Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari Kirish Asosiy qism


Download 124 Kb.
bet10/25
Sana19.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1365352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.

MADALI HOFIZ RAXMATILLO O`G’LI

(1867-1930)

Farg‘ona an’anaviy ijrochiligining mohir bilimdoni Madali hofiz Shahrixon shahrida tug‘ildi. Otasi asli kosib bo`lib, diniy ilmlarni puxta egallagani uchun Raxmatillo Qori nomi bilan mashhur edi. O`g‘li Madalibekni ham kosiblikka berdi. Lekin qo`shiqqa bo`lgan havas uni mashhur tanburchi hofiz Nuroxun akaga ergashtirdi. Zamondosh shoirlar Oraziy, Xayratiylar bilan hamkorlik qiladi. O‘sha davrda Marg‘ilonda gullab yashnagan madaniy muhit uni o`ziga chorladi va shu yerdan o`ylanib, yashab qoldi. Bu yerda Yusuf qiziq, Matxolik hofiz singari san’at darg‘alari bilan yaqindan tanishdi. Uning ovozi shu qadar baland bo`lgan ekanki, “Madali hofiz Marg‘ilonda qo`shiq aytsa, simda (Farg‘onada) eshtiladi”,- degan ibora xalq ichida mashhur bo`lgan. Muqimiy, Zavqiy, Xaziniy, Pisandiy, Rojiy kabi mashhur shoirlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Ularning g‘azallari zamirida qator qo`shiq va yallalar yaratadi. Ayniqsa, Muqimiy g‘azallari bilan aytiladigan “Abduraxmonbegi”qo‘shiqlar majmuasi hozirgacha sevib kuylanadi. Hofiz “Chormaqom”ning mashhur ijrochisi sifatida xalq orasida mashhur bo`lgan.

Madali hofiz “Qalandar”lar, “Tanovor”lar, qo`shiq va yallalarni to`plab o`zi ijro qildi va shogirdlarga o`rgatdi. Xatto Mulla To`ychi Toshmuhammedov ham Madali hofizning oldiga kelib qo`shiqlar o`rganib ketar ekan. Buning dalili sifatida Mulla To`ychi hofiz Madali hofizga shoir Hislatning “Armug‘oni Hislat” bayozini sovg‘a tariqasida berib ketgan ekan. Bu bayoz hozirgacha ustozning farzandlarida saqlanib keladi.

Madali hofiz o`zbek qo`shiqchilik san’atiga yalla yo‘llarini olib kirdi. «Shashmaqom»ning «Buzruk» maqomidagi “Savti sarvinoz” hamda “Segoh” sho‘balarining muallifi sifatida, Madalibek nomi “O`zbek xalq musiqasi” kitobida ko`rsatib o`tilgan.

1912 yilda “Robert Kens” firmasi ekspeditsiyasi davrida hofizning “Abduraxmonbegi” qo`shiqlar majmuasini plastinkaga yozib oladi. Bu plastinka hozirgacha hofizning o`g‘li, taniqli bastakor Mamasiddiq Madaliyevda saqlanadi. Madali hofiz har bir qo`shiqni talabchanlik bilan mohirona ijro etgani va shogirdlaridan ham shunday talab qilgani uchun «Noyob» degan tahallusga ega bo`lgan edi. Madali hofiz oltmish uch yil umr ko`rib, Marg‘ilon shahrida vafot etdi. O`zining vasiyatiga ko`ra Xo‘jamaxoz mozoriga dafn etilgan.




Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling