Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari Kirish Asosiy qism


Download 124 Kb.
bet14/25
Sana19.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1365352
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.

TO`XTASIN JALILOV

(1896-1966)

O`zbek musiqiy san’atining yirik namoyandasi mashhur bastakor, To`xtasin Jalilov Andijon shahrida tavallud topdi.U oddiy oiladan bo`lib, yoshligi ko`p hayot qiyinchiliklariga duch keldi va tirikchilik yo`lida turli xonadonlarda xalfa bo‘lib xizmat qildi. Andijonda mashhur Saidxon to`ra xonadonida bo`ladigan suhbatlar va san’atkorlar ishtiroki yosh To`xtasinda musiqaga ixlos uyg‘otadi va shu yo`lni tanlaydi. “Tolzor” choyxonasida vodiylik xonanda va sozandalar ishtirokidagi yig‘inlarda doim qatnashar, Ashurali hofiz, Dehqonboy, Hayit Oxun tanburchilarni va vodiyning turli joylaridan kelgan san’atkorlar ashulalarini tinglardi.

Yosh To`xtasin Qo`qonlik Yusufjon changchini nazariga tushadi va undan musiqa sozlarini parda tuzilishlarini o`rgana boshlaydi. G’ijjak, dutor, tanbur sozlarini qunt bilan o`rganadi. 1919 yilda Andijon shahrida Hamza Hakimzoda Niyoziy tomonidan tuzilgan tashviqot ansambliga taklif qilinadi va Orifjon dutorchi, Yoqubjon changchi, Zokir eshon doirachi, Berkinboy Fayziyevlar bilan ijrochilik malakasini oshirib boradi.

Orifjon dutorchi (garmon), Rustam Mextar singari taniqli sozandalardan saboq oladi. To`xtasin Jalilov ijodi davomida juda ko`p ansambllarda mehnat qildi va mashhurlik darajasiga ko`tarildi. 1926 yilda tuzilgan o`zbek davlat etnografik ansamblida sozanda, 1929 yilda Andijon teatrida musiqa rahbari bo`lib ishladi. 1935 yilda Londonda bo`lib o`tgan festivalda qatnashib, usta Olim Komilov, Abduqodir Ismoilov, Tamaraxonimlar bilan katta muvaffaqqiyatga erishadi. 1937 yilda Moskvada o`tkazilgan birinchi o`zbek san’at va adabiyot dekadasida qatnashish uchun o`zbek davlat filarmoniyasi qoshida ashula va raqs ansambli tashqil etiladi va To`xtasin Jalilov bunga badiiy rahbar etib tayinlanadi. Dekadadan so`ng ansambl bilan sobiq ittifoqning juda ko`p shaharlarida, gastrol safarlarida bo`ladi. Bu ansambl o`z davrida yuzga yaqin xonanda, sozanda, raqqosalarni o`z ichiga olgan edi.

1940 yilda o`zbek musiqali drama va komediya teatri tashqil qilinib, To`xtasin Jalilov badiiy rahbar etib tayinlanadi. So`ngra bu teatrga Muqimiy nomi beriladi. To`xtasin Jalilov butun ijodi davomida 30 dan ortiq musiqali drama va 200 dan ortiq kuy va qo`shiqlar yaratdi. Uning barcha yaratgan qo`shiq, kuy, ariyalarida xalqonalik aks etgan bo`lib, xalq ashulalari va kuylaridan mohirona foydalanganligi, xalq ijro yo`larini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. U yaratgan “Toxir va Zuxra”, “Gulsara”, “Halima”, “Nurxon”, “Alpomish”, “Muqimiy”, “Ravshan va Zulxumor”, “Layli va Majnun”, “Gul va Navro`z” singari musiqali dramalari o`zbek teatr san’atining rivojida muhim ahamiyatga egadir. “Koqiling”, “Dovrug‘”, “Signal”, “Gulistonim mening”, singari yuzlab qo`shiq va kuylari xonandalar va sozandalar tomonidan sevib kuylanadi va ijro etiladi. Ustoz ko`plab shogirdlar yetishtirdi. Mamadaziz Niyozov, G‘anijon Toshmatov, Komiljon Jabborov, Mirzajon Tillayev, G’ulomjon Hojiqulov singari mashhur bastakor va sozandalar shular jumlasidandir. Mashhur san’atkor Halima Nosirova “To`xtasin Jalilov - barcha san’atkorlarning, sozanda va xonandalarning, bastakor dirijyorlarning otaxoni, mehriboni maslahatchisi edi” - deb eslaydi.

Ustozning farzandlari Xolxo`ja To`xtasinov, Holida Jalilova, Salohiddin To`xtasinov, Dehqon Jalilovlar ota izidan borishib, o`zbek san’atiga munosib hissa qo`shdilar.

Ustoz To`xtasin Jalilovning mehnatlari munosib taqdirlangan bo`lib “O`zbekiston xalq artisti” faxriy unvoniga, hukumatning bir qancha mukofotlariga, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo`ldi.

Uning nomiga Andijon san’at bilim yurti, ko`chalar qo`yilgan bo`lib, ustoz hayotining davomiyligidan darak beradi va xalq xotirasida saqlanadi.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling