Mavzu: Nakal elektr lampalari yoki cho’lg'ama lampalari Reja: Nakal elektr lampalari Cho’lg'ama lampalari


Download 115.62 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi115.62 Kb.
#1701013
Bog'liq
Nakal elektr lampalari yoki cho’lg\'ama lampalari


Mavzu:Nakal elektr lampalari yoki cho’lg'ama lampalari
Reja:
1.Nakal elektr lampalari
2. Cho’lg'ama lampalari
3.Lampalar
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Gap nima haqida ketayotganini angladingiz chog‘i: albatta, elektr energiyasi, uni ishlab chiqarish mashaqqatlari, to‘g‘ri foydalanish va tejash imkoniyatlari xususida.
Sir emas, elektr energiyasi – foydalanishga qulay bo‘lgan energiya turi. Sanoat, xalq xo‘jaligi, maishiy xizmat tarmoqlarida aksariyat yumushlar elektr quvvati or­qali bajariladi. Kundalik turmushimizda ham elektrning o‘rni beqiyos. Ana shu beminnat energiyani ishlab chiqarish esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun qancha resurs, qancha mehnat sarf etiladi. Jumladan, elektr energiyasining asosiy qismi gaz, ko‘mir, mazut yoqish orqali ishlab chiqariladi. Ko‘plab xarajatlar, yo‘qotishlar hamda bir necha o‘n minglab ishchi-xodimlarning kechayu kunduz qilayotgan mashaqqatli xizmatlari evaziga elektr energiyasi hosil bo‘ladi va iste’molchilarga yetkaziladi.
1 kVt/soat elektr energiyasi bilan ko‘plab mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Masalan, shu quvvat bilan 2 juft poyabzal tayyorlash, 10,5 kilogramm paxta tolasini qayta ishlash, 18 kilogramm o‘simlik moyi ishlab chiqarish, 50 ta non pishirish, 12 kilogramm g‘alla yanchish, 60 kilogramm kir yuvish, 45 bosh sigirni sog‘ish, 4 marta kinofilm ko‘rish mumkin.
Xo‘sh, biz ana shunday beminnat xizmatchi – elektr energiyasidan to‘g‘ri va tejab foydalanyapmizmi?
Ochig‘i, elektr energiyasini tejash deganda, ayrim kishilar keraksiz yonib turgan lampani o‘chirish lozimligini tushunadi. Bu yaxshi, ammo do‘kondan televizor, muzlatkich yoki oddiy lampochka sotib olayotgan aksariyat xaridorlar buyumning yo‘riqnomasiga qarab yoki sotuvchidan so‘rab, uning foydalanish muddati bilan qiziqadi. Iste’mol quvvati-chi? Buni xayoliga keltirmaydi
Aslida eng jiddiy masala shu parametrga bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda kishilar muayyan buyum sotib olayotganda uning boshqa qulayliklari bilan birga elektr energiyasi sarflash hajmini ham e’tibordan chetda qoldirishmas ekan. Masalan, AQSh, Islandiya va bir qator rivojlangan mamlakatlarda cho‘g‘lanma lampochkalardan foydalanish umuman to‘xtatilgan. Natijada iste’molchilar kam elektr sarflaydigan, ko‘p yorug‘lik beradigan zamonaviy fluoressent va svetodiod lampochkalardan foydalanmoqda. To‘g‘rida, agar uyingizda 15 ta cho‘g‘lanma lampochka bo‘lsa va ular bir kunda o‘rtacha 6 soat yonsa 1 kVt/soat elektr energiyasi sarflaydi. Buning narxi 250 so‘m bo‘lganda bir yil mobaynida 821 ming 225 so‘mlik, svetodiodli lampochka esa 164 ming 250 so‘mlik elektr energiyasi sarflaydi. Demak, zamonaviy svetodiodli lampochka bir yilda oilaviy byudjetingizdan 656 ming 975 so‘m tejalishini ta’minlaydi.
Ko‘rinib turibdiki, svetodiodli lampochkalar uzoq ishlashi, elektr energiyasini tejashi, tashqi muhit uchun xavfsizligi bilan oddiy lampochkalardan farq qiladi. Ular 80 foizgacha elektr ener­giyasini tejaydi. Kuchlanish pasayganda oddiy lampochka ishlamay qoladi, svetodiodlisi esa kuchlanish 170 volt bo‘lgan paytda ham ishlayveradi. Svetodiodli lampochkalar foydalanish xizmat muddati 30 ming soatdan ziyodligini hisobga olsak, uni ishlatishda ortiqcha to‘lov – xarajatlar kamayadi, o‘zini-o‘zi qoplash esa tejalgan elektr energiyasi hisobiga bo‘ladi.
Agar bizda ham hamma iste’molchilar cho‘g‘lanma lampalarni svetodiodli lampalarga almashtirishsa, elektr energiyasi iste’molini 5 milliard kVt/soatga kamaytirish va bu bilan 1,6 milliard kub/metr gaz yoki 5 milliard tonna ko‘mirni iqtisod qilish mumkin. Buni barchamiz yaxshi bilib olsak zarar qilmaydi.

Xulosa Akkor chiroq - bu o'tga chidamli metalldan (volframdan) tayyorlangan o'tkazgichni isitish natijasida yorug'lik oqimini chiqaradigan elektr yorug'lik manbai. Volfram barcha sof metallar ichida eng yuqori erish nuqtasiga ega (3693 K). Filament inert gaz (argon, kripton, azot) bilan to'ldirilgan shisha idishda joylashgan. Inert gaz filamentlarni oksidlanishdan himoya qiladi. Kam quvvatli cho'g'lanma lampalar (25 Vt) uchun inert gaz bilan to'ldirilmagan vakuumli idishlar tayyorlanadi. Shisha lampochka atmosfera havosining volfram filamentiga salbiy ta'sirini oldini oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1.Abdullayev X.A. Biogeoximiya va tuproq muhofazasi asoslari. Тoshkent. «O’qituvchi», 1989. 2.Alimov Т. A., Rafikov A.A. «Ekologiya xatolik saboqlari», Тoshkent, «O’zbekiston», 1991. 3.Baratov P. Тabiatni muhofaza qilish. Т.: «O’qituvchi», 1991. 4.Govard A. D., Remeon N. Geologiya i oxrana okrujayuhey sredo’. L. «Nedra». 1982. 5.Iqtisodiyotning agrar sektori. T.Jo'rayev, Sh. Allayarov, X.Asatullayev, T. Umarov, Ma'ruzalar matni. -T.: TIM, 2012 6.Salomov T. Hamdamov Q.S. Tursunxo'jayev T.L., To'raxo'jayev T.I., Hakomov R.X., 8.O'roqov N.I., Aripov I.M., Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.


Download 115.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling