Mavzu: musiqiy ta'limning oʻqitish tamoyillari reja: kirish I. Bob: musiqa maktabda fan sifatida


Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilari


Download 292.6 Kb.
bet9/10
Sana05.04.2023
Hajmi292.6 Kb.
#1276126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Musiqa o\'qitish tamoyillari

Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilari ruhiy jihatdan diqqatlarini bir joyda uzoq ushlab tura olmaydilar. Shuning uchun o'qituvchi darsni qiziqarli o'tishi, bolalar diqqatini turli musiqiy topshiriqlarga ko'chirib turishi zamr. Masalan, darsni avvalgi qo'shiqni kuylashdan boshlash mumkin. So'ngra o'qituvchi yangi qo'shiqni kuylab, u haqida suhbat o'tkazadi hamda asami o'rgatishga kirishadi. Birinchi kuplet o'rganib bo'linganch, o'qituvchi yangi mavzuni tushuntirishga o'tadi yoki 166 musiqa savodidan oldingi mavzulami takroraydi, keyin yangi qo'shiqni o'rgatishni davom ettiradi. Agar birinchi kupletni eslab qolish oson bo'lsa, qo'shiqning ikkinchi kupleti ham o'rgatiladi. Shundan so'ng, bolalarga qo'shiq kuylashdan dam berib, bolalardan yakka-yakka so'rab chiqadi va keyin boshqa faoliyat turiga o'tadi. Darsni avval o'rganilgan qo'shiqni takrorlash bilan tamom qilish mumkin. Birinchi va ikkinchi sinflarda darslar qiyinroq kechadi. O'ituvchi darsga kiradigan sinf o'quvchilarining musiqiy psixologiyasini bilishi, ulami darslar davomida sezgirlik bilan kuzatib borishi lozim. Musiqiy faoliyat turlaridan birortasiga darsda mana shuncha vaqt ajratiladi deb aniq aytish qiyin. Bu narsa o'qituvchining o'ziga, uning metodiga, bolalarini fanga qiziqtira olishiga, shu bilan birga darsning. mazmuniga va bolalaming munosabatiga bog'liq. Darsni rejalashtirayotganda faoliyat turlari bo'yicha tanlangan material laming oson va qiyinligini hisobga olib, darsning har bir qismiga taxminan qancha vaqt ketishini ajratishi kerak. Ikkala sinfda darsning 25-30 daqiqasi jamoa bo'lib qo'shiq kuylashga ajratiladi. Bu sinflarda qo'shiq o'rgatish ustida ish olib borilayotganida o'qituvchi o'yin elementlaridan, ritmik harakatlardan, oson raqslardan, xorovodlardan bolalar yaxshi ko'rgani uchun foydalanishi mumkin. Bolalar kichik-kichik asarlami zo'r ishtiyoq bilan kuylaydilar va tinglaydilar. Bu sinflarda eng qiyini musiqa savodini o'rgatishdir. Bolalaming musiqaviy uquvini o'stirish va nota yozuvlarini o'rganish maqsadida bolalarga eng zo'r elementar ma'lumotlami berishi kerak. Musiqa tinglash va musiqa savodi qismiga taxminan 8-10 daqiqa vaqt ajratiladi.

Download 292.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling