Mavzu: Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik


O'zbekiston Tarixi Davlat Muzeyi


Download 4.83 Mb.
bet3/6
Sana23.09.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1686532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik

O'zbekiston Tarixi Davlat Muzeyi.
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy tarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.
Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻiicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uyroʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud.
Arxeologiya fondida arxeologik yodgorliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uyroʻzgʻor buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqalar buyumlar saqlanadi.
Numizmatika fondida esa eng qadimiy davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining muhrlari jamlangan.
Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat boʻlib, xalqimizning uyanjomlari, kiyimkechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining hamma sohasiga oid ish qurollari va mahsulotlaridan namunalar — har bir etn. hududning oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shulardan 10 mingdan ortigʻi oʻzbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid boʻlsa, 6 mingi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir.
M uzeyning yangi ekspozitsiyasi Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini, shu bilan birga Oʻzbekiston hududidagi tarixiymadaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar boʻlgan taraqqiyotini oʻzida aks ettirgan.
YunonBaqtriya, Kushon, Koʻhna Xorazm, Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar alohida diqqatga sazovor. Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa qabila belgilari yoki tamgʻalari zarb qilingan. Muzey ekspozitsiyasida Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilgan, somoniylar, qoraxoniylar, temuriylar, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklariga mansub tangalar namoyish etilgan.
Muzey arxiv va kutubxonaga ega. Muzey faoliyati davomida olimlar tomonidan ilmiy asarlar, ilmiy va ommabop kitoblar, albom, buklet va turli koʻrsatkichlar hamda maktab oʻquvchilari va talabalar tarbiyasi uchun ilmiymetodik qoʻllanmalar nashr etib kelmoqda. Ular orasida keyingi yillarda nashr etilgan "Temuriylar sulolasining tangalari" (1996); "Katalog metallicheskix i keramicheskix izdeliy Uzbekistana XSHX1X vv" (2000); "Oʻzbek milliy kiyimlari" (2002); "Fargʻona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari" (2003); "Toshkentning yangi shahar qismi tarixi" (2004) kabi nashrlar bor.
Buyuk allomalar muzeyi” Davlatimiz rahbari taklifi bilan muzey shunday nomlandi
2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qo'qonda O'zbekistonning buyuk mutafakkirlariga bag'ishlangan muzey tashkil etildi [1]. Muzeyni qurish loyihasi taniqli me'mor Sergo Sutyaginga tegishli. Shundan soʻng muzeyda keng koʻlamli ta’mir ishlari olib borildi. Ma’nan eskirgan ashyolar yigʻishtirilib, muzey zamon talablariga javob beradigan holga keltirildi. Muzey zallari kengaytirilib, zarur texnik vositalar bilan jihozlandi.
“Tarixiy merosni asrab avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir”.
Buyuk allomalar muzeyi - Qoʻqon shahridagi madaniy-maʼrifiy muassasa. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi fillial bo'lib, 2018-yilda Qo'qon shahrida tashkil etilgan.
Muzey ekspozitsiyasi 5 qismdan iborat bo’lib 3 qavatda joylashgan.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling