Mavzu: Neft-gaz geologik rayonlawtiriw va uning ahamiyati reja: Neftgazgeologik rayonlashtirish


Download 49.66 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi49.66 Kb.
#1548642
1   2   3   4
Bog'liq
laziz1

Neftgaz oblasti (NGO) geologik tuzilishi, rivojlanish tarixi va har bir geologik davr mobaynida neftgaz hosil bo‘lishi va yig‘ilishida paleogeografik va tektonik sharoitlarning umumiyligi bilan farqlanadigan yaxlit bir yirik geotuzilma tarkibidagi hududdir.
Neftgaz rayoni (NGR) – neftgaz oblastining bir bo‘lagi bo‘lib, geotuzilmalarning xossa – xususiyatlariga qarab ajratiladigan u yoki bu neftgaz to‘planuvchi zonalarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Neftgaz yig‘iluvchi zonalar (NGYZ) – geologik nuqtai nazardan o‘xshash, bir-biri bilan genetik jihatdan bog‘liq va yondosh, bir guruhga mansub tutqichlardagi konlarning yig‘indisidir.
Neftgaz konlari – bir kichik mahalliy maydonda joylashgan bir yoki bir necha tutqichlardagi neftgaz uyumlarining yig‘indisidir.
Neftgaz uyumlari – bir yoki bir necha qatlamlarda umumiy neft-gaz-suv yoki neft-suv chegarasi bilan nazorat qilib turiladigan yagona to‘plam.

Yuqorida tavsiflab o‘tilgan neftgazgeologik to‘plamlar mahalliy (lokal), zonal va regional to‘plamlarga ajratiladi.


Lokal (mahalliy), ya’ni yakka to‘plamlarga neft va gaz to‘plangan tutqichlardagi, hamda ma’lum kollektor jinslardagi (g‘ovakli, yoriqli va x.k) yakka uyumlar hamda bir tutqichda vertikal kesim bo‘ylab mujassamlangan uyumlar yig‘indisidan tashkil topgan neft va gaz konlari kiradi.
Zonal neftgaz to‘plamiga genetik jihatdan bir-biriga yaqin yoki bir turli va morfologik jihatdan o‘xshash hamda yondosh lokal geostrukturalarda mujassamlangan neftgaz konlari majmuasidan iborat bo‘lgan neftgaz to‘planuvchi zonalar va bunday zonalarni birlashtiruvchi neftgaz rayonlari kiradi.
Neftgazning regional to‘plami - ma’lum geostrukturaviy elementlarning genetik turiga mansub bo‘lgan neftgaz to‘planuvchi zonalarning yig‘indisidan iborat bo‘lgan neft va gazli oblast va provinsiyalarni o‘z ichiga oladi.


  1. NEFTGAZ TO‘PLAMLARINING TASNIFI

Yuqorida ko‘rganimizdek neftgaz to‘plamlari regional, zonal va lokal turlarda bo‘ladi. Ushbu turlarning genetik tasniflari mavjud. Qo‘yida neftgazning regional va lokal toifalarining tasniflarini ko‘rib chiqamiz.

Download 49.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling