Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja
Neft omborlarining uchastka maydonlari
Download 31.8 Kb.
|
Mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
Neft omborlarining uchastka maydonlari
Bulardan tashqari aholi punktlari tomon esadigan shamol oqimining teskari tamoniga joylashgan bo`ladi. Mavzu: Rezervuarlar haqida umumiy ma`lumot. Reja: Neft va neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlari. Neft omborining rezervuarlar saroyi hajmini aniqlash bo`yicha umumiy ma`lumotlar. Rezervuarlarni qurish, jihozlash va ularni ishlatish. Rezervuarlar neft mahsulotlarini saqlashdagi asosiy qurilmalar bo`lib, ularda ko`p miqdordagi qimmatbaho mahsulotlar saqlanadi. Neft mahsulotlarining saqlash sharoitlariga ko`ra, ular tiniq va qora neft mahsulotini saqlovchilarga bo`linadi. Tayyorlanadigan materiallari bo`yicha: metalldan va metallsiz materiallardan yasalgan rezervuarlarga bo`linadi. Metall rezervuarlar asosan po`latdan yasaladi. Nometall rezervuarlarga temirbeton va turli sintetik materiallaridan tayyorlangan rezervuarlar kiradi. Rezervuarlar joylashishiga ko`ra: yer usti, yarim yer osti va yer osti ko`rinishida bo`ladi. Yarim yer osti rezervuarlari balandligining yarmi yer yuzasidan pastda joylashgan bo`ladi. Tuzilishi (tashqi ko`rinishi) bo`yicha rezervuarlar: to`g`ri to`rtburchakli, silindr, konus, sferik va tomchi ko`rinishida bo`ladi. Rezervuarlar formasi (ko`rinishi) ni tanlash, ishlatilish maqsadi neft mahsulotining xossasi va saqlash sharoitiga ko`ra amalga oshiriladi. Hozirgi paytda ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi 5 m³ dan 120000 m³ ni tashkil qiladi. Tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun, asosan po`latdan yasalgan rezervuarlar hamda ichki yuzasi benzinga chidamli qoplamalar bilan qoplangan temir-beton rezervuarlaridan foydalaniladi. Qora neft mahsulotlarini saqlashda temirbeton rezervuarlari ishlatiladi. Surkovchi moylar po`lat rezervuarlarda saqlanadi. Rezervuarlar saroyining hajmini aniqlash, neft omborlarini loyihalash jarayonidagi asosiy hisob ishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Agar rezervuarlar saroyining hajmi yetarli bo`lmasa, omborga kirib kelayotgan neft mahsulotlari oqimini qabul qilib bo`lmaydi. Bu o`z navbatida, mahsulotni olib keluvchi transport vositalarini (tankerlarni, vagon-sisternalarni) ishlamay turishini sodir etib, omborning texnologik ritmini izdan chiqishiga olib keladi. Agar rezervuarlar saroyining hajmi ortiqcha bo`lsa, undan to`la foydalanilmaydi. Natijada, rezervuarlar saroyini va boshqa texnologik ob`ekt qurilmalarining ish samaradorligi pasayadi. Hozirgi zamon po`lat rezervuarlarining ko`rinishi texnologik maqsadga ko`ra: tik silindrik, tomchi va yotiq (sisterna) ko`rinishida bo`ladi. Tik silindrik ko`rinishidagi po`lat rezervuarlar o`z navbatida past bosimli “atmosfera”, pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarga bo`linadi. Past bosimli rezervuarlarning ichki havo bo`shlig`idagi bosim atmosfera bosimiga yaqin bo`ladi, ya`ni uning qiymati 2000 Pa (0,02 kgs/sm²) gat eng. Bunday rezervuarlarga tomi konus va sferik ko`rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi. Bunday rezervuarlarda sekin bug`lanadigan neft mahsulotlari-kerosin, dizel, yoqilg`isi va boshqalar saqlanadi. Konus ko`rinishidagi rezervuarlarning hajmi 100 m³ dan 5000 m³ gacha, sferik ko`rinishidagilarniki esa 10000, 15000 va 20000 m³ ni tashkil qiladi. Yengil bug`lanuvchan neft mahsulotlari (benzinlar)ni saqlashda maxsus konstruksiyaga ega bo`lgan suzib yuruvchi qopqoqli, pontonli yoki yuqori bosimli tomchi ko`rinishidagi (0,7 kgs/sm² bosim ostida) rezervuarlardan foydalaniladi. Rezervuarlardan to`g`ri foydalanish va ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida, ular kerakli asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta`minlanadi. Qabul qiluvchi-tarqatuvchi quvurlar – mahsulotni rezervuarlarga quyish va to`kish ishlarini bajaradi. O`lchovchi mo`rkon (lyuk) – neft mahsuloti sathini aniqlash hamda mahsulotdan namunalar olish uchun xizmat qiladi. Kirish mo`rkon (lyuk)i - rezervuarning pastki qismida joylashgan bo`lib, u orqali rezervuarning ichki yuzasini tozalash, ta`mirlash hamda shu kabi ishlarni bajarish davomida uning ichiga ishchilarni vat a`mirlash texnikalarini olib kirish uchun xizmat qiladi. Yorug`lik mo`rkon (lyuk)i – rezervuar tepasida joylashgan bo`lib, uning ichiga yorug`lik tushishi va unit a`mirlash jarayonida shamollatish uchun xizmat qiladi. Xlopushka – qabul qiluvchi – tarqatuvchi quvurlar ishdan chiqqan paytda, neft mahsulotlari to`kilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Nafas oluvchi klapan – rezervuarning havo bo`shlig`idagi hosil bo`ladigan ortiqcha bosimni moslab turish uchun xizmat qiladi. Saqlovchi klapan – nafas oluvchi klapan ishdan chiqqan paytda rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni rostlash, hamda olov yoki uchqunning nafas oluvchi klapan orqali rezervuar ichiga kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ko`pik generatori – rezervuarda yong`in sodir bo`lganda ko`pik ishlab chiqarib yong`inni o`cherish uchun xizmat qiladi. Download 31.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling