3. O`zbek musiqa madaniyati namoyandalari
1.Komil Xorazmiy
2.Ota Jaloliddin Nazirov
3.Xoji Abdulaziz Abdurasulov
4.Mulla To‘ychi Toshmuhammedov
5.Madali Hofiz Raxmatillo o`g‘li
6.Usta Olim Komilov
7. Domla Xalim Ibodov
8. Madali Hofiz Raxmatillo o`g‘li
9. Muxiddin Qori Yoqubov
10. To`xtasin Jalilov
11. Yunus Rajabiy
12. Jo`raxon Sultonov
13.Ma’murjon Uzoqov
14.Tamaraxonim
15. Muxtor Ashrafiy
16.Xalima Nosirova
17. Mutal (Mutavvakqil) Burxonov
18.Komiljon Otaniyozov
19.Fattoxxon Mamadaliyev
20.Matniyoz Yusupov
21.Tavakkal Qodirov
Uning ustozlari zamonasining zabardast sozandalari va maqom ta’limotchilari bo`lgan. Buxorodan «Shashmaqom» ni Xorazmga olib kelgan Niyozxo‘janing shogirdlari Muhammadjon sandiqchi, Abdusattor mahram, Xudoybergan yetikchilaridan ta’lim oldi. G’azallardan devon tuzadi va musiqa ustasi sifatida tanburning 18 pardasiga qarab 18 chiziq chizib, nechanchi pardada o`ynalsa, noxunning o`rishiga binoan nuqtalarni joylashtirgan va shu tariqa Xorazm «Tanbur chizig‘i»ni yaratgan. Komil Xorazmiy Muhammad Raximxon Soniy Feruz saroyida martabali lavozimlarda ishlab uning xomiyligida ijod qilgan. Komil Xorazmiy «Tanbur chizig‘ini» boshlab bergan bo`lsada u olti yarim maqomning bir maqomini «rost»ni qog‘ozga tushirgan, qolgan besh yarim maqomning uning o`g‘li, mashhur bastakor Rasul Mirzo va xonning nazorati ostida xon sozandalari, Komil Xorazmiy shogirdlari amalga oshirganlar va Komil Xorazmiy hayotligida nihoyasiga yetkazildi. Otasini ezgu ishini davom ettirgan Komil Xorazmiyning o`g‘li Muhammad Rasul Mirzo 1922 yilda 83 yoshda vafot etgan va o`zining xususiy madrasasiga dafn qilingan.
Komil Xorazmiy va uning shogirdlari tomonidan xalqning bebaho mulki - maqomlarning notalashtirilishi jahon musiqa madaniyati xazinasiga qo`shilgan ulkan boylik sifatida ehtirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |