Mavzu: Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik
I. Ilk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat
Download 4.83 Mb.
|
Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik
I. Ilk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat.
II. Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat. III. XVIII-XIX asrlarda ilm-fan va adabiyot. IV. Milliy uygʻonish (jadidlik) davrida ilm-fan va adabiyot. V. XX asrda ilm-fan va madaniyat. I QismIlk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg’inoniy kabi buyuk allomalar hayoti, ilmiy ijodiy faoliyatiga oid ma’lumotlar, ular yaratgan asarlarining noyob qo’lyozma nusxalari namoyish etilmoqda. II QismTemuriylar davrida yaratilgan ilm-fan va madaniyatga doir osori-atiqalar, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Sa’diddin Taftazoniy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mirxond, Alisher Navoiy, Xoja Ahror Valiy, Maxdumi A’zam, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarga oid tarixiy asarlar namoyishga qoʻyilgan. III QismXVIII-XIX asrlarda Farg’ona vodiysidan yetishib chiqqan Mashrab, Huvaydo, Sadoyi, Nizomiy Xo’qandiy, Azimiy, Uvaysiy, Amiriy, Nodira, Hakimxon To’ra, Gulxaniy, Fazliy, Muhyi, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Mahmud Hakim Yayfoniy, Haziniy kabi ulugʻ siymolar hayoti, ijodi yoritilgan.IV QismTurkistonda jadidchilik harakati va uning mashhur namoyandalari Behbudiy, Fitrat, A. Avloniy, H. H. Niyoziy, A. Zohiriy, I. Davron, I. Ibrat hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan. Shuningdek, bu qismdan Qo’qon xattotlik san’ati, milliy hunarmandchilik hamda ziyoratgohlarga doir ma’lumotlar va eksponatlar joy egallagan. V QismXX asrda Fargʻona vodiysidan yetishib chiqqan ulugʻ olimlar - akademiklar: Toshmuhammad Qori-Niyoziy, M. O’rozboyev, T. Zohidov, J. Saidov, A. Muhammadiev, R. Aminova, Poʻlatjon Qayyumov, Bokiy, M. Rahmonov, Aziz Qayumov, L. Qayumov, M. Hayrullayev, G’. Abdurahmonov va boshqa siymolarning hayoti va ilmiy ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi materiallar va eksponatlar o’rin olgan. Shuningdek, muzey qoshida “Allomalar vorislari” nomli o’quv-axborot markazi tashkil etilgan bo’lib, bu markaz ilmga va ijodiy faoliyatga qiziquvchi yoshlar uchun mahorat maktabi vazifasini oʻtaydi. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling