Mavzu: Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik


T emuriylar Tarixi Davlat Muzeyi


Download 4.83 Mb.
bet2/6
Sana23.09.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1686532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik

T emuriylar Tarixi Davlat Muzeyi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tariximizni chuqur o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar samarasida Amir Temur shaxsi, uning jahon tarixidagi o‘rni, xalqimiz, Vatanimiz oldidagi xizmatlari qadr topdi. 1996-yili Sohibqiron Amir Temurning 660-yillik yubileyi xalqaro miqyosda keng nishonlandi, YuNESKO shafeligida xalqaro konferensiyalar va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Sohibqironning 675-yillik tavallud to‘yi arafasida Yurtboshimiz so‘zboshisi bilan mazkur kitob mukammal holda yangidan chop etildi. Bugun Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida bobokalonimizning ulug‘vor haykallari savlat to‘kib turibdi. Amir Temur nomi bilan ataluvchi ko‘chalar, xiyobonlar va boshqa geografik obyektlar yurtdoshlarimizning ardoqli maskanlariga aylangan. 1996-yili Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Bu Sohibqironga, uning yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlariga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromning amaliy ifodasidir. Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi Amir Temur davridagi saroylar ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, imoratning asosiy kirish eshiklari Amir Temur xiyoboniga qaragan. Yog‘och o‘ymakorligining yorqin namunasi bo‘lgan, yong‘oqdan ishlangan, ko‘rkam bu eshiklardan ekspozitsiya zaliga kirib boriladi. Imoratning butun aylanasi bo‘ylab joylashgan yarim ochiq ayvonini salobatli, oq rangli ustunlar bezab turadi. Uning tashqi devori aylanasi bo‘ylab sirkor sopol medalyonlar bilan bezatilgan, ularda arab alifbosidagi suls yozuvida insonni yaxshilikka undovchi Itoat, Adolat, Zarofat, Ma’rifat, Diyonat, Oqibat, Marhamat, Qadriyat, Sadoqat, 75 Muvaffaqiyat, Matonat, Muruvvat, Shijoat, Mashvarat so‘zlari bitilgan. Bularning barchasi inshootga o‘zgacha husn bag‘ishlaydi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi rang-barang eksponatlari, noyob osori-atiqalari bilan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik sayyohlar e’tiborini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Bu yerda temuriylar davriga oid ko‘plab nodir ashyolar saqlanmoqda. Bular – Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qo‘lyozmalar, yozishmalar, oltin, kumush va mis tangalar, sopol, bronza, mis buyumlar, me’moriy qoplamalar, etnografik manbalar, Amir Temur va temuriylar davri zargarlik buyumlari namunalari, Amir Temur maqbarasi va Bibixonim masjididan topilgan ashyolardir Ushbu noyob inshoot nafaqat muzey, balki Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etuvchi va ilmiy tadqiq etib, kelajak avlodga yetkazuvchi obyekt ham hisoblanadi. Muzeyda o‘tgan yillar mobaynida «Temuriylar davri renessansi», «Temuriylar davri yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi» mavzusida fundamental, «Shohruxiya qal’a-shahari – Amir Temur va temuriylar davrining noyob yodgorligi» mavzusida amaliy loyihalar amalga oshirildi. Ayni paytda “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o‘rganish va targ‘ib qilishning umumbashariy ahamiyati” mavzusida fundamental ilmiy loyiha ustida ish olib borilmoqda. Muzeydagi ilmiy-tadqiqot ishlari Amir Temur va temuriylar davri tarixini chuqur va xolisona yoritishga qaratilgandir. Temuriylar davriga oid asosiy ekspozitsiyalar muzeyning ikkinchi va uchinchi qavatidan joy olgan. Bu yerdagi o‘zbek miniatyurachi rassomlari yaratgan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” kompozitsiyasi “Tug‘ilish”, “Yuksalish”, “Faxrlanish” deb nomlangan uch bo‘limdan iborat. Asarda moviy rang ko‘p uchraydi. Bu rang Amir Temur bayrog‘ining ramzi bo‘lgan. U hamisha hayotni sevishga, tiriklikni anglashga, bunyodkorlikka undagan. Muzeyga turli xorijiy davlatlar, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mashhur insonlar tashrif buyurib, «Faxriy mehmonlar kitobi»ga o‘zlarining dil so‘zlarini yozib qoldirgan. Muzeyda turli ilmiy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib, ularda yoshlar faol ishtirok etayotirlar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilayotgan “O‘zbekiston tarixi”, “Ma’naviyat asoslari”, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanlarining Amir Temur va temuriylar davriga oid mavzulari mazkur muzeyda o‘tkazilmoqda.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling