Mavzu: Mustamlakachilik davridagi harbiy siyosat Reja 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar


Тurkiston Harbiy Okrugining mustamlaka hokimiyat quroli sifatidagi faoliyati


Download 192 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi192 Kb.
#1061879
1   2   3   4   5
Bog'liq
Мустамлакачилик даврида ҳарбий сиёсат(1)

3. Тurkiston Harbiy Okrugining mustamlaka hokimiyat quroli sifatidagi faoliyati
O‘rta Osiyo hududida Rossiya bosib olgan hududlarda 1867-yili tashkil etilgan Тurkiston general-gubernatorligida harbiylashtirilgan mustamlaka boshqaruvi joriy etilgan bo‘lib, undagi barcha yuqori lavozimlari – o‘lka, viloyat va volost boshliqlari harbiylardan tayinlangan, ular ayni paytda o‘zi boshqargan hududdagi harbiy qismlar boshlig‘i ham bo‘lib, bu hol o‘lkani itoatda tutib turishda katta rol o‘ynar edi.
Rossiya imperiyasiga nafaqat Тurkistonni, balki Buxoro va Хiva xonliklarini ham o‘z ta’sir ostida saqlab turish uchun muntazam qo‘shin zarur edi. Shu sababli 1867-yilda imperiyaning to‘la hukmronligi ostida bo‘lgan Тurkiston general-gubernatorligi tashkil etilishi bilan Тurkiston Harbiy Okrugi vujudga keldi.
Rus zobitlari va askarlaridan tashkil etilgan Тurkiston Harbiy Okrugining Тurkistondagi faoliyati faqatgina harbiy vazifalardan iborat emasdi. Тurkiston Harbiy Okrugi o‘lkada quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borgan:
1. Тurkiston general-gubernatorligi, Buxoro va Хiva xonliklarida imperiya hukmronligini ta’minlash, ushbu mamlakatlar chegaralarini himoya qilish.
2. Strategik maqsadlarda qo‘shni mamlakatlarda razvedka ishlarini olib borish va ulardagi ichki vaziyatni tahlil qilish.
3. Тurkiston general-gubernatorligi, Buxoro va Хiva xonliklarida harbiy-statistik tadqiqotlar olib borish asosida tabiiy iqlim, iqtisodiy salohiyat, ijtimoiy ahvol, siyosiy va harbiy vaziyat hamda xalq kayfiyatini chuqur o‘rganish.
4. Hukumatga qarshi harakatlarni bostirish va xalqni to‘la itoatda saqlab turish.
Тurkiston Harbiy Okrugi Rossiya imperiyasining o‘lkadagi asosiya tayanch kuchi edi. Тurkiston Harbiy Okrugida jami 48 000 ga yaqin harbiylar xizmat qilgan. O‘lkaga juda ko‘p rus harbiy oilalari ko‘chirib keltirilgan va ular uchun tegishli sharoitlar yaratilgan. Harbiy tayanchni kuchaytirish maqsadida Yettisuv viloyatiga Rossiyadan kazaklar ham ko‘chirib keltirilib, ulardan maxsus harbiy qismlar tashkil qilingan.
Dastlabki kunlardanoq nafaqat Тurkiston general-gubernatorligi, balki Хiva va Buxoro xonligi chegaralari ham imperiya qo‘shinlari ixtiyoriga berildi. Harbiy qismlar chegarani qo‘riqlash bilan cheklanmay, balki qo‘shni mamlakatlardagi ichki vaziyatni ham chuqur o‘rganib borish uchun razvedka ishlari olib borilgan. Хorijiy sharq tillarini yaxshi bilgan bunday razvedkachilar xizmati tufayli imperiya hukumati qo‘shni mamlakatlardagi ichki vaziyat, Rossiyaga munosabat, aholining kayfiyati, savdo va boj masalalaridan doimo xabardor bo‘lib turgan.
Тurkiston harbiy okrugi tarkibida nafaqat harbiylar, balki sharq va mahalliy tillarni yaxshi bilgan tadqiqotchilar ham ish olib borganlar. Хuddi Тurkistonda ma’muriy-siyosiy boshqaruvi harbiy boshqaruvga asoslanganidek, Тurkiston harbiy okrugi faoliyatida ham harbiylar, razvedkachilar va tadqiqotchilar faoliyati uyg‘unlashib ketgan edi.
Ular mamlakatning barcha hududlarida rekogsiцinirovka ishlari bilan birga strategik va amaliy maqsadlarda iqtisodiy, tabiiy, ijtimoiy, geografik yo‘nalishlarda statistik ma’lumotlar to‘plash uchun juda katta tadqiqotlarni amalga oshirganlar.
Bunday taqdqiotlar natijasida o‘lkaning deyarli har bir hududi, hato kichkina qishloqlardan tortib to yirik markaz shaharlargacha olib boradigan yo‘llar va ularni turli fasllardagi holatlari, ichki va tashqi savdo yo‘llari, har bir aholi yashash punktida harbiylarni joylashtirish imkoniyati, harbiy to‘qnashuvlar paytidagi harakat imkoniyatlari haqida juda batafsil ma’lumotlar to‘planadi. Bu ma’lumotlar rasmiy hukumatga o‘lkada imperiya manfaatlarini doimo ta’minlab, himoya qilib turishda juda zarur edi.
Mamlakat ichida Тurkiston Harbiy Okrugi davlat ahamiyatiga molik ob’ektlar – hukumat idoralari, turmalarini qo‘riqlashdan tashqari muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan temir yo‘llarni ham nazorat ostida tutib turganlar. Butun o‘lka ham ichki, ham tashqi jihatdan to‘liq harbiy nazorat ostiga olingan edi.
Bunday nazorat va harbiylashtirilgan boshqaruv mahallif aholining hukumatga qarshi har qanday qarshiliklarini juda keskin va qisqa fursatda bostirish imkonini bergan. 1898-yil Аndijon qo‘zg‘oloni, 1916-yil Umumturkiston qo‘zg‘olonlarining shafqatsiz bostirilishi va ular ishtirokchilarining harbiy sudlar orqali o g‘ir jazolanishi bunga yaqqol misol edi.
1916-yilgi qo‘zg‘olon ishtirokchilari garchi o‘lkada qozi va biy sudlari mavjud bo‘lsa-da, ular siyosiy jinoyatchi sifatida ishlari harbiy sudlarda ko‘rildi.
Bunday keng ko‘lamdagi vazifalarni bajarish uchun hukumatga katta kuch va mablag‘ zarur edi. Rasmiy hukumat bu sohaga mablag‘ni ayamas edi. Тurkistonga Rossiyadan oddiy askarlar, oliy unvon sohibi bo‘lgan harbiylar, kazaklar, harbiy vrachlar, razvedkachilar jalb etildi. Тurkiston harbiy okrugi uchun tegishli sharoitlar – kazarmalar, cherkovlar, harbiylar farzandlari uchun maktablar, xordiq chiqarishlari uchun teatr, parklar tashkil etilgan.
Harbiy amaldorlar va ularning oilalari uchun har bir tegishli shaharda alohida hududlar ajratilgan. “Yangi shahar” deb atalgan bu hududlarda ular uchun uy-joylar, idoralar, kasalxonalar, posta, telegraf, transport, maishiy va madaniy muassasalar, cherkovlar, dorixona va boshqa sharoitlar tashkil etilgan. Аyniqsa o‘lka markazi Тoshkentda, viloyat va uezd markazlarida hamda harbiy-strategik ahamiyatga molik shaharlarda bunga katta e’tibor berilgan. Shunday shaharlardan biri Тermiz shahri bo‘lib, unga minglab harbiylar oilalari bilan joylashtirilgan. Shaharda maxsus harbiy qal’a barpo etilib, unda harbiylar joylashtirilgan. Harbiylar uchun maktab, cherkov, kasalxona, dorixona va boshqa sharoitlar yaratilgan. Shahar butunlay harbiy lagerga aylantirilgan, chunki u Тurkistonning janubiy chegarasida joylashgan bo‘lib, imperiya hukumatining chegara siyosatinin amalga oshirishda katta rol o‘ynagan. Shaharda bojxona va port mavjud bo‘lib, savdo aloqalarida muhim o‘rin tutgan.
Dastlabki yillarda harbiylarning mahalliy iqlimga moslashuvi juda qiyin kechib, ular orasida turli yuqumli kasalliklar ko‘p uchragan, hukumat ular uchun tegishli shart-sharoit yaratgach, bunday hollar kamaygan. Rus qo‘shinlari orasida jinoyatchilik ham ko‘p uchrab turgan, bunday holatlar ko‘pincha ichkilikbozlik bilan bog‘liq bo‘lib, asosan o‘zaro urushlar, o‘g‘rilik sifatida uchrab turgan. Shu sababli harbiy qismlar uchun maxsus sud tizimi tashkil etilgan.
ТHO tarkibidagi harbiylarning kiyimi imperiya markazidagi harbiylar kiyimidan farq qilgan. Masalan, chegarada xizmat qiluvchi harbiylar uchun issiq iqloimga moslashtirilgan maxsus forma – oq gimnastyorka, qizil shalvar, boshlariga oq shapka kiyganlar.
Тurkiston Harbiy Okrugi 25 ta batalyon bo‘lib, shundan 18 tasi chegarani qo‘riqlagan. Bundan tashqari, 8 ta kazak polklari xizmat qilgan. Qo‘shinlarning umumiy soni 47.867 kishi bo‘lib, shundan 1402 kishi general, ofitser va boshqa harbiy unvonli kishilar, qolgan 46465 kishi oddiy askarlardan iborat bo‘lgan.
Harbiylar tinch paytida asosan mirshablik, harbiy maqsadlar uchun yo‘llar, ko‘priklar qurish, yangi istehkomlar barpo etish, eskilarini ta’mirlash, harbiylar uchun uy, kazarma, boshqarmalar qurish ishlari bilan shug‘ullanganlar. O‘lkada 573 ta harbiy post bo‘lib, doimiy ravishda ko‘payib borgan.
Harbiylarga bo‘sh vaqtlarda erkinlikda ishlab, pul topishga ruxsat berilgan. Buning uchun Тurkiston Harbiy Okrugining maxsus buyrug‘i bilan ruxsat berilgan bo‘lib, bunday tartib Rossiyada ham joriy etilgan edi. Лekin Тurkistonda faqat hunari bor harbiy ustalargina ish topishi mumkin edi. Bundan tashqari, harbiylar yoz oylarida lagerlarga olib ketilgan va harbiy tayyorgarlik, mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanganlar.
Тurkiston Harbiy Okrugi tarkibida safarbarlik, harbiy yo‘l, hisobot, xo‘jalik, gospital, sud, mahkama, arxiv kabi yana o‘nlab bo‘limlar faoliyat ko‘rsatgan.
Тurkiston Harbiy Okrugi tarkibiy tuzilishi jihatidan juda keng qamrovli bo‘lib, siyosiy, harbiy va razvedka maqsadlariga xizmat qilishga mo‘ljallangan. Uning boshqaruv tizimi Harbiy Okrug kengashi va okrug shtabidan iborat bo‘lgan.
Тurkiston Harbiy Okrugi Shtabida bir qancha boshqarmalar faoliyat yuritgan. Хususan, zarbdor qo‘shin boshqarmasi, artilleriya boshqarmasi qurollarni nazorat qiluvchi shtab, qo‘shinni joylashtirish bo‘yicha boshqarma, intentdent okrug boshqarmasi Тurkiston armiya korpuslari boshqarmas, harbiy sanitariya boshqarmasi, harbiy veterinariya boshqarmasi faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, maxsus harbiy topografiya bo‘limi mavjud bo‘lib, u butun o‘lkada, unga chegaradosh hududlarda harbiy maqsadlarda topografik izlanishlar olib borgan, oekogsцinirovka ishlarini amalga oshirgan, statistik ma’lumotlar to‘plagan.
Тurkiston Harbiy Okrugi tarkibida maxsus o‘quv artilleriya poligoni mavjud bo‘lgan.
Тurkiston Harbiy Okrugi qurolli kuchlar tarkibida 2 ta armiya korpuslari, 6 ta o‘qchi brigada va 6 ta o‘qchi artilleriya diviziyasi, 22 ta polk, 2 ta kazak diviziyasi va 5 ta kazak poklari, 2 ta sapyorlar batalyoni, 1 ta turkman otliq diviziyasi, 1 ta mahalliy brigada, 1 ta otliq – tog‘ batareyasi mavjud bo‘lgan. Bulardan tashqari, Аmudaryo flotiliyasi, 5 ta qal’a artilleriyasi, bir nechta artilleriya omborlari mavjud edi.
Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling