Mavzu: Mutaxassislikka kirish kursining maqsadi va vazifalari, fanning asosiy manbalari. Mutaxassislikka kirish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 148.99 Kb.
|
Mavzu 1
Mavzu: Mutaxassislikka kirish kursining maqsadi va vazifalari, fanning asosiy manbalari. Mutaxassislikka kirish fanining boshqa fanlar bilan aloqasiHozirda va kelgusida oliy o‘quv yurtlarining roli ortmoqda va ortib boradi. Chunki pedagogika ta’lim sohasining barcha tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari uchun mutaxassis tayyorlash bilan birga, ilm-fanning hamma jabhalarida yirik tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar. Ushbu sohadagi ijodiy-ilmiy ishlarni har tomonlama sermahsui qilish uchun talabalarni oliy maktab hayotiga tezroq odatlantirish, oliy maktab mezonlarini o‘zlashtirib va uning sirlarini mukammal bilib olish kabilarni tolaroq amalga oshirish maqsadida «Mutaxassislikka kirish» fani o‘quv jarayoniga joriy etilgan.Haqiqatdan ham o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mustaqil ishlashga o'rganish, kitob o‘qish usullaridan samarali foydalanish, aqliy mehnat gigiyenasi va madaniyati, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishni bilib olish, o‘qitish jarayonini asosiy shakllarini nimalar tashkil etishi, o'quv mehnati va turmush nafosati, materiallarni o'zlashtirish mezonlari, talabalar bilimini baholashda reyting tizimi va test usullarming mazmuni kabi muhim masalalar «Mutaxassislikka kirish» fani orqali o'rganiladi.Ma’lumki barcha ta’lim yo‘nalishlarida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab o‘quv rejalariga «Mutaxassislikka kirish» tanlov fani sifatida o‘qitib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, talabalarni oliy o‘quv yurti hayotiga tezroq moslashtirish, uning sharoitini o‘zlashtirib olishda ko'maklashish bolib, oqibatda fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlarida yordam berish, o‘zlashtirmaslikning oldini olishdan iboratdir.«Mutaxassislikka kirish» fani talabalarni hozirgi xalqaro ahvol, davlatimizning ichki va tashqi siyosati, o‘quv yurtlarining qisqacha taraqqiyoti tarixi, ularning tuzilishi va vazifalari, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish jarayonining asosiy formalari, o‘quv rejalari mazmuni, ilmiy tekshirish ishlari, o'qish va ilmiy ishlarni bajarishda texnika vositalaridan foydalanish, talabalarning huquq va burchlari, kunlik ish rejimi va mustaqil ishlashni to'g'ri tashkil etish, axborot resurs markazlaridan foydalanish, kitob ustida ishlash, tabiat muhofazasi, bibliografiya texnikasi kabilar bilan tanishtiradi.Download 148.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling