Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja
Download 31,8 Kb.
|
Mavzular
Mavzu: Neft omborining vazifalari va uning tarkibi. Reja: 1.Neft omborining vazifalari. 2.Neft omborining tarkibi. 3.Neft omborlarining uchastka maydonlari. Iste`molchilarni neft mahsulotlari bilan ta`minlashda mahsulot omborlari asosiy manba hisoblanadi. Neft mahsulotlarini saqlovchi omborlar ikki guruhga: mustaqil neft mahsuloti omborlari va korxona qaromog`idagi neft mahsulotlarini saqlovchi omborlar (skladlar)gab o`linadi. Mustaqil neft mahsuloti omborlari (1-guruh) o`zlarining boshqaruv tizimiga ega bo`lib neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, iste`molchilarga taqsimlash va uzatish kabi vazifalarni o`taydi. Korxona qaromog`idagi (2-guruh) neft omborlari kichik sklad ko`rinishida bo`lib ular neft mahsulotlarini saqlash hamda korxona sexlari va boshqa xo`jalik tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan ta`minlash uchun xizmat qiladi. Ular to`g`ridan-to`g`ri xizmat qilayotgan korxona rahbariyatiga bo`y sunadilar. Neft mahsulotlari esa shu hududda joylashgan taqsimlovchi yoki uzatuvchi neft omborlaridan oladilar. Neft mahsulotlari omborlari rezervuarlar saroyining hajmiga ko`ra 3 ta toifaga bo`linadi. 1- toifaga umumiy hajmi 100 ming m³ va undan ortiq bo`lgan neft mahsulotlari omborlari; 2- toifaga umumiy hajmi 20 ming m³ dan 100 ming m³ gacha bo`lgan neft mahsulotlari omborlari; 3-toifaga umumiy hajmi 20 ming m³ gacha bo`lgan neft mahsulotlari omborlari kiradi. Eslatma: umumiy hajmga omborning rezervuarlar saroyi hajmi va idishli mahsulotlar hajmi ham kiradi. Asosiy bajaradigan ishlariga ko`ra 1-guruh neft mahsuloti omborlari taqsimlovchi va uzatuvchi omborlarga bo`linadi. Taqsimlovchi neft mahsuloti omborlari o`z sferasi qaromog`idagi barcha korxonalar, tashkilotlar va boshqa iste`molchilarga neft mahsulotlarini taqsimlash (tarqatish) ishlarini bajaradi. Uzatuvchi neft mahsuloti omborlari esa bir transport orqali olib kelingan neft mahsulotlarini qabul qilib olib keyin ularni boshqa transport orqali iste`molchilar (taqsimlovchi neft omborlari) ga uzatadi. Masalan, suv transportida keltirilgan mahsulotlarni qabul qilib (saqlab) keyin ularni boshqa turdagi transport (temir yo`l, quvur) lar orqali iste`molchilarga uzatiladi. Neft mahsuloti omborlari yong`indan xavfsizlik talablariga ko`ra korxona va boshqa ob`ektlardan ma`lum uzoqlikda maxsus ajratilgan maydonga joylashtiriladi. Ular orasidagi masofa qurilish me`yori va qoidalari (QMQ) asosida belgilanadi. Uzatuvchi neft omborlariga – Angren va Pop shaharlaridagi neft omborlari kirib ularning rezervuar saroyining sig`imi 380·103 m³ ni tashkil qiladi. Respublikamizda turli toifadagi 75 ta taqsimlovchi va ularning shaxobchalari bo`lib, umumiy rezervuarlar saroyining hajmi 1176,46·103 m³ ni tashkil qiladi. Ko`p miqdordagi neft va uning mahsulotlarini saqlashda turli konstruksiya hamda hajmga ega bo`lgan po`lat va temir-beton rezervuarlardan foydalaniladi. Neft mahsuloti omborlarining samaradorligi ularda o`rnatilgan barcha texnologik jihozlarni, qurilmalarni va asbob-uskunalarni ish faoliyatiga bog`liq bo`ladi. Texnologik qurilmalardan foydalanish jarayonida ularda: zanglash, materialdagi turli nuqsonlar, ishlatishda normative talablarga amal qilmaslik sabablarga ko`ra turli ko`rinishdagi ishdan chiqish va baxtsiz xodisalar sodir bo`ladi. Bularni o`z vaqtida bartaraf etish, turli ko`rinishdagi (joriy, o`rta, kapital) profilaktik ta`mirlash ishlari yordamida amalga oshiriladi va ularning ish faoliyati tiklanadi. Neft mahsuloti omborlarining umumiy maydoni 6 ta texnologik hududlarga bo`lingan bo`ladi: 1.neft mahsulotlarini qabul qilish hududi; 2. neft mahsulotlarini saqlash hududi; 3.mahsulotlarni taqsimlash (operativ) hudud; 4.yordamchi texnik qurilmalar hududi; 5.boshqaruv va yordamchi imoratlar hududi; 6.tozalash qurilmalari hududi. Mustaqil neft mahsuloti omborlari iste`molchilarga yaqin bo`lgan magistral temir yo`l, suv va avtomobil yo`llari atrofida joylashgan bo`ladi. Ularning yer maydonlari rezervuarlar saroyining hajmiga ko`ra turlicha bo`ladi. Taqsimlovchi neft omborlari mahsulotlarni olib keluvchi transport vositalarining turiga ko`ra: suv yo`lli; temir yo`lli va avtomobil yo`llilarga bo`linadi. Temir va avtomobil yo`lli omborlar esa yaqin atrofida joylashgan barcha ob`ektlarning yer maydoniga nisbatan pastroq joylashgan bo`ladi. Download 31,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling