Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja: Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar
Download 0.57 Mb.
|
SULTONOV MUXTOR 97 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi . Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 1 mayda qabul qilgan “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmonida shunday deyilgan: “El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokolonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari Yunesko bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi: Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi. Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima kilinib, nashrdan chiqarildi. 1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. Dunyoda hech bir xalq o‘zbeklarchalik buyuk madaniy va ma’naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xaritani ochish, uni o‘rganish, undan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yulidan bormoqda. Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999 yil 17 dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18 dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Yeusiboy ugli tavalludining 175 yilligi, 1998 yil 24 oktabr kuni esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Yurtboshimiz tantana qatnashchilariga yullagan tabrigida ulug‘ ajdodlarimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni nihoyatda bebaho ekanligi alohida ta’kidlangan. 1994-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston yevangel-lyuteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Bir osmon ostida» shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentabrida YuNESKO raxnamoligida «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida» mavzuida dinlararo muloqot, xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Xindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari katnaщdilar. Anjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston tanlangani bejiz emas. AQSh sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000 yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat kilgandan keyin shunday degan edi: «O‘zbekistonda, yana takror aytaman, O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil e’tibor berilayotgani, vijdon erkinligi to‘la ta’minlanganligi meni juda quvontirdi. Bu jihatdan O‘zbekistonni bugun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydi». Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling