Mavzu: Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati


Download 185 Kb.
bet1/8
Sana18.02.2023
Hajmi185 Kb.
#1210000
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diyorbek Neft Gaz sanoatida investitsiya faoliyati


Mavzu: Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati


Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyatining mohiyati va axamiyati
2. “Uzbekneftegaz” va neft gaz sanoatida jahon tajribasi asosida investorlarni jalb qilish
3. Neft gaz sanoatida olib borilayotgan islohotlarni takomillashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar:

Kirish
Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat.


(Prezident Shavkat Mirziyoyev)

Har bir kelgan mehmonlarimizga (investorlarga qarata) ishlaringizning kelajagini ta’minlash uchun sharoit yaratishga men ham, hukumat ham kafolat bermoqchiman. Sizlar bilan muloqot qilib, ko‘p narsani o‘zgartirib, qonunlarni mustahkamlab, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashib, birgalikda manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz. Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni ta’minlash O‘zbekiston prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi.


Biz professional ta’lim tizimini ilhor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, iqtisodiyotimiz ehtiyoji uchun IT va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladik. Maqsadimiz iqtisodiyotimizning drayver tarmoqlarini yetuk va malakali mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlash. Alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston bugungi kunda iqtisodiy resurslar bilan birga katta insoniy salohiyatga, shu bilan birga zamonaviy bilim va chet tillarini puxta o‘zlashtirgan yangi avlod kadrlariga ega. Bu yangi avlod kadrlar bizning eng katta boyligimiz hisoblanadi
Investitsiya bilan shug‘ullanuvchi kadrlar yetishmaydi. Investorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish zarur. Shu bois bu soha bo‘yicha hali yana ko‘p ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Tashqaridan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi.
Biz, birinchi navbatda, ilgari investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yarata boshladik
(O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev)

Respublikada neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.


“Bu orqali 25 mingga yaqin aholi bandligi ta'minlanadi. Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog‘ tumanlarida 15 ming gektar uzumzorlar, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida 3 ming gektar intensiv bog‘, Kitobda 2 ming gektar yangi anorzor, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog‘, Dehqonobod tumanlarida 4 ming gektar pista plantatsiyalari barpo etiladi. Bularning hisobiga 30 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Koson va Qamashi tumanlarida 10 ming gektar lalmi maydonda poliz yetishtirish hisobiga 12 mingdan ortiq aholi bandligi ta'minlanadi. Mirishkor, Qamashi, Kasbi, Koson, Qarshi va Muborakda 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar ishga tushirilib, 25 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali investitsiya va eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqiladi. Kelgusi besh yilda sanoat tarmoqlarida qariyb 10 milliard dollar bo‘lgan 2 mingdan ziyod katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi va 150 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Mamlakatimizda neft-gaz va energetika sohasining asosiy tayanchi bo‘lib, kelgusi yillarda ularni rivojlanish iqtisodiy dasturimizda muhim o‘rin egallaydi. Bu borada neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi. Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun infratuzilma barpo etish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablag‘ ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
2021 yilda neft-gaz sohasi modernizatsiyasi va rivojlanishiga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi 2019 yilga nisbatan 8 foizga oshib, 2.798 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu davlat rahbarining yangi qarorida aks etdi. Kapital kiritmalari strukturasida chet el investitsiyalari va kreditlari 2.104 mlrd dollarni, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mablag‘lari 216.3 mln dollarni, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari 303.5 mln dollarni, mahalliy banklar kreditlari 172.4 mln dollarni tashkil qiladi.
Xususan, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi joriy yilda O‘zbekistondagi umumiy qiymati 8 mlrd dollar bo‘lgan ikki loyihaga 879 mln dollar yo‘naltiradi. Xitoyning CNPC konserni “Markaziy Osiyo-Xitoy” gaz quvurining O‘zbekiston uchastkasi to‘rtinchi liniyasini qurishga 800 mln dollar ajratadi. “O‘zbekneftgaz” Qashqadaryodagi ikki konni jihozlash ishini yakuniga yetkazishga 294 mln dollar yo‘naltiradi, shuningdek, Muborak gazni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasiga 437.4 mln dollar ajratadi.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling