Mavzu: Nomoddiy aktivlarni qabul qilish, yaratish, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish auditi Reja
Nomoddiyaktivlarauditinitashkiletishvao‘tkazishtartibi
Download 72.51 Kb.
|
Номоддий ативлар аудити
2. Nomoddiyaktivlarauditinitashkiletishvao‘tkazishtartibi.
Nomoddiyaktivlarauditiningmaqsadibuxgalteriyahisoboti «nomoddiyaktivlar» moddasiningishonchlilikdarajasito’g’risidafikrshakllantirishvakorxonadaqo’llanilayotgannomoddiyaktivlarnihisobgaolishuslubihamdasoliqqatortishbilanbog’liqmuomalalarningO’zbekistonRespublikasidaamalqilayotganqonunchilikkamuvofiqliginianiqlashdaniborat. Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o’rnatilishini aniqlash (mulkiy ob’ektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to’g’riligi; mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to’g’riligini tekshirish; nomoddiy aktivlarni baholashning to’g’riligini tekshirish; inventarizatsiya qilish; hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini aniqlash); 2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish masalalari); 3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qo’llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog’ida quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog’liq muomalalarni soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar; korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i (farmoyishi) (nomoddiy aktivlar hisobiga taalluqli qismi); nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo’yicha korxonada qo’llaniladigan hisob registrlari; nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki hujjatlar; buxgalteriya hisobotlari. Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular xususan quyidagilardan iborat: amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy aktivlarning har bir turi bo’yicha); amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro’yxati; nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo’llaniladigan namunaviy qabul qilingan va korxonaning o’zida tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari; nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi; nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga olishda qo’llaniladigan schyotlar ro’yxati. Nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni tekshirish uchun sintetik va analitik hisob registrlari qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq holda foydalaniladi. 2-jadval Download 72.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling