Mavzu: musiqiy ta'limning oʻqitish tamoyillari reja: kirish I. Bob: musiqa maktabda fan sifatida


Download 292.6 Kb.
bet8/10
Sana05.04.2023
Hajmi292.6 Kb.
#1276126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Musiqa o\'qitish tamoyillari

2.3 MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISH
Musiqa darsi o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik taribiyasini amalga oshirishga, ijodiy maxorat, nafosat va badiiy didni o'stirishga, filer doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shunga ko'ra musiqa darsi uchun ajratilgan xona keng, yorug'lik bolalarga chap tomondan tushib turadigan, havosi yangilanib turadigan bo'lishi lozim. Xona zarur ashyolar bilan jixozlanishi shart. Doskaning teng yarmida nota yo'li bo'lishi kerak. Xonada musiqa asbobi, iloji bo'lsa, fortepiano, shuningdek, magnitafon yoki disket qo'yuvchi texnik moslama hamda barcha sinflar uchun musiqa tinglash va jamoa bo'lib kuylashga doir asarlar yozib olingan magnit tasmalar va disketlar to'plami bo'lishi lozim. Yana xonada plakatlar, testlar, nazorat ishlari, solfedjo va ashula to'plamlarini qo'yish va saqlashga shkaf ham bo'lishi zarur. Akustika sharoitlarini vujudga keltirish uchun sinf burchaklari matodan tayyorlangan darpardalar-ekranlar bilan to'sib qo'yiladi. Xona devorlariga bolalar kompozitorlarining portretiari, davlat ramzlari, derazalarga yorug' tushishiga halaqit bermaydigan pardalar osib qo'yilishi kerak. Sinfdagi hamma jihozlar o'z joy-joyiga qo'yilishi, ko'rinishi shunday chiroyli bo'lishi zarurki, o'quvchi sinfga kiirb kelganda o'zini konsert zaliga kirib kelgandek his qilsin. Lekin xonani ortiqcha bezab, bachkanalashtirib yubormaslik lozim. Musiqa darsi o'quvchilar sinfga kirgandan boshlab, dars tugab, sinfdan chiqqunlariga qadar aniq va tartibli uyushtirilgan bo'lishi kerak. Imkoniyat bo'lsa, qo'ng'iroq chalinadigan vaqtda bolalar sinf eshigi oldida qatorlashib turib, musiqa sadosi ostida sinfga kirib kelgani ma'qul. O'qituvchi chalishni to'xtatib, o'quvchilar bilan salomlashmaguncha har bir o'quvchi o'zining doimiy o'm iga kelib, o'tirmay kutib turadi. Musiqa to'xtab, o'qituvchi salomlashgandan so'ng o'tirishga ruhsat bergach, o'quvchilar o'tiradilar va musiqa darsi boshlanadi. Shuni ham aytib o'tish joizki, bolalaming muntazam ravishda darsga marsh (musiqa) sadolari ostida sinfga kirishi doimiy qonun emas, faqatgina bu metod bolalami marsh musiqasiga to'g'ri qadam tashlab yurishini shakllantiradi, xolos. Musiqaga mos to'g'ri qadam tashlab yurishni o'rganiladigan mavzular yengil bo'lganda ana shularning hisobiga, darsdan bo'sh vaqtlarda va ertalabki gimnastik mashqlami bajarayotganda ham shakllantirish mumkin. Yuqori sinflarda sinfga kirish va sinfdan chiqish musiqasiz, odatdagi darslardek bo'laveradi. Sinfda har bir bolaning o'z o'rnini belgilab qo'yish ahamiyatlidir. Agar o'qituvchi o'quvchilaming musiqiy qobiliyati bilan tanish bo'lmasa, o'quv yilining boshida oldingi qatorga bo'yi past bolalami, orqa qatorlarga bo'yi balandroq bolalami o'tqazish kerak. O'qituvchi darslar jarayonida yetarli qobiliyatiga ega bo'lmagan bolalami o'ziga yaqin bo'lgan oldingi qatorga va kuchliroq o'quvchilami yetarli musiqa qobiliyatiga ega bo'lmagan o'quvchilar orasiga o'tqazadi, qobiliyatlilar qobiliyatsizlarga yordam berishi va yetakchi bo'lishi kerak. Musiqa darsida bolalar asosan o'tirib, mashg'ulot bilan shug'ullanadilar. Lekin vokal-xor malakalarini rivojlantirishda tikka turib qo'shiq kuylash ham maqsadga muvofiqdir. Bu narsa o'quvchilarga dam beradi, chunki dars davomida doimo o'tiraverish bolalami toliqtirib qo'yadi. O'qituvchi birinchi darsdan ,boshlab dars vaqtida tinchlik saqlanishi va darsda o'tirish-turish qoidalariga rioya qilish lozimligini bolalarga tushintiradi. Hamda bu qoidaning buzilmasligini nazorat qilib boradi. O'qituvchi tomonidan berilgan savollarga o'quvchilar faqat qo'l ko'tarib, ruxsat bo'lgach javob berishlari kerak. Shuningdek, o'quvchilar o'qituvchining ishorasi bilangina qo'shiq kuylay boshlashi va to'xtatish lozimligini har doim esda tutishlari zarur. O'qituvchi cholg'u asbobini, ayniqsa, fortepianoni shunday joyga qo'yishi kerakki, uni chalib o'tirgan o'qituvchi hamma bolalami ко 'rib turadigan bo'lsin. O'quvchilar qo'shiqni atayin buzib aytsa, tartibni buzishga harakat qilsa, o'qituvchi shu bolalarga biror chora ko'rishda andekkina xatoga ham yo'l qo'ymasligi kerak. O'qituvchi juda talabchan, lekin shu bilan birga qo'ygan talablari adolatli va o'quvchilarga beg'araz munosabatda bo'lishi lozim. Biroq haddan tashqari talabchan bo'lish va bolalami jiddiy va qo'rquv ostida turtib turish yaramaydi. O'qituvchi ayrim vaqtlarda bolalaming arzimagan sho'xligini «sezmasligi», darsdan biroz chetga chiqib, bolalarga biroz dam berish maqsadida bolalarbop so'zlar bilan hazillashib qo'yishi ham mumkin. Dars davomida o'qituvchi ovozining baland-pastligi ham ahamiyatlidir. Agar o'qituvchi sal narsaga jahli chiqaversa, qo'pol, tez va bepisandlik bilan gaplashsa, saldan-salga baqirib, xattoki musht bilan stolga ursa va shu yo'l bilan bolalami qo'rqitib, yaxshi intizom o'rnatib olaman desa juda katta xato qilgan bo'ladi. Bu soxta talabchanlik o'qituvchining obro'sini to'kadi, o'quvchilaming fanga bo'lgan mehrini so'ndiradi. O'qituvchi o'quvchining atayin qilgan intizomsizligi uchun jazolashni mumkin qadar kamaytirishi lozimligini esda tutishi kerak Jazolash bolalarda g'azab uyg'otadi, ular o'qituvchining asabi°a tegishga harakat qiladi. Bu harakatlar yaxshilikka olib kelmaydi. O'zini tuta bilgan, sabotli, bolalarga hech vaqt baqirmasdan sekin- asta, bir xilda do'stlik ruhida so'zlaydigan, o'zi qo'ygan talablaming izchillik bilan bajarilishiga erishish uchun intiladigan o'qituvchining darsida intizom va tartib hamma vaqt yaxshi bo'ladi. Darsda intizomning yomon bo'lishi, ko'pincha, o'qituvchining darslami olib borishni bilmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun o'qituvchi dars jarayonlarida yo'l qo'ygan xatolarini topishi, darsda qo'llash uchun to'g'ri metodlami qidirishi kerak. Agar darsda yaxshi ijodiy vaziyat yaratilgan bo'lsa, ayrim o'quvchining intizomni buzishi ko'pchilik o'quvchilaming g'azabiga uchraydi. Masalan, bolalar o'zlari sevib qolgan qo'shiqni aytayotganlarida o'quvchilardan biri to'satdan atayin yo ashulani ertaroq boshlab yuboradi, yoki so'zlami adashtiradi, yoki past kuylanadigan joyda baqirib kuylaydi. O'qituvchi esa xomi to'xtatishga, bolalardagi ijodiy ruhni buzishga majbur bo'ladi. Bunda sinf intizomni buzgan bolaga g'azab bilan tanbeh berishi tabiiydir.
DARSNI TASHKIL QILISHDA O'QITUVCHINING DARSLARGA TAYYORLANISHI
Darsda tartib intizom o'rnatish va saqlashning muhim shartlaridan biri o'qituvchining darslarga puxta tayyorgarlik ко rishidir. Darsning unumli o'tishi, bolalaming yaxshi bilim olishlari uchun o'qituvchi darsda berilgan materiallami juda yaxshi bilishi va puxta o'zlashtirib olishi zarur. U xamma sinflarda o'rganiladigan asarlar matnini, ohangini va xor ovozlarini yoddan bilish shart. Qo'shiq kuylashni ko'rsatayotganda va bolalar bilan bu asami ijro etayotganda o'qituvchi qiynalmay, xatosiz, deyarli notaga qaramasdan biror cholg'u asbobida jo'rlik qilib turishni juda yaxshi bilgan bo'lishi kerak. Bir qo'li bilan kuyni yoki xor partiturasini chala bilishi va ikkinchi qo'li bilan esa bolalaming qo'shiq aytishini nazorat qilib borish uchun ularga qarab dirijyorlik qila bilishi lozim. Ijro etilayotgan asarlar haqida o'tkazilayotgan suhbat har tomonlama o'ylab va qiziqarli qilib tuzilgan bo'lishi zamr. O'quvchilarda musiqaga mehr uyg'otish o'qituvchining maktabda musiqa tinglashni qanday yo'lga qo'yganligiga bog'liq. U darsga tayyorlanayotganda shu darsda musiqa savodidan bolalarga bermoqchi bo'lgan biiim hajmini yaxshi tasavvur qilishi va bu bilimlami bolalarga yetkazish metodini har tomonlama o'ylab ko'rishi kerak. O'qituvchi darsning musiqa savodi qismini boshqa faoliyatlar bilan qanday qilib yaxshiroq bog'lashni o'ylab ko'rishi, ko'rgazmali qurollar, misollar, testlar, mashqlar tanlash, uyga beriladigan topshiriqni aniqlashi lozim. O'qituvchi qo'shiq haqida o'tkazadigan suhbatlaming mavzusini o'ylab chiqishi, bolalarga aytadigan eng muhim ma'lumotlami tanlab olishi, qo'shiqning og'zaki va musiqaviy materialiga tayanib bolalarga yana qanday yangi bilimlar berish mumkinligi to'g'risida puxta o'ylab ko'rishi zarur. Yana o'qituvchi qo'shiq o'rgatish metodikasiga ko'ra qo'shiqni o'rganish vaqtida alohida diqqat talab qiladigan joylarini aniqlaydi, qo'shiqni tezroq o'rganishga va asarda uchraydigan qiyin joylami uddalab ketishga yordam beradigan mashqlami tanlab oladi. Darsni qiziqarli o'tkazish maqsadida adabiy asarlar, hikoyalar, qissalardan parchalar, she'rlar hamda mashhur rassomlarning reproduksiyalaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Bulaming barchasi musiqaning emosional ta'sirini kuchaytiradi va bolalaming biiim doirasini kengaytirishga yordam beradi. Biz bilamizki, darsdan chiqishga chalingan qo'ng'iroq bolalarda shartli refleks tug'diradi va bunda o'qituvchining so'zlariga e'tibor bermaydilar. Shuning uchun uy vazifasini qo'ng'iroq chalingunga qadar, tinch vaziyatda, uni qanday bajarish lozimligini mukammal tushintirgan holatda berishi kerak. Mabodo topishiriq kitobdan berilgan bo'lsa, uning sahifalarini doskaga yozib qo'yish va buni bolalar o'z kundalik daftarlariga yozib olganlarini tekshirib qo'yish lozim. O'quvchilarga darsda berilgan mavzularga va asarlarga musiqa o'qituvchisining shaxsiy munosabati ham ahamiyatlidir. Tashqaridan qaraganda tajribasi bo'lmagan odamga o'qituvchining mehnati qandaydir zerikarli va bir xilday tuyiladi. U yildan bu yilga yana o'sha mavzu, yana o'sha qoidalar, asarlar, mashqlar o'rganilayotganga o'xshaydi. Aslida esa bunday emas. O'z kasbini sevadigan, unga ijobiy munosabatda bo'ladigan o'qituvchi har safar darsi uchun biror yangilik qo'shadi va ishida hech qanday bir xillik sezmaydi. Ana shunda 164 o'qituvchi va o'quvchi o'rtasicla yaxshi aloqa o'matiladi. Bu esa o'quv jarayoniga samarali ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchi dars sur'ati (tempi) ni olib borishida juda shoshilishi ham, juda sekin olib borishi ham to'g'ri emas. Darsni jonli, emosiyali, jozibali pauzasiz olib borishi kerak. Dars sust, uzoq muddat to'xtalishlar bilan olib borilsa, o'qituvchi yana nima qilish kerakligini o'ylab o'tiradigan bo'lsa, bolalaming diqqati bo'linib, dars samarasiz bo'lib qoladi. Yoki dars tez sur'atda olib borilsa, bolalaming diqqati zo'riqadi, miya charchaydi va yana darsda natija bo'lmaydi. Ayrim holda bu o'qituvchining shaxsiga ham bog'liq: agar u hayotda lapashang, og'zidan gapi tushib ketadigan bo'lsa yoki shoshqaloq, xovliqma bo'lsa ham darsi tizimsiz, yuzaki, qandaydir zerikarli va «sovuq» holatda o'tadi. Shuning uchun o'qituvchi doimo o'zidagi nuqsonlarni yo'qotib, darslami to'g'ri olib borish metodlarini egallash ustida uzluksiz ish olib borishi lozimdir.
Musiqa darsining tuzilishi
Musiqa darsining tuzilishi bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, bir darsning o'zida musiqa ta'limining uch mustaqil faoliyati: jamoa bo'lib qo'shiq kuylash, musiqa savodi va musiqa tinglashni birlashtirish zarurligidadir. O'qituvchi bu faoliyatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo'yish mumkin emasligini, aksincha darsda ulami bir-biri bilan bog'lab olib borish zarurligini bilishi kerak. Darsning asosiy faoliyati jamoa bo'lib qo'shiq kuylash hisoblanadi. Musiqa savodi va musiqa tinglash yordamchi faoliyat sifatida ahamiyatlidir. Bu ikkala faoliyat turi qo'shiqning savodli, tushinib aytilishiga, ta'sirli bo'lishiga yordam berishi lozim. Darsning asosiy qismi qo'shiq o'rganish va vokal-xor mashqlarini ijro etishdir. Shuning uchun bunga dars soatining ko'proq qismi (15-20 daqiqa) ajratiladi. Musiqa savodini o'rganishdan asosiy maqsad-bolalaming nota yozuvini tushunishi, notaga qarab qo'shiq aytishga o'rgatishdir. Musiqa savodini o'rganish yuzaki bo'Imasligi uchun unga doir barcha ma'lumotlami jamoa bo'lib kuylash va musiqa 165 tinglash materiallari asosida, ya'ni musiqani o'rganish yoki musiqa asarini ко'rsatish jarayonida berishga intilish kerak. Musiqa idroki bolalarda musiqaga muhabbat uyg'otadi, ulaming musiqaga bo'lgan iste'dodini, emosiyasini o'stiradi va qo'shiqni badiiy, ta'sirli, ifodali aytishga yordam beradi. Demak, musiqa ta'limida hamma musiqiy faoliyati ami ng maqsad va mazmuni dars tuzilishini belgilaydi. Musiqa tinglash, qo'shiq kuylash va musiqa savodi mashg'ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzuini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Shuningdek dars mavzuining qiziqarli bo'lishi va ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali-ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg'u asboblarida musiqaga jo 'r bo'lish hamda musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqa faoliyatlari qo'llaniladi. Darslarda qo'llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo'lagi sifatida amal qiladi. Musiqa darsi dasturining hajmi ancha katta bo'lishiga qaramay, unga haftasiga bir soat vaqt ajratilgan, xolos. Aslida o'quv materiallarini mukammal o'rganish uchun bu vaqt yetarli emas. Shunga qaramay o'qituvchi darsni to'g'ri tashkil eta bilishi lozim. O'quvchilarning darsda oladigan bilimlari yaxshi o'zlashtirilgan va mustahkam esda qoladigan bo'lishi kerak. Chunki o'rganilgan mavzu va asarlar bir hafta ichida bolalar yodidan ko'tarilishi mumkin. Musiqa darsining o'ziga xos xususiyati o'quv materiallarini asosan sinfda o'zlashtirilishini talab etadi. Barcha biiim va malakalar yaxshi o'zlashtirilmaguncha yangisiga o'tish mumkin emas. O'quv rejasi bo'yicha musiqa darsiga ajratilgan ozgina vaqtdarsning tuzilishiga ta'sir qiluvchi ikkinchi xususiyat bo'lib, darsning hamma faoliyatlarini bir-biriga uzviy bog'lab olib borishni talab etadi. Bulami ijobiy hal qilish o'qituvchining maxoratiga, musiqa darsini to'g'ri rejalashtira olishiga, darsning har daqiqasidan maqsadga muvofiq foydalana olishiga bog'liqdir. Musiqa darsining tuzilishi xilma-xil bo'lishi o'quvchilarning yoshiga, ulaming musiqa qobiliyatiga, musiqa darsining maqsadi va mazmuniga bog'liq bo'ladi.

Download 292.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling