1-raqamli kartochka.
Tiflopedagog L.I.Solntsevaning ta’lim jarayonida pedagoglar, ota-onalar ko’zi ojizlikni kompensatsiya qilish bolada uning hayotining birinchi oylarida boshlanishini hisobga olish lozim.(Sizningcha ushbu fikrga mos hayotiy misollardan izohlar keltiring.)
2-raqamli kartochka.
Tiflopedagog L.I.Solntsevaning ta’lim jarayonida ko’zi ojizning kompensatsiyalash butun psixik ta’lim tizimini sensor tizimini intelektual kompensatorlarini o’z ichiga oladi. Bular bolalarga adekvat va tashqi dunyoni aktiv aks ettiradigan va bolani yoshiga qarab har xil shakldagi faoliyati bilan shug’ullanishga imkoniyatlar yaratib beradi (Sizning mazkur fikrga mos hayotiy misollardan izohlar keltiring.)
|
3-raqamli kartochka.
L.S.Vigotskiy tomonidan ko’zi ojizlar oltinchi sezgi (harakat) ga egaligi ko’rsatilib, u ularga predmetlarni masofadan sezishga, ranglarni ajratishga imkoniyat beradi. (Sizning izohingiz.)
|
4-raqamli kartochka.
Ko’zi ojizlar qo’llari va barmoqlari bilan “ko’rish”ga o’rganadilar. (Siz ushbu fikrni qanday izohlaysiz.)
|
5-raqamli kartochka.
Ko’zi ojiz insonlarda ko’ruv xotirasi mavjudmi? (Sizning izohingiz: hayotiy misollarga asoslaning.)
|
“Baliq skleti” organayzeri
Ushbu texnologiya katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Pastki qismida muammolar turi yozilsa, yuqori qismida esa misollar bilan izohlanadi.
“Baliq skleti” grafik organayzerini bajarishda o’qituvchi jadvalni butun guruhga tarqatadi, doskada vatman qog’ozga umumlashtiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |