Mavzu: musiqiy ta'limning oʻqitish tamoyillari reja: kirish I. Bob: musiqa maktabda fan sifatida
Download 292.6 Kb.
|
Musiqa o\'qitish tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. MUSIQA DARSLARIDA KORGAZMALILIK TAMOYILI. 2.3 MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISH XULOSA ILOVA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
MAVZU: MUSIQIY TA'LIMNING OʻQITISH TAMOYILLARI REJA: KIRISH I.BOB: MUSIQA MAKTABDA FAN SIFATIDA 1.1. MUSIQA DARSI 1.2. MUSIQA O' QITUVCHISI II.BOB: MUSIQIY O'QITISH TAMOYILLARI 2.1. MUSIQA DARSLARIDA ILMIYLIK, TIZIMLI VA DAVOMIYLIK TAMOYILI. 2.2. MUSIQA DARSLARIDA KO'RGAZMALILIK TAMOYILI. 2.3 MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISH XULOSA ILOVA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Ma'lumki, bo'lajak musiqa o'qituvchisi musiqaning elementar nazariyasidan olgan bilimlarini amalda qo'llay bilishi uchun albatta uning o'qitish metodikasidan ham muayyan pedagogik qobiliyatga ega bo'lishi shart hisoblanadi. Qo'lingizdagi “Musiqa o'qitish metodikasi” o'quv qo'llanmasi esa o'qituvchiga yaxshi ko'makdosh bo'lib xizmat qiladi. O'qitish metodikasiga doir bundan yigirma besh, o'ttiz yillar avval nashr qilingan o'quv qo'llanmalari tarixan o'z mavqeini yo'qotlanligi tufayli muallif uzoq yillar davomida ushbu fandan talabalarga saboq berganligi va o'z hayotiy tajribalariga asoslangani holda milliylikka e'tibor berib, o'quv qo'llanmani tayyorlashga erishdi. “Musiqa o'qitish metodikasi” o'quv qo'llanmasi besh bobdan iborat bo'lib, birinchi bobda musiqa san'atini ahamiyati, uning fan sifatida umumta'lim maktablarida o'qitilishi, dars jarayonini tashkil etishda musiqa o'qituvchisining olib boradigan ta'lim - tarbiyaviy ishlari, o'qitishning turli metodlari va o'quvchilaming bilim, malaka va ko'nikmalarini tekshirish hamda baholash haqida fikr - mulohazalar bildirildi. Ikkinchi bob eng katta bob bo'lib, unda musiqiy faoliyat turlariga mufassal to'xtab o'tildi. Xususan, bu bobda musiqa tinglash faoliyati haqida fikr yuritib, o'quvchilarda musiqa idrokini shakllantirish bo'yicha tushunchalar berilgan. Jamoa bo'lib qo'shiq kuylash faoliyatini yoritishda maktab o'quvchilari ovoz apparatlarining tuzilishi, uning ishlash tamoyillari va gigiyenasi haqida, o'quvchilaming vokal - xor malakalarini rivojlantirish va ovozlarini shakllantirish, jamoa bo'lib kuylashning mazmuni va ahamiyati haqida, qo'shiq tanlash va o'rgatish metodlari to'g'risida tushunchalar berilgan. Musiqa savodi o'rgatishning boshlang'ich davri haqidagi mavzudan to musiqa darslarida notaga qarab qo'shiq kuylashgacha bo'lgan mavzular o'quvchilaming musiqa savodxonligini oshirishga tegishlidir. Shuningdek, darsda musiqaviy ritmik harakatlar, bolalar cholg'u asboblarida chalishga va jo 'r bo'lishga o'rgatish, darsda musiqa ijodkorligi faoliyati haqidagi mavzular ham ushbu bobdan o'rin egallagan. Uchinchi va to'rtinchi boblarda musiqa darslariga tayyorgarlik, darsni tashkil etish va o'tkazish hamda darslarni rejalashtirish va ularni hisobga olish haqida, musiqa darslarining tiplari va ulaming tuzilishlari haqida tushunchalar atroflicha yoritilgan. Shuni aytib o'tish kerakki, darslar davomida olingan bilim qaysidir iste'dodli va taiantli o'quvchilami yetarli darajada qoniqtirmaydi. Shuni xisobga olib, beshinchi bobda sinfdan va maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya hamda unga qo'yilgan pedagogik talablami mufassal ochib berishga harakat qilindi. Albatta, qo’llanmada juz'iy xatolik va kamchiliklar uchrashi ehtimoldan holi 6mas. Shuning uchun muallif beriladigan samimiy maslahatlar uchun oldindan minnatdorchilik bildiradi va keyingi nashrlarda buni inobatga oladi Download 292.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling