Mavzu Nomoddiy aktivlar hisobi Reja: nomoddiy aktivlar nima Nomoddiy aktivlat hisobi nima uchun kerak 3
Download 66.16 Kb.
|
2 5407080972002800388
Nomoddiy aktivlar tarkibi turlicha bo`lib, ular bir qator belgilari bo`-yicha tarkibiy qismlarga ajratilib o`rganiladi: identifikatsiyalash, sotib olish, kutilayotgan ustunliklar berish davri, korxonadan ajralishi va boshqalar bo`yicha turkumlanishi mumkin.( 9.1-chizma) Nomoddiy aktivlarning turkumlanishini izohlashdan oldin korxona no-moddiy aktivlari va ularni tavsifi bilan tanishib chiqaylik. Korxona nomod-diy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, litsenziya, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar, nou-xau, franchayzing va gudvill. Patent — huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi. Patent huquqi kashfiyotning tarkibini himoya qiladi va u belgilangan tartibda ro`yxatga olingan bo`lishi kerak. Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlarni ishlatishning asosiy ko`rinishi - bu huquqni litsenziya shartnomasi asosida berish va ob`ektni korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shishdir.
Download 66.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling