Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo’yicha jamlangan amortizatsiya to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi hisobvaraqlarda umumlashtiriladi: - Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo’yicha jamlangan amortizatsiya to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi hisobvaraqlarda umumlashtiriladi:
- 0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
- 0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;
- 0530 “Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi”;
- 0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
- 0560 “Franchayzing amortizatsiyasi”;
- 0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
- 0590 “Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”.
- Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi O’zR Soliq kodeksi va O’zR 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”da nazarda tutilgan usullarga muvofiq, korxona tomonidan hisoblab chiqilgan me’yorlar bo’yicha oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga va davr xarajatlariga kiritiladi.
- Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditiga olib boriladi.
- Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar)da ular bo’yicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining kreditiga hisobdan chiqariladi.
- Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500) bo’yicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida ob’ektlari bo’yicha yuritiladi.
- Quyida nomoddiy aktivlar amortizatsiya summalarini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash: - Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash:
- D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
- D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
- K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
- 2) Umumishlab chiqarish maqsadida va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash:
- D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”
- D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
- K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
- 3) Marketing va tayyor mahsulot omborlarida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanganda:
- D 9410 “Sotish xarajatlari”
- K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
- 4) Boshqaruv maqsadida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanganda:
- D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
- K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
- 5) Quyidagi maqsadlarda foydalaniladigan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash:
- a) yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan ishga tushirish ishlarida;
- b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga mo’ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirishda xizmat ko’rsatish uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |