Mavzu n 2: Transformatorlar. Elektr o’lchovlar. Elektr uskunalar va elektr jihozlari. Elektr energiyani ishlab chiqish, uzatish va taqsimlash Reja


Download 0.72 Mb.
bet2/11
Sana05.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1167497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 dars

Konsentrik chulg’amlar - silindr shaklida bo’ladi. Konstruktsiyasi jihatdan ular bir qatlamli, to’g’ri tortburchakli kesimli simdan qilingan ikki qatlamli, doiraviy kesimli simdan qilingan ko’p qatlamli, g’altakli ko’p qatlamlidan iborat.





salt ishlash rejimi – Birlamchi cho’lg’ami manbaga ulanib,ikkilamchi cho’lg’ami istemolchilarga ulanmagan vaqtda.



Transformatorni parallel ishlashi - kuchlanish bo’yicha transformatsiya koeffitsientlari ham bir xil bo’lganda, chulg’amlarining ulanish guruhlari, qisqa tutashish kuchlanishi bir xil (farqi ko’pi bilan ±10% bo’lishiga yo’l qo’yiladi).



Tok transformatorlari – Katta o’lchamdagi tokni 5 A gacha kichraytirib beradi.

Kuchlanish transformatorlari – Katta o’lchamdagi kuchlanishni 100 V ga kamaytirib beradi.



KUCH TRANSFORMATORLARINING TARKIBIY TUZILISHI TO'G'RISIDA ASOSIY MA'LUMOTLAR


Transformatorlar deb, ma'lum qiymatdagi o'zgaruvchan tok kuchlanishini boshqa bir qiymatli o'zgaruvchan tok kuchlanishiga o'zgartiruvchi aylanuvchi qismga ega bo'lmagan elektr mashinalarga aytiladi.
Avtotransformatorlar deb, umumiy qismga ega bo'lgan ikki yoki undan ko'p chulg'amlarga ega bo'lgan transformatorlarga aytiladi.
Kuch transformatorlari deb, elektr tarmog'idagi elektr energiyani o'zgartirishga yoki to'g'ridan to'g'ri iste'molchini energiya bilan ta'-minlashga xizmat qiluvchi transformatorlarga aytiladi. Kuch trans­formatorlari umumiy qo'llaniladigan va alohida maqsadlarda qo'llaniladigan turlarga bo'linadi.
Ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari quyidagi qabul qilingan belgilashlar (shunday ketma-ketlikda) bilan farqlanadi:
A — avtotransformator (transformator bo'lsa, bu harf qo'-yilmaydi);
T — uch fazali yoki О — bir fazali;
P — PK (past kuchlanish) chulg'amining tashkil etuvchi o'ramlarining uchlari chiqarilganligini bildiradi.
Harfiy belgilashlardan keyin yozilgan kasrning suratidagi son transformatorning nominal quwati kVA ni, maxrajidagi son esa YUK (yuqori kuchlanish) chulg'amining kuchlanish klassini kV ni anglatadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling