Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja: Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar


Download 0.57 Mb.
bet2/5
Sana26.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1232907
1   2   3   4   5
Bog'liq
SULTONOV MUXTOR 97 (1)

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘pasrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Biz hozirgi vaqtda yirik bir loyiha-O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish bo‘yicha katta ishlarni boshlab yubordik. Bu markaz avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi”

Tarixdan ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga unutilmas hissa qo‘shib kelganlar. Ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan asarlar, madaniyatning barcha sohalariga taalluqli nodir asarlar, qimmatbaho fikr-mulohazalar hozirgi kunda ham jahon xalqlari ma’naviy dunyosini boyitib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qilib kelmoqdaki, bundan biz faxrlansak arziydi. Bugungi kunda ma’naviy merosimizni, qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz, jumladan, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, o‘zligini anglash, xususan kelajagimiz bo‘lgan, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlarni tayyorlash ularning ma’naviyatini yuksaltirishga erishish g‘oyat muhimdir. O‘zbek xalqining boy ma’naviy qadriyatlarini qaytadan tiklash, ularni xalqimizga qaytarish mustaqillik davri tariximizning ajralmas qismidir. Shu ma’noda bu tarixni yoritmay turib, umuman musaqillik davrining to‘la tarixini yaratib bo‘lmaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirining chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Mustaqillikka erishilganidan so‘ng O‘zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklakrini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’tibor bera boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Farmonlari asosida “Navro‘z”, “Ro‘za hayiti”, “Qurbon hayit” lari rasman tiklanib, xalq o‘rtasida keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “Mustaqillik kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi. O‘z navbatida, davlatimiz rahbariyati sovetlar davrida paydo bo‘lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi “Yangi yil bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.


Mamlakat ma’naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994 yil 23 aprelda qabul qilingan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik Markazini tashkil etish to’g’risidagi Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu yili 8 iyunda esa Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Unda Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo’nalishi qilib o’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish, jamiyatdagi sog’lom kuchlar, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish, millatlararo dustlik, hamjihatlikning ahamiyatini oshirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqada yashayotgan millatlarning madaniy, ma’rifiy, ma’naviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini tarkib qilish va hakozolar qilib belgilandi. 1996-yil sentabrda qabul qilingan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining farmoni asosida shu yil yanvarda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling