Mavzu: Mutaxassislikka kirish kursining maqsadi va vazifalari, fanning asosiy manbalari. Mutaxassislikka kirish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 148.99 Kb.
|
Mavzu 1
Ushbu kursda materiallarning o‘zlashtirilishi uchun nimalar qilinishi lozimligi, o‘zlashtirishni hisobga olish, talabalarni reyting tizimi va test usullar orqali bilmini aniqlashga tayyorlash hamda ularni o‘tkazishni tashkil etish, talabalar o‘quv tadqiqot va ilmiy tekshirish ishlarining asosiy mazmuni, ularning turmushi, madaniyati va dam olishini tashkil etish, o‘quv mehnati va turmush nafosati singari sohalarga ham alohida o‘rin ajratiladi.O‘zbekistonda qo’lga kiritilgan mustaqillik jamiyatimiz hayotida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarda yangilanish jarayonini amalga oshirish uchun keng yo‘l ochib berdi. shu bilan birga yechilishi zarur bo‘lgan qator muammolarni ham ilgari surdi. Hukumatimiz uzoqni o‘ylab kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida 1997-yil 29-avgust Respublika Oliy Majlisining 9-sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va u asosida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qildi. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslangan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, hududiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi ma’naviy, malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Dasturni ro‘yobga chiqarishda quyidagi vaziflar hal etilishi nazarda tutiladi: 2013 yilda Respublika oliy maktabi tizimi 64 oliy o‘quv yurtlarini, shu jumladan, 20 universitet va 43 institutni o‘z ichiga olgan. Jumladan, 14 ta texnik, 3 ta iqtisodiy, 15 ta gumanitar, 6 ta pedagogik, 7 ta tibbiyot, 4 ta qishloq xo'jaligi (agrar), 12 ta maxsus, hamda V.G.Plexanov nomidagi akademiya filiali, Lomonosov nomidagi Moskva universiteti filiali va Halqaro Vestminster universiteti, Italiya - O‘zbekiston xalqaro TURIN politexnika universiteti. 20 universitetning o‘n to‘rttasi O'zbekiston mustaqillikka erishgach tashkil topdi.Download 148.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling