Mavzu: nanotexnologiyalar haqida tushuncha


Download 1.31 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1291886
Bog'liq
Yangiboyev Shaxzod

MAVZU: NANOTEXNOLOGIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA.

Nanoelektronika nanotexnologiyalarning ilmiy va texnologik usullaridan foydalanishga asoslanadi. Nanotexnologiya — alohida atom va molekulalarni boshqarishni (manipulyasiya), shuningdek buning uchun zarur nazariy va amaliy tekshirishlarni qo‘llash asosida nanoobyektlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi fan va texnika sohasidir.

- 1968-yil, Amerikaning “Bell” komponiyasi ilmiy bo’limi hodimlari AlfrEd Cho va Jon Artur yuzani ishlashda nanotexnologiyaning nazariy asoslarini yaratishdi; - 1974-yil Yapon fizigi Norio Taniguchi esa “nanotexnologiya" so’zini ilmiy ibora sifatida fanga kiritdi va bir mikrondan kichik bo’lgan mexanizmlarni shunday nomlashni taklif etdi;

ISO /TK 229 texnik komitetda nanotexnologiya deganda: — bir yoki undan ortiq koordinatalarda 100 nm dan kichik o‘lcham larda o‘lchamli hodisalarni e’tiborga olish odatda yangi qo‘llanishlarga olib keluvchi nmli diapazonda materiallarni tushunish va materialdagi jarayon va xususiyatlarni boshqarish;

— alohida atom va molekula, shuningdek hajmiy materiallar xususiyatlaridan farq qiluvchi nmli materiallardan yangi xususiyatlarni namoyon qiluvchi mukammallashgan materiallar, asboblar va tizimlar hosil qilish uchun foydalanish nazarda tutiladi.

Maxsus texnologik uskunalar va nanotexnologiya asboblarining rivojlanishi evaziga nanotexnologiyaning yangi usullari paydo bo‘ldi. Ushbu uskunalar nanoobyektlarni kuzatish, ular param etrlarini o‘lchash, alohida atomlarni va nanoobyektlarni boshqarish imkonini beradi.

Bunday uskunalarga rastr va elektron mikroskop, skanerli konfokal mikroskop, yorug‘lik difraksiyasi bilan bog‘liq chegaradan chiqish imkoniyatini beruvchi maydoni yaqin mikroskop, tunnel mikroskop (elektr o‘tkazuvchi materiallar uchun), rentgen difraktometr, lazerli interferometrlar kiradi.

Nanotexnologiyalar obyekti — avvalam bor o’lchamlari 12-100 Nm bo‘lgan “nanozarracha” deb ataluvchi zarralardan iborat. Nanozarrachalar katalizator va adsorbsiyalovchi moddalar sifatida qiziq. Oqsillar, nuklin kislotalar bilan ta’sirlashuvida nanozarrachalar qiziq xususiyatlarga ega. Nanozarra- chalar o‘z - o‘zidan yangi xususiyatlarni namoyon etuvchi ma’lum tizimni hosil qilishi mumkin.

Nanozarrachalarning quyidagi turlari ma'lum: — o‘tkazgichlarni portlatish, plazma sintezi, yupqa pardalarni tiklash va boshqa yo‘llar bilan olinuvchi uch o‘lchamli obyektlar; — molekular va atom nurli epitaksiya, gaz fazali epitaksiya, ion o‘stirish va boshqa usullar bilan hosil qilinuvchi nanoqatlamlar ikki o‘lchamli obyektlar; — bir o‘lchamli obyektlar viskerlar; — nol o‘lchamli obyektlar kvant nuqtalar

Qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan, jumladan, nanoelektronikada eng qiziq va istiqbolli nanoobyektlar: — Uglerodli nanotrubkalar — odatda yarimsferik boshcha bilan tugallanuvchi va diametri bir nm dan bir necha nm gacha uzunligi bir necha sm ni tashkil etuvchi, bir yoki bir necha (ko‘p qatlamli Nanotrubka) trubka shaklida o‘ralgan geksagonal grafit tekisliklar (grafen). — Fullerenlar — juft sonli uch koordinatali uglerod atomlaridan tuzilgan qavariq tutash ko‘pyoqliklar.

— Grafen — uglerod atomlarining monoqatlami. Grafen xonasida tempraturaSidA elektronlarning yuqori harakatchanligiga, tuzilishi bo‘yicha noyob taqiqlangan zonaga ega va shuning uchun nisbatan arzon kremniyni almashtirish istiqboli mavjud. — Nanokristallar — turli kristall nanozarrachalar nanosterjenlar, nanosimlar, nanotrubkalar, nanolentalar, nanohalqalar, nanoprujinalar va boshqalar, mikro va optoelektronikada , mikro sensorlarda , fotokatalizda, pyezoo‘zgartgichlarda va shunga o ‘xshashlarda istiqbolli.

Barcha nanozarrachalar kristall tuzilishga ega bo‘lgani sababli Nanokristall va nanozarra sinonimlardir. Nanokristall atamasi bilan Nanoobyektning kristaligiga qo‘shimcha urg‘u beriladi. Shu bilan birgalikda, oxirgi vaqtda nanokristall deb kristalga o‘xshash ikki o‘lchamli va uch o'lchamli nanozarrachalardan iborat tuzilmalar atala boshlandi, ya’ni ushbu atama yangi ma’noga ega boldi. --Nanoqurilma,xususan,nanoelektronikada asosiy obyekt-- elektron nanoqurilma

Ayni kunda nanotexnologiya quyidagi yo’nalishlarga bo’lib qo’llaniladi: 1.An’anaviy kimyoviy usullar yordami bilan (“nanoko’lamdagi texnologiya” dEb ataluvchi) nanomateriallar yaratish (nanoo’lchamli elementlari mavjud bo’lgan buyumlar). 2.Oksil, DNK va boshqa organik molekulalardan foydalanib, faol nanotizilishlarni yaritishga intilish

3.Elementlari bir nеchta atomdan tarkib topgan elektron chizmalarni yasash. 4.“Molekulyar sanoat” deb nomlanuvchi nanomexanik yondashish doirasida Nanoo’lchamli qurilmalar, jumladan, nanomashinalar (ya’ni, o’lchami molekuladay bo’lgan mexanizm va robot) yaratish; atom va molekulalarni bEvosita boshqarish va ulardan istalgan narsani yasash

TKTI YANGIYER FILIALI FAKULTET: NMKT GURUH: 401_21 AB BAJARDI: YANGIBOYEV SHAXZOD QABUL QILDI: O'TKIROV SHAXZOD


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling