ya`ni erkin bilirubin).


404




12.1-rasm. Organizim to`qmalarida gemoglobinni parchalanishini umumiy sxemasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Sh. M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shahsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. “O’zbekiston ” 2017-yil

  2. Yo.X. To’raqulov “Молекуляр биология” Toshkent, “O’qituvchi” 1993-yil;

  3. K.G. Gazoryan, V.Z. Tarontul, “Биотехнология зарубежом”, Moskva, “Знание” 1990-yil;

  4. “Umumiy biologiya” darsligi “Sharq” NMK. 1995-yil;

Download 417.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling