Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja: Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar


ТОШКЕНТ – ИСЛОМ МАДАНИЯТИ ПОЙТАХТИ


Download 0.57 Mb.
bet4/5
Sana26.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1232907
1   2   3   4   5
Bog'liq
SULTONOV MUXTOR 97 (1)

ТОШКЕНТИСЛОМ МАДАНИЯТИ ПОЙТАХТИ
«ТОШКЕНТ – ИСЛОМ МАДАНИЯТИ ПОЙТАХТИ» – мамлакатимизда ислом маданияти ҳамда маънавий қадриятларни тиклаш ва сақлаб қолиш бўйича амалга оширилаётган эзгу ишларнинг халқаро кўламдаги эътирофларидан бири. 2007 йил январда Ислом конференцияси ташкилоти таркибидаги муассасалардан бири – Таълим, фан ва маданият масалалари бўйича халқаро ислом ташкилоти (ISESCO) Тошкентни ислом маданиятининг пойтахти, деб эълон қилди. Тошкент билан бир қаторда Фес (Марокаш), Триполи (Ливия), Дакар (Сенегал) шаҳарлари ҳам «Ислом маданиятининг пойтахти», деб эълон қилинди. Президент Ислом Каримов бу эътирофни «ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс ҳиссасига берилган муносиб баҳо», деб таърифлади.
Шу муносабат билан шаҳарда бунёдкорлик ишлари янада авж олдирилди. Жумладан, қисқа муддатларда Ҳазрати Имом мажмуаси тубдан қайта таъмирланди, янги минора, масжид, хиёбонлар бунёд этилиб, унда кўплаб шаҳарликлар ўз беминнат меҳнатлари билан ҳисса қўшдилар. Кўкалдош мадрасаси (16-аср), Шайх Зайниддинбобо (13–19-асрлар), Зангиота (14–20-аср), Хўжа Аламбардор (19-аср), Шайх Хованди Тоҳур (15-аср), Юнусхон (15-аср) мақбаралари, Абулқосим мадрасаси (19-аср) ва бошқалар таъмирланди. 2007 йил 14–15 августда Тошкент, Самарқанд шаҳарларида «Ўзбекистонннинг ислом цивилизацияси ривожига қўшган ҳиссаси» мавзуида халқаро илмий-амалий конференцияси ўтказилди.
4. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
Mustaqillik yillarida ko'p millatli mamlakatda fuqarolar o'rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lida qo'lga kiritilgan katta yutuqlardan biridir. Chunki 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan mamlakatda jamiyatni tubdan yangilash, bir holatdan ikkinchi bir holatga o'tkazish osonlik bilan ko'chmaydi. Bunday paytda davlat siyosati izchil va oqilona, dadil va qat'iyatli bo'lmog'i lozim. Mamlakat rahbariyati milliy masalani qonun yo'li bilan hal qilishga urindi, millatlararo mojarolarni tinch hal qilish chora-tadbirlarini ko'rdi. Bu borada hukumat eng awalo Konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutdi. Aholining barcha qallamlari va turli millat vakillari diqqatini bir nuqtaga qaratdi. Qonun oldida hammani teng qilib qo'ydi. Har bir fuqaro qalbida yagona zamin, yagona makon, yagona vatan uchun javobgarlik hissini kuchaytirdi. Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach, millatlararo munosa-batlarda yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekinlik bilan bartaraf etila boshlandi. Ko'p millatli mamlakatda xalqlar tinch-totuvligini ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi.O'zbekiston Respublikasi Konstimtsiyasining 8-moddasida «O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respubli-kasining fuqarolari tashkil etadi»,-deyiladi.

Mamlakatda milliy-madaniy markazlarni tashkil qilish asosida tub aholi bo'lmagan xalqlar milliy an'analari, mada-niyatlari va boshqa o'ziga xos jihatlarining rivojiga keng yo'l ochib berdi.1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida mamlakat millatlararo Madaniyat Markazi tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta, jumladan Qozoq, Koreys, Arman, Ozarbayjon, Tojik madaniyat markazlari fa-oliyat ko'rsata boshladi. Vaqt o'tgani sayin ularning soni orta bordi. Xususan, 1995-yilga kelib mamlakatda ularning soni 80 tadan oshdi.Mustaqillik yillarida Baynalmilal madaniyat Markazi tomoni-dan amalga oshirilgan ishlarning yana bir yo'nalishi bu 1994-yili boshlangan birinchi «Xalq ijodiyoti» festivali bo'ldi. Bu festival O'zbekiston Mustaqilligining uch yilligi munosabati bilan tashkil etildi va uni har ikki yilda bir marta o'tkazishga qaror qilindi. O'zbekistonda o'tkaziladigan «Turkiston - umumiy uyimiz» mavzuidagi kechalar, uchrashuvlar xalqlar o'rtasidagi do'stlik va ahillikni kuchaytirishda katta rol o'ynamoqda. Masalan, ana shunday shior ostida 1995-yil avgustda mamlakat Baynalmilal madaniyat Markazining respublika, Toshkent shahar xotin-qizlar qo'mitalari, «Tinchlik va barqarorlik» hamda shahar «Mahalla» xayriya jamg'armalari bilan hamkorlikda o'tkazgan do'stlik kechasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Shu yil kuzda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyat arboblari Assambleyasining Toshkentda to'planishi ham bu borada qo'yilgan muhim qadam bo'ldi. O'zbekiston «Xalq birligi» harakati va Baynalmilal madaniyat Markazi 1996-yil «O'zbekiston millatlararo hamjihatlik yo'lida» nomli kitobni nashr etdi. Unda milliy va millatlararo munosabat-larning^amiyatni tubdan isloh qilish sharoitida tutgan o'rni va roli, milliy maBaniyatlar ravnaqi va Mustaqillik imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.Bugungi kunda respublikamizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ‘ibotiga, shuningdek, ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish maqsadida:
Xulosa
Bugungi kunda Islom sivilizatsiyasi markazi dunyodagi 20 dan ortiq xuddi shunday markazlar bilan aloqalar o‘rnatdi. Jumladan, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Turkiyadagi qator ilmiy-tekshirish institutlari, Istanbuldagi To‘pqopi muzeyi, Fransiya islom markazi, Parijdagi Luvr muzeyi, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj davlat muzeyi va boshqa qator yetakchi markazlar bilan hamkorlik o‘rnatilib, bu borada 7 ta memorandum imzolandi. Markaz kutubxonasi shakllantirilmoqda. Bugunga qadar unga 400 dan ortiq noyob qo‘lyozmalar xarid qilindi, yurtdoshlarimiz o‘zlaridagi qadimiy qo‘lyozmalarni topshirmoqda. Bu xalqimizning imon-e’tiqod, ma’naviyat va ma’rifatga intilishidan, ezgu va savobli ishlarga bosh qo‘shayotganidan dalolatdir. 
Shuningdek ShHTning sindao sammitida qabul qilingan ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati ham O‘zbekiston tashabbusidir. Davlatimiz rahbari tadbirga yig‘ilgan diniy ulamolar va barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklab, shunday ulug‘ ayyom kunlarida markaz qurilishining boshlanayotgani zamirida ezgu niyat, chuqur ma’no-mazmun mujassam ekanini ta’kidladi. Bu markazni qurishdan maqsad islom ma’rifatini, buyuk ajdodlarimizning boy merosini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazishdir. Buning uchun buyuk bobolarimiz merosiga o‘zimiz munosib bo‘lishimiz, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishimiz zarur. Boshlagan hamma sa’y-harakatlarimiz yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, xalqimiz tinchlik-osoyishtaligiga, yorug‘ kelajagiga zamin yaratadi, dedi Prezidentimiz. 
Shu nuqtai nazardan mamlakatimizni 1991-2019 yillar davomida islox qilish va yangilash borasida qulga kiritilgan natijalarni sarxisob qilar ekanmiz, bugun ushbu bosqich milliy davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustahkam zamin bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning xuquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yulga qo‘yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirildi.
Eng muhimi, aholining ongu tafakkurida tub o‘zgarishlar ruy berdi, ularning uzoq yillar mobaynida kommunistik mafkura va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlarning o‘zi o‘zgardi. Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda quradigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarni ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling