Mavzu. Naqd pulsiz pul aylanmasi


Akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar


Download 171.43 Kb.
bet3/3
Sana12.11.2023
Hajmi171.43 Kb.
#1767710
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu. Naqd pulsiz pul aylanmasi-fayllar.org

Akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to'lov aylanmasida juda kichik ulushni tashkil etadi. Jo'natilgan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovni kafolatlash oldida akkreditiv shakldan foydalaniladi. Akkreditiv mijozning topshirig'iga ko'ra shartnoma bo'yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir. Unga ko'ra akkreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchi to'lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko'zda tutilgan xujjatlar taqdim qilganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda, ularga to'lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin.
Akkreditivlar ochilganda, akkreditiv ochgan bank to'lovchining shaxsiy mablag'idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol yetkazib beruvchining banki tasarrufidan alohida "Akkreditivlar", balans hisobvarag'i va mablag'larni yetkazib bersa, bunday akkreditivlar qoplangan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan bank xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.
Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo'lib, bank va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida bajarilgan xo'jaliklarga bunda akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning qoplangan akkreditivdan farqi shundan iboratki, bunda to'lovchi korxonaning pul mablag'lari alohida hisobvaraqqa o'tkazib qo'yilishini talab qiladi. Bank to'lovchi hisobvarag'ida to'lov xujjatlari kelib tushganda pul bo'lmagan taqdirda bank mablag'lari hisobidan to'lab berishni kafolatlaydi. Akkreditivning bu turining qo'layligi shundan iboratki, mol sotib oluvchining pul mablag'lari aylanmada tarqalib ketmaydi, ikkinchi tomondan mol jo'natuvchi korxona uchun ham to'lov kafolatlangan faqat bo'sh mablag'larga hisobidan to'lov amalga oshirilganda shartnomada kelishilgan miqdorda haq to'lanadi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo'lishi mumkin. Agar akkreditiv bo'yicha hujjatlarda bu haqda belgi mavjud bo'lmasa, bunday akkreditivlar chaqirib olinuvchi hisoblanadi. Сhaqirib "olinuvchi akkreditiv bank­emitent tomonidan mablag'larni oluvchi bilan oldindan kelishib olinmasdan ham o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Masalan, shartnomada ko'zda tutilgan shartlarga rioya etilmaganda, bank­emitent akkreditiv bo'yicha to'lovlarni kafolatlash muddatidan avvalroq voz kechganda va boshqa hollarda akkreditiv chaqirib olinishi mumkin. To'lovchi mahsulot yetkazib beruvchiga chaqirib olinadigan akkreditivning shartlari o'zgartirishi (bekor qilinishi) to'g'pisidagi barcha farmoyishlarni faqat bank-emitent orqali berishi mumkin. Ushbu bank mahsulot yetkazib beruvchining banki, ya'ni bajaruvchi bankda, u esa, o'z navbatida, mahsulot o'tkazib beruvchi korxonani xabardor qiladi. Bajaruvchi bank mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etgan va mahsulot yetkazib beruvchining banki tomonidan qabul qilingan, akkreditiv shartlariga oid bo'lgan hujjatlar bo'yicha to'lovlarni mazkur bank akkreditivni o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'pisidagi xabarnomani olgunga qadar to'lashi shart. Mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Mahsulot yetkazib beruvchi korxona akkreditiv shartlarida ko'zda tutilgan hollarda akkreditivdan foydalanishdan muddatidan oldin voz kechishi mumkin.
Bir vaqtning o'zida akkreditiv summasi akkreditivlarni hisobga oluvchi ko'zda tutilmagan hollar hisobvarag'iga kiritiladi. To'lov o'tkazilgandan so'ng arizaning ikkinchi nusxasi bank mas'ul ijrochisining imzosi, bankning to'rtburchak muhri, amalga oshirilgan sana hamda qabul qilish sanasi qo'yilgan holda to'lovchiga ko'chirma bilan birgaliqda beriladi.
Akkreditiv faqat bir ta'minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar o'rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Shartnomada:
• bank emitentining nomi;
• akkreditiv turi va uni bajarish muddati usullari;
• mol yetkazib beruvchining akkreditiv bo'yicha mablag' olish uchun taqdim qilinadigan xujjatlar ruyxati;
• tovarlarni yetkazgandan keyin xujjatlarni taqdim qilinish muddati;
• mol yetkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning yuridik adreslari;
• bajaruvchp bank nomi va boshqalar ko'rsatiladi.
Akkreditiv sana uchun xaridor o'z bankiga bank emitentga 2 nusxada taqdim etadi. Arizada akkreditiv ochish uchun asos bo'lgan shartnoma akkreditivning amal qilish muddati, akkreditivni bajaradigan bankning nomi hamda to'lov xujjatlarida ko'rsatiladigan barcha rekvizitlar ko'rsatiladi.
Akkreditivlar bo'yicha depozit hisobvaraqlardan naqd pul berilishi akkreditivlari boshqa korxonalar nomiga o'tkazilishi va qayta rasmiylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
Bank emitent akkreditivni ishlatganligi to'g'risida bajaruvchi bankdan hujjatlarni olgandan keyin memorial orderga asosan ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'idan to'liq hisobdan chiqadi va tasdiqlovchi hujjatlarni memorial orderning nusxasi bilan birgalikda to'lovchi korxonaga beradi. Ko'zda tutilmagan holatlar hisob­varag'i akkreditiv to'liq ishlatilmagan va u sotib oluvchi bankidagi hisobvaraqga qaytarilganda ham yopiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shaklining o'z afzalligi, shu bilan birga, bir qator kamchiliklari mavjud. Akkreditiv shakllari bo'yicha hisob-kitob qilishning afzal tomoni shundaki, mahsulot yetkazib beruvchi uchun to'lov to'liq kafolatlangan bo'ladi. Akkreditiv shaklining kamchiliklari esa qo'yidagilardan iborat:
• akkreditiv shakli bo'yicha hujjatlar aylanishi texnik jihatdan birmuncha qiyiniroq;
• transportga qulay emas, akkreditiv ochilgan paytda yukni jo'natish uchun tayyor transport bo'lmasligi mumkin, bu esa yuk jo'natishini kechikishiga olib keladi;
• bu shaklda to'lovchining mablag'lari aylanmadan qisman chetlashadi, boshqa hisob-kitoblar bo'yicha bu mablag'lardan foydalanishga ruxsat etilmaydi;
• akkreditiv bo'yicha, odatda, faqat bir mol yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilinadi.
Download 171.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling