Mavzu: «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq xofizlari ijodiyotini o’rganish metodlari»
Muammoning o’rganilganlik darajasi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakor
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Yoshlarda Vatanparvarlik his-
tuyg‘ularini shakillantirishi pedagogika fanining dolzarb vazifalaridan biridir. O‘z tabiati bilan milliy va baynalminal bo‘lgan musiqa san‘ati bu borada eng ta‘sirchang vositalardan. Musiqani tushunish, ongli idrok etish va uning orombaxsh ta‘sir kuchidan ma‘naviy oziq olish darslarda o‘smirlarning vatanparvarlik va baynaminallik his-tuyg‘ularini o‘stirishga yordam beradi. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida-vatanparvarlik yo‘nalishidagi musiqiy asarlarni tanlash va bir tizimga solish aniq maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni mumtazamligi va samaradorligini oshirish lozim bo‘ladi. Shu yo‘nalishda musiqiy asarlarni tinglash va tahlil qilishda o‘quvchilarni hissiy faolligini ta‘minlash orqali ongli idrok etish darajalarini orttirish lozimdir. Maktab musiqa darslarida o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash jarayonida o‘qituvchining eng ta‘sirchang va samarali pedagogic rahbarligini ta‘minlashga erishish zarurdir. Shu mavzudagi xor asarlarni ijro etishida maktab musiqa o‘qituvchisi o‘quvchilaridan ko‘tarinki ruhda, bardamlik bilan, g‘urur tuyg‘ularida qo‘shiqni aytishlariga o‘rgatadi. Musiqa vositasi orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzulari bo‘yicha reapublikamizda anchagina ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Bunga I.Qudratov H. Nurmatov, B. Azimov, Q. Mamirov, A. Hasanov, B. Fayziyev, D. Jamolov, D. Saipova, R. Tursunovlarni tadqiqot ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.O‘zbek xalq musiqa san‘atining badiiy-yestetik ta‘lim-tarbiya doirasida o‘rganilishi holatini yaxshilash, bu borada muayyan samaradorlikka yerishish, mumtoz musiqa asarlarining inson ruhiatiga ta‘siri kabi masalalarni o‘rganishga D.Omonullayev, R.tursunov, A.Nazarov, M.Ismoilova, A.R.Baxriyev, D.M.Mullajonov, D.Djalilova kabi pedagogic san‘ashunos olimlarning ilmiy tadqiqotlarida salmoqli o‘rin ajratilgan. Zamonaviy o‘zbek musiqashunosligi masalalari pedagogic-san‘ashunos olimlar – R.Abdullayev, D.M.Mullajonov, O. Ibragimov, X. K.Ruzmetova, L.YU.Aksakalovalar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida batafsil yoritilgan. Auditoriyadan tashqari musiqa mashg‘ulotlari boyicha I. Razzoqov, O. Ro‘ziyeva, N. Tolliboyevlar dissertasiya ishlarida ma‘lum darajada yoritib bergan. Bularning barchasi biz tomonimizdan 7 tanlangan mavzuni mustaqil tadqiqot muammo sifatida o‘rganilganligini ko‘rsatadi va mazkur tadqiqot mavzusini dolzarb pedagogic muammo sifatida ye‘tibor yetish imkonini beradi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling