Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari Kirish Asosiy qism


Download 124 Kb.
bet13/25
Sana19.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1365352
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.

MUXIDDIN QORI YOQUBOV

(1894-1957)

Muhiddin Qori Yoqubov o`zbek madaniyatining atoqli arboblaridan biridir. Mashxur san’at namoyondasini hayoti va ijodini yaxliticha olib qaralsa, xalqimiz hayoti, orzu-umidlari, intilishlari, xalq san’atining rivoji bosqichlari bilan uzviy bog‘liqligini kuzatamiz. Bu jarayonda hamisha oldingi safda bo`lganligiga guvox bo`lamiz. U san’at taraqqiyoti yo`lida borligini sarflagan, madaniyat va san’atimizning tashkilotchilaridan biridir.

Muhiddin Qori Yoqubov Farg‘ona muzofotining Yormozor qishlog‘ida tavallud topdi. Uning otasi ziyoli odam bo`lib, o`g‘lini islomiy va zamonaviy bilimlar egasi bo`lishiga harakat qildi va Farg‘ona shahrining madaniyat maskanlariga ko`proq, jalb qildi. Yoshligidanoq, yevropa madaniyatini o`zida aks ettirgan Farg‘ona shahrining madaniy hayoti bilan qiziqdi va to`garaklarga, jumladan musiqa to`garaklariga qatnasha boshladi. Nota yozuvini o`rganadi, damli sozlar orkestrida musiqa asboblari chalishni o`rganadi.

1916 yilda M.Qori Yoqubov Farg‘onada bir guruh, havaskor yoshlardan iborat cholg‘u asboblar to`garagini tashkil qildi. Bu tugarakda milliy cholg‘u asboblari bilan bir qatorda, yevropa musiqa asboblarini chaladigan mahalliy yoshlar ham bor edi. 1918 yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan tanishadi va bu uchrashuv uning hayotida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ular birgalikda teatr truppasini tashkil etadilar va “Boy ila xizmatchi”, “Farg‘ona fojeasi”, “Tuxmatchilar jazosi” p’esalarini sahnalashtiradilar va ulardagi bosh rollarni M.Qori Yoqubov ijro etadi.

1923 yilda musiqa va ijrochilik san’atini rivojlantirishdagi, madaniy hayotdagi yutuqlarni keng tashviqot qilishdagi xizmatlari uchun unga «Turkistonning birinchi xalq xofizi» unvoni beriladi. O`sha davrda M.Qori Yoqubov «Sharq kechalari» deb nomlangan konsert dasturi bilan turli shaharlardagi konsertlarda qatnashar va «Ushshoq», «Fig‘on», «Bayot», “Ko`chabog‘”, “Chorgoh”, “Dugoh”, “Eshvoy”, “Yo`l bo`lsin” ashulalarini aytib olqishlarga sazovor bo`lar edi. 1925 yili Tamaraxonim bilan Parijda jaxon san’­at ko`rgazmasida ishtirok etadi. So`ng Berlinga taklif qilinib mashxur Betxoven zalida konsert beradi. O`sha yili Berlindagi «Fosishe, tseytug» gazetasi o`zbek san’atkorining ijrosiga shunday baho bergan edi: - «O`zbek xonandasi Muhiddin Qori Yoqubovning ijrosi ayniqsa katta taassurot qoldirdi. Bu san’atkorlar Yevropaning katta shaharlariga tashrif buyurdi. Ko`zlagan maqsadi o`z xalqining noyob san’atiga qiziqish uyg‘otishdir. Uning repertuarida xali notaga yozib olinmagan ikki yuzdan ziyod asriy qo`shiqlar mavjuddir. U Parijdan Berlinga kelib mahalliy aholi oldida o`z qo`shiqlarini ijro etdi. Uni nihoyatda qizg‘in va hayajonli kutib oldilar”.

Muhiddin Qori Yoqubov 1926 yili Marg‘ilonda o`zbek etnografik ansamblini tashkil etadi va mashxur san’atkorlarni birlashtirib, barcha viloyatlarda, sobiq ittifoqning o`nlab shaharlarida jumladan, Moskva shahrida ijodiy safarda bo`ladi. So`ngra Moskvada 3 yil mashxur rejissyor Mayerxolrd studiyasida ta’lim oladi. 1929 yilda Muhiddin Qori Yoqubov tashabbusi bilan Davlat etnografik ansambli birinchi O`zbek musiqali teatriga aylantirildi. Ushbu teatrga X.Nosirova, K.Zokirov, L.Sarimsoqova, B.Mirzayev, Tamaraxonim, M.Turg‘unboyeva, M.Ashrafiy singari san’at­korlar jalb qilindi va shu yo`sinda o`zbek milliy operasini yaratishga zamin tayyorlandi. Keyinchalik shu sahnada “Yer targin”, “Bo`ron”, “Layli va Majnun”, “Mahmud Torobiy”, “Ulug‘ kanal”, “Farhod va Shirin”, “Ulug‘bek”, kabi operalarda yetakchi partiyalarni ijro etdi.

O`zbekiston Davlat filarmoniyasining tashkil etilishida ham Muhiddin Qori Yoqubovning xizmatlari katta bo`ldi. 1936-1947 yillarda filarmoniyaning direktori va badiiy rahbari bo`lib ishladi, juda ko`p san’atkorlarni bu dargohga jalb etdi, yosh ijodkorlarga ustozlik qildi. O`zi ham sahnaga chiqib “Ilila yorim”, “G’ayra-g‘ayra”, “Bilakuzuk”, “Olmacha anor”, “Suv bo`yida” kabi xalq qo`shiq, lapar va hajviy aytishuvlarini mohirlik bilan ijro etdi. Hozirda bu jamoa uning nomi bilan ataladi. 1937 yilda Muhiddin Qori Yoqubovga “O`zbekiston xalq artisti” fahriy unvoni berildi.

Sobiq sho`ro siyosati shunday buyuk san’atkorni ham o`z domiga tortadi va umrining so`nggi bir necha yilini qamoqda o`tkazadi. Qamoqdan qaytib kelgach, dardga chalinib, 1957 yil 2 fevralda vafot etadi. Ulug‘ mustaqillik sharofati bilan o`zbek san’atining bu fidoyisiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimizning farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. Butun umrini xalq san’ati rivojiga bag‘ishlagan bu fidoyi san’atkorning nomi tarix zarvaraqlarida hamisha nur sochib turadi.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling