Mavzu: Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati
Uzbekneftegaz va Neft gaz sanoatida xorij tajribalaridan foydalanish yóllari
Download 185 Kb.
|
Diyorbek Neft Gaz sanoatida investitsiya faoliyati
2. Uzbekneftegaz va Neft gaz sanoatida xorij tajribalaridan foydalanish yóllariBugungi kunga kelib, korxonaning qurilish maydonida asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlari bosqichma-bosqich faol suratlarda olib borilmoqda. Takidlash kerak, bugungi kunda zavoddagi qurilish-montaj ishlarining asosiy qismi yakunlanmoqda, bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari bajarilib, foydalanishga topshirilmoqda. Songgi bosqich ishlarni tugallash uchun esa ayni vaqtda zavodda 9 300 nafar ishchi-xodim, 600 dan ortiq maxsus texnika yordamida mehnat qilishmoqda. Bugungi kunda loyihaning bosh pudratchilari Koreyaning «Hyundai Engineering», «Hyundai Engineering & Construction» hamda «Enter Engineering» (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol suratlar bilan olib borilmoqda. Zavodda asosiy podstansiya ishga tushirildi va korxonaga elektr taminoti qabul qilinishi boshlandi, shuningdek, 2-son nazorat-olchov priborlari va avtomatika xonasi binosida ishga tushirish-sozlash ishlari yakunlandi. Zavodda birinchi marotaba yonginni ochirish suv tizimi 82-sonli qurilmasi ishga tushirildi. Loyiha amalga oshirilishi bilan tanishish davomida, xom suv tayyorlash qurilmasi, yani demineralizatsiyalangan suvni ishlab chiqarish tizimidagi ishga tushirish-sozlash ishlari (71- va 87-qurilmalar) holatlari ham organildi. Bundan tashqari, korxonaning Markaziy boshqaruv pulti, nazorat-olchov priborlari va avtomatika tizimi uchun siqilgan havo ishlab chiqarish qurilmasi (75-qurilma), shuningdek, bir qator boshqa qurilmalar ish faoliyati bilan tanishib chiqildi. «Ozbekneftgaz» Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining orinbosari Olimxon Rustamov tashrifida suvni sovitish tizimi foydalanishga tayyor holga keltirilganiga guvoh bolishdi va aynan ular ushbu tizimni ishlatish uchun start berishdi. Oz navbatida, Boshqaruv raisi «Uzbekneftgaz GTL» zavodi Bosh direktori Fahriddin Abdurasulovga ishga tushirish oldi va ishga tushirish ishlarini sifatli bajarilishini taminlashga doir korsatmalar berdi. Boshqaruv raisi xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi qoidalari va talablariga qatiy rioya qilish, korxonaning ekspluatatsiya xodimlarini yuqori sifatli tayyorlash, shuningdek, ishga tushirish-sozlash ishlarini yuqori sifat bilan bajarishga qaratilgan qator boshqa korsatmalarga alohida etibor qaratdi. «Uzbekneftegaz GTL» korxonasining ishga tushirilishi joriy yilga rejalashtirilgan bolib, unda 93 ming tonna aviakerosin, 220 ming tonna dizel yonilgisi, 133 ming tonna nafta va 16 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish kozda tutilgan. Otgan davrlarda toplangan shunday tajriba sabab bugun Fargona neftni qayta ishlash zavodiga Markaziy Osiyodagi yoqilgi va moy yonalishidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga aylanishiga imkon berdi. Shu bilan birga, oxirgi marotaba 2000 yilda Yaponiyaning «Mitsui» va «TOYO Engineering» kompaniyalari bilan birgalikda yuqori sifatli neft mahsulotlari ishlab chiqarishni kopaytirish maqsadida Fargona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiya qilingan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning neft-gaz sohasini rivojlantirishga qaratayotgan alohida etibori mamlakatimiz energetika mustaqilligi bilan bir qatorda iqtisodiyotimiz va fuqarolarimiz farovonligini taminlash yolidagi muhim qadamdir. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori Fargona neftni qayta ishlash zavodi faoliyati uchun muhim bolib, unda zavodni "Jizzakh Petroleum" masuliyati cheklangan jamiyatining ishonchli boshqaruviga otkazish yoli bilan modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish vazifalari belgilab berilgan. Zavodda amalga oshiriladigan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarining ahamiyati nimalardan iborat? Loyiha har jihatdan foydali va ahamiyatli. Unga kora, zavodda qayta qurish va modernizatsiya ishlari 3 yil davom etadi. Buning natijasida Fargona neftni qayta ishlash zavodi AI-92 va undan yuqori dvigatelli benzin hamda Euro-5 ekologik standartidagi dizel yoqilgisini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boladi. Zavodning kelajakdagi konfiguratsiyasi tarkibiga gidrokreking kompleksi, shu jumladan, modernizatsiya qilingan yoqilgi va moy agregatlarini tashkil etadi. Bu esa neftni qayta ishlash jarayonining chuqurlik darajasini 92 foizgacha oshiradi va yuqori qoshilgan qiymatga ega bolgan neft mahsulotlarining hosildorligini oshirishga xizmat qiladi. Aviatsiya va dizel yoqilgisi, shuningdek, asosiy va tijorat moylarini ishlab chiqarish ortadi. 2023 yilga kelib esa zavod quvvatidan foydalanish darajasi 2 million tonnaga etadi. Yana bir muhim jihati, modernizatsiyaning ekologik vaziyatga ijobiy tasiri katta boladi. Masalan, bugungi kunda avtoulovlar atmosferaga chiqarayotgan zararli chiqindilar taxminan 93 foizdir. Euro-5 yoqilgisi esa avtomobil chiqindilaridagi mazkur ifloslantiruvchi moddalarni sezilarli darajada kamaytiradi. Zavodni modernizatsiya qilishga "Jizzakh Petroleum" MCHJ ajratadigan sarmoya 300 million AQSH dollarni tashkil etishi haqida xabar berilgan edi. Bu haqida ham toxtalib otsangiz. Siz kop yillar Moskvada xalqaro neft konlariga xizmat korsatuvchi kompaniyada faoliyat yuritgansiz. Bugun zavodda boshlangan ishlarda kompaniyada orttirgan tajriba albatta qol keladi. Aytingchi, loyiha ijrosida xorijlik mutaxassislar ham jalb qilinadimi? Aslida, men on uch yil davomida Moskvada "ERIELL Neftegazservic masuliyati cheklangan jamiyatida ishladim, u oz parkida 120 dan 450 tonnagacha yuk kotarish quvvatiga ega 45 burgilash uskunasiga ega edi. Asosiy mijozlar Gazpromneft, Rosneft, NOVATEK, Lukoyl kabi yirik kompaniyalardir. 2015 yil oxirigacha ushbu kompaniyaning bosh direktori bolib ishlab, 2020 yil bahorigacha maslahatchi lavozimida ushbu biznesni Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada rivojlantirish ishlari bilan mashgul boldim. Shu tariqa, 2020 yil bahorida Jizzakh Petroleum MCHJ rahbariyatidan tushgan, Fargona neftni qayta ishlash zavodiga rahbarlik qilish togrisida taklifni ikkilanmasdan qabul qildim. Chunki katta xalqaro xoldingda ishlagan vaqtimda toplangan bilim va tajribalarim, shuningdek, boshqa xorijiy mamlakatlar vakillari bilan muloqot qilishda olingan konikmalardan foydalanish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojida oz hissamni qoshish imkoniyatiga ega bolganimdan juda xursand boldim. Darhaqiqat, loyihani amalga oshirishda xorijiy mutaxassislar doimiy ravishda ham, modernizatsiya davrida ham jalb qilinadi. Shunday qilib, yaqin kunlarda bir qator Rossiya va Ukrainadagi neftni qayta ishlash zavodlarida boshqaruv va modernizatsiya qilish boyicha katta tajribaga ega bolgan Aleksey Vladimirovich Milsin doimiy ishlashga zavodning birinchi orinbosari texnik direktori sifatida qabul qilindi. Bundan tashqari, loyihaga mahalliy bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Fransiya va italiyalik mutaxassislar jalb qilingan. Zavodni sifat jihatidan yangi bosqichiga olib chiqish uchun hozir qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Fargona neftni qayta ishlash zavodi juda boy tarix va ananalarga ega bolgan mintaqadagi yoqilgi-moylash materiallarini ishlab chiqarish boyicha yetakchi korxonalardan biri. Ayni paytda zavodda 7 ming nafarga yaqin ishchi-xodim ishlaydi. Ularning aksariyati sulola davomchilaridir. Zavod Namangan, Fargona va Toshkent viloyatlarini qamrab oladi, u yerda ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan. Zavodda olib borilayotgan tashkiliy va texnologik ozgarishlar uning faoliyatining barcha sohalariga tasir qiladi. Zavodda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va yangi qurilish ishlari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Korxonada loyihalashtirish, asbob-uskunalar va materiallarni xarid qilish, yuqori kontsentrlangan vodorod ishlab chiqarish uchun yangi moslamalar va jarayonlarni qurish va ishga tushirish, yengil nafta izomerizatsiyasi va vakumli distillatlarning gidrokrekingi boyicha ishlar kompleksiga bosqichma-bosqich start berildi. Bugungi kunga qadar texnologik oqim diagrammasi (PFD), materiallar va issiqlik balanslari, shuningdek, litsenziyali qurilmalarning dastlabki bosh rejasi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, texnik-iqtisodiy asos va EIS loyihasini ishlab chiqish boyicha ishlar boshlandi, topografik tadqiqotlar yakunlandi va Fargona neftni qayta ishlash zavodining barcha qurilish maydonchalarida dala eksperimental ishlari davom etmoqda. Loyihani amalga oshirishda "UzLiTi-Engineering" va "OzGASHKLITI", "Axens", "Amec Foster Wheeler" va "Argus Media" mahalliy va xorijiy kompaniya hamda korxonalar ishtirok etmoqda. Texnik modernizatsiyalash bilan bir qatorda korxona raqamli boshqaruv va qarorlarni qabul qilish modellarini shakllantirish orqali eng samarali ishlab chiqarishni yaratish vazifasini ham bajaradi. Ish jarayonini takomillashtirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash manfaatlaridan kelib chiqqan holda zavodda yagona ishlab chiqarishni boshqarish markazi, kirishni boshqarish tizimi (ACS) joriy etilmoqda. Eskirgan kompyuterlar va boshqa ofis uskunalarini, shu jumladan, telefon liniyalarini zamonaviy dasturiy taminot bilan kuchliroqlariga almashtirish boshlandi. Shuningdek, biz mehnat unumdorligini va bajarilayotgan operatsiyalarning barqarorligini oshirish uchun asosiy va yordamchi tarmoqlarning jarayonlarini avtomatlashtirishni amalga oshirish va rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqdamiz. Shu maqsadda alohida loyiha ham ishlab chiqilgan, optik tolali tarmoqni modernizatsiya qilishning sxematik diagrammasi tuzilib, tegishli uskunalar xarid qilindi. Ushbu loyihani amalga oshirish bilan zavodning axborot tarmogidagi malumotlarni uzatish tezligi 2 Mbit/s dan 1 Gbit/s gacha kotariladi va hududni toliq qamrab olinishi taminlanadi. Raqamli texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonida aynan qaysi omillarga tasir otkazmoqda? Ular ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida qoshimcha samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, Fargona neftni qayta ishlash zavodida yagona ishlab chiqarishni boshqarish markazining tashkil etilishi zavod biznesini qayta ishlash, logistika va sotish segmentidagi ozgarishlarning yana bir muhim bosqichi hisoblanadi. Qurilayotgan yangi tizim real malumotlarga asoslangan yagona aktiv sifatida biznesni tezroq va samaraliroq boshqarish imkonini beradi. Bu esa zavod samaradorligi, xavfsizligi va aktivlarining ishonchliligi boyicha dunyoning yetakchi korxonalari darajasiga kotarilishida komaklashadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish va energiya xarajatlarini optimallashtirishga, uglevodorodlar yoqotilishini kamaytirishga qaratilgan ishlar ham boshlangan. Hozirda qanday natijalar mavjud? "Axens" bilan dizel yoqilgisini gidrotexnik tozalash katalizatorini ishlab chiqarish boyicha tuzilgan shartnoma doirasida umumiy qiymatining 100 foiz tolovi amalga oshirildi. Bu bizga shu yilning oktabr oyi oxiriga qadar "Yeuro-4" standartdan kam bolmagan dizel yoqilgisini ishlab chiqarish imkonini beradi. Xususiy kompaniya vakili sifatida siz davlat korxonasidagi korporativ madaniyatdagi farqlarni his etdingizmi? Davlat korxonalari xodimlarining psixologiyasi va mehnatni tashkil etish tamoyillari tijorat tuzilmalari vakillaridan farq qilishi hech kimga sir emas. Men zavodga kelganimda, dastlab korporativ markaz juda ehtiyotkorlik bilan qabul qildi. Ozgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerakligi, avvalambor, jamoaning etiborini zavod holati, uning ehtiyojlari, xaridorlarning talablariga yonaltirish, shuningdek, korxonaning samarali tashkiliy va boshqaruv tuzilishini yaratish, mulohazalardan faol foydalanish va yangi korporativ qoidalarni togridan-togri targib qilish zarurligi men uchun ravshan edi. Aytishim mumkinki, bu yonalishda allaqachon malum natijalarga erishilgan, ammo, har doim intilish kerak bolgan jihatlar bor. Biznesni tarkibiy tuzish, kadrlarni togri joylashtirish hamda xarajatlar va xarajatlarni optimallashtirish oldida juda kop ishlar turibdi. Shu nuqtai nazardan, biz xalqaro standartlarga javob beradigan va neftni qayta ishlashning mavjud bozor tendentsiyalarini tushunadigan qayta ishlash zavodi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida ahamiyat beramiz. Shu bilan birga, biz uchun kadrlar siyosatining asosiy yonalishi bolgan kadrlar motivatsiyasi haqida unutmaslik kerak. Shuni takidlashni istardimki, har bir xodim biz uchun qadrli. Kimnidir qayta oqitamiz, kimnidir attestatsiyadan song uning malakasi va bilimiga qarab boshqa ish joylariga otkazamiz. Barchani ishontirib aytmoqchimanki, hech bir xodim etibordan chetda qolmaydi. Fargona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati tomonidan qanday ijtimoiy tartiblar olib borilmoqda? Korxonada eng muhim jihat tarkibiy qismni tashkil etuvchi insonlardir. Kompaniyamizdagi xodimlarning mehnat faoliyati amaldagi qonunchilikning barcha normalariga javob beradi, munosib taqdirlanadi, shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga komak beriladi. Zavodda xodimlar uchun mukofot puli togrisida qoidalar ham mavjud, amaldagi va sobiq ishchilarga, faxriylarga, xodimlarning farzandlariga moddiy yordam korsatish amaliyoti bor. Xodimlarning kasbiy osishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan zavod ozining zamonaviy oquv markaziga ega, bu esa ishlab chiqarishni toxtatmasdan eng songgi talim dasturlari va texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Odamlarga gamxorlik qilish va ularning kasbiy osishi - biz ozaro munosabatlarni ornatishni istagan muhim asosdir. Hozirda yotoqxona negizida zavod ishchilari va ularning oilalariga xizmat korsatadigan Fargona neftni qayta ishlash zavodi mehmonxonasi va poliklinikasini joriy yil oxirida foydalanishga topshirish uchun tamirlash-qurilish ishlarini olib bormoqda. Shu bilan birga, zavod ijtimoiy masuliyatli korxona bolib, har doim oz imkoniyatlaridan kelib chiqib, mintaqaga bepul yordam beradi. Xususan, bolalar uylariga, nogironlarga, talim va sogliqni saqlash muassasalariga xayriya yordamini taqdim etadi va shaharlarni obodonlashtirish boyicha keng kolamli ishlarni amalga oshiradi. Loyihani amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlari rahbariyati va bolimlaridan komak berilyaptimi? Ushbu loyihaning ahamiyatini tariflash qiyin bu, avvalambor, mamlakatimizning energetik mustaqilligi va xavfsizligi masalasiga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, Fargona viloyati hokimi Ganiyev Shuhrat Madaminovich vakili bolgan mahalliy viloyat mamuriyati zavoddagi modernizatsiya ishlarining ahamiyatiga alohida etibor qaratmoqda, chunki bu nafaqat mintaqa yoki Fargona vodiysi, balki butun mamlakat iqtisodiyoti miqyosidagi strategik ahamiyatga ega loyihadir. Hozirda zavodimiz «HUMO AIR» aviakompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan respublikada, shu jumladan, Fargona viloyatining Sox tumaniga doimiy parvozlarni amalga oshiradigan yengil AH-2 samolyotlari uchun zarur bolgan B-92 aviatsiya yoqilgisini ishlab chiqarishni yolga qoydi. Zero "Havo koprigi" ni yaratish hududdagi 80 ming aholisi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, Fargona neftni qayta ishlash zavodi soliq tolovchi hisoblanib shu yilning birinchi yarmida budjetga qariyb 335 milliard som mablag tushirdi. Yana bir gap: biz bu ish juda mashaqqatli va ogir ekanligini bilamiz, Ammo kelajakka ishonch bilan qarab, Markaziy Osiyodagi eng katta va yuqori talabga ega zavod bolgan Fargona neftni qayta ishlash zavodining avvalgi quvvatini tiklash yolida mehnat qilmoqchimiz. Bugungi kunda neft sanoati, sanoat va ekologik xavfsizlik masalalariga katta etibor qaratmoqda. Ushbu yonalishda zavodda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Fargona neftni qayta ishlash zavodida faoliyatning oziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda har kuni murakkab va potentsial xavfli ishlar bajariladi. Ularning xavfsizligini taminlash biz uchun eng muhim vazifa hisoblanadi. Biz uchun boshqa yutuqlarga qaraganda xodimlarning xavfsizligi, hayoti va salomatligi ustuvor ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan biz baxtsiz hodisalar, ishchilar salomatligining yomonlashish holatlari, ishlab chiqarish jarohatlari va turli kelib chiqishi mumkin bolgan kasalliklarni oldini olishga katta etibor qaratamiz. Zavodda xavfsiz mehnat sharoitlarini taminlash, yetakchi va xavfsiz mehnatning yuqori madaniyatini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga togri munosabatda bolish bilan belgilanadi. Ekologik vaziyatni yaxshilash uchun yer osti suvlarining neft bilan ifloslanish holatini organishga qaratilgan kompleks dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu esa vaziyatni mahalliylashtirish boyicha aniq choralarni ishlab chiqishga imkon beradi. Buning uchun "Hydroengeo instituti, davlat korxonasi bilan yer osti suvlarining ifloslanish darajasini va ularning neft mahsulotlari bilan toplanish joylarini aniqlash maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish togrisida shartnoma imzolandi va Fargona neftni qayta ishlash zavodining xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Neft mahsulotlarining yer usti inshootlaridan chiqib ketishini oldini olish maqsadida quvurlar bosimini 1,25 foizga kotarish va rezervuarlarning statistik darajasini belgilash orqali Fargona neftni qayta ishlash zavodida barcha rezervuarlar, neft mahsulotlari liniyalarining zichligini sinash boyicha ishlar olib borildi. Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish doirasida xomashyo qayta ishlashning texnologik sxemasini 30 foizgacha eskirgan va samarasiz bolgan qurilmalar, rezervuarlar va kommunikatsiyalarni chiqarib tashlab, yangilarini qurish va ishga tushirish yoli bilan optimallashtirish kozda tutilgan. Shu bilan birga, jarayonlarni kuzatish va yozib olish uchun zamonaviy qurilmalar bilan jihozlanadi, ular korxonani rekonstruksiya qilish tugagandan song yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining ajralmas qismlariga aylanadi. Bularning barchasi ishning ishonchliligini oshiradi va inson omilining ishlab chiqarishga tasirini minimallashtiradi va atrof-muhit xavfsizligini taminlaydi. Zavodni modernizatsiya qilish ishlari yakunlangandan keyingi rejalar qanday? Neftni qayta ishlashning ananaviy jahon modeli bu logistika xarajatlarini minimallashtirish uchun ularni istemol qilish hududlarida neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdir. Fargona neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinganidan song, talab qilinadigan yuqori sifatli va arzon mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqaradigan zavod respublika va qoshni Qirgiziston, Tojikiston va Afgoniston hududida oz "status"ini tiklashi kerak. Shu bilan birga, import qilinadigan uglevodorodlardan mustaqil ravishda respublikamizda neft va gaz kondensati ishlab chiqarish kuchaytirish jarayoni muhim rol oynaydi. Fikrimcha, ushbu strategik masalani "Jizzakh Petroleum" MCHJ muvaffaqiyatli hal etmoqda. Strategiyamizning asosiy maqsadi Ozbekistonda davlatni va aholini energiya resurslari bilan taminlashning ishonchli tizimini shakllantirishdan iborat. Kasb bayrami munosabati bilan tilaklaringiz... Fargona neftni qayta ishlash zavodi jamoasi faxriylarga va yoshlarga gamxorlik korsatadigan mustahkam oila. Mintaqaning energiya xavfsizligi kop jihatdan korxona xodimlariga bogliq. Men ishchilarimizni, ularning oila azolarini va barcha yurtdoshlarimizni Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi va Neft va gaz sanoati xodimi kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, farovonlik va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman Qashqadaryoda neft-gaz sanoatida 5 mlrd dollar bolgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish orni yaratiladi SHAPE \* MERGEFORMATQashqadaryoda neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bolgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish orni yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev malum qildi. Ma'lum qilinishicha, bu orqali 25 mingga yaqin aholi bandligi taminlanadi. Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog tumanlarida 15 ming gektar uzumzorlar, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog tumanlarida 3 ming gektar intensiv bog, Kitobda 2 ming gektar yangi anorzor, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog, Dehqonobod tumanlarida 4 ming gektar pista plantasiyalari barpo etiladi. Bularning hisobiga 30 mingta yangi ish orni yaratiladi. Shuningek, Koson va Qamashi tumanlarida 10 ming gektar lalmi maydonda poliz yetishtirish hisobiga 12 mingdan ortiq aholi bandligi taminlanadi. Mirishkor, Qamashi, Kasbi, Koson, Qarshi va Muborakda 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar ishga tushirilib, 25 mingdan ortiq ish orinlari yaratiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali investisiya va eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqiladi. Download 185 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling