Mavzu: Nomoddiy aktivlarni qabul qilish, yaratish, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish auditi Reja


Nomoddiy aktivlara uditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


Download 72.51 Kb.
bet3/16
Sana18.06.2023
Hajmi72.51 Kb.
#1562820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Номоддий ативлар аудити

1. Nomoddiy aktivlara uditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari.
Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi tufayli korxona mablag’lari va mablag’lar manbalarini, shuningdek, ularning harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Buxgalteriya hisobining ob’ekti bo’lgan va tegishli nazorat o’rnatilishini talab etuvchi xo’jalik mablag’larining yangi turlari paydo bo’ldi. Bozor islohotlarining chuqurlashtirilishi va iqtisodyotning erkinlashtirilishi tufayli korxonalar, firmalar va aktsiyadorlik jamiyatlarining xo’jalik yuritish amaliyotida mulkchilik va muomalalarning yangicha turlari kirib kelmoqda. Bulardan biri nomoddiy aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xou», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, xizmat ko’rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda nomoddiy aktivlarni hisobda va hisobotda aks ettirish masalalariga sezilarli darajada e’tibor kuchaydi. Bular iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va chet el investitsiyalarining ko’plab jalb qilinishi, moliya bozorlarining rivojlanishi; jahon iqtisodiyotida yakkahokimlik uchun raqobatli kurashning kuchayishi, fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi va murakkablashuvi kabi jahon iqtisodiy taraqqiyoti umumiy tendentsiyalarining qonuniy oqibati hisoblanadi.
Mohiyatiga ko’ra nomoddiy aktivlar qatoriga jismoniy shaklga ega bo’lmagan, lekin korxona faoliyatida uning boshqa aktivlari qatorida qatnashib daromad keltiruvchi mablag’lar kiritiladi.
Patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, savdo belgilari, mualliflik huquqlari kabi nomoddiy aktivlarning mohiyati O’zbekiston Respublikasining tegishli yuridik qonunlari bilan tartibga solib turiladi. Nomoddiy aktivlarning o’ziga xos belgilari quyidagilardan iborat: buyumlashgan ko’rinishga ega emasligi; uzoq vaqt davomida ishlatilishi; korxonaga foyda keltirish; ularni ishlatishdan olinishi mumkin bo’lgan foyda hajmining nisbatan yuqori darajadagi noaniqligi.
O‘zbekiston Respublikasi 7-son BHMS ga ko‘ra, nomoddiy aktivlar – korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlaridir”3.
O‘zbekiston Respublikasi 21-son BHMS ga muvofiq, «Subyektga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410-“Patentlar, litsenziyalar va nou-xaular”;
0420-“Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430-“Dasturiy ta’minot”;
0440-“Erdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi”;
0450-“Tashkiliy xarajatlar”;
0460-“Franchayz”;
0470-“Mualliflik huquqlari”;
0480-«Gudvill»;
0490-“Boshqa nomoddiy aktivlar”»4.
Nomoddiy aktivlarning asosiy vositalardan farqi – moddiy-ashyoviy qiymatga ega emasligi. Subyektning barcha aktivlari bilan nomoddiy aktivlarni birlashtiradigan ularning foyda keltira olishidir.
Bizningcha, umumiy holda nomoddiy aktivlar deganda, qiymatga ega bo‘lgan intellektual mulk obyektlari va shu kabi boshqa aktivlardan foydalanish huquqi nazarda tutiladi. Xususan, quyidagi tavsiflarga javob beradigan har qanday intellektual mulk obyektlari buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun nomoddiy aktivlar deb e’tirof etilishi mumkin:
- moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan yoki moddiy-ashyoviy shakli foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan yohud moddiy-ashyoviy shakli me’yoriy-huquqiy cheklashlar sababli e’tiborga olinmaydigan obyektlar;
- mahsulot ishlab chiqarishda, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish mobaynida foydalanishga yoki tashkilotni boshqarish uchun mo‘ljallangan obyektlar;
- uzoq vaqt davomida, ya’ni kamida bir yildan oshadigan vaqt davomida foydalanish niyatida sotib olingan obyektlar;
- bir maromli sharoitda qaytadan sotish niyati bo‘lmagan obyektlar”5.
Nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos turi – «gudvill» (firmaning narxi) tushunchasidir.
Ushbu atama asosan subyektning ishbilarmonlik nufuzini aks ettiradi va u subyekt o‘z aktivlarining qiymatidan yuqori narxga sotib olinganda namoyon bo‘ladi. Jumladan, ular (yoki ularning bir qismi) ni baholangan sotish narxdan farqli ravishda kimoshdi savdosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda to‘langan narx obyektning baholangan narxidan yuqori bo‘lgan qismi “firmaning narxi” ni tashkil qiladi va xaridor tomonidan nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadi.
“Firmaning narxi” tushunchasining o‘lchamiga turli omillar ta’sir qiladi, jumladan:
-subyektning joylashgan o‘rni;
-subyekt faoliyatining samaradorligi; mahsulotning raqobatbardoshligi va h.k.
Nomoddiy aktivlarning qiymatga egaligidan tashqari, ularni subyektning boshqa aktivlari bilan hisobda birlashtiradigan yana bir xususiyati shuki, ularning o‘zi alohida bir obyekt bo‘lib, mulk egasidan yoki boshqa Xo‘jalik birligidan ajratib, boshqa foydalanuvchilarga berib yuborish mumkinligidir. Biroq “firmaning narxi”, savdo markasi va belgilar hamda shu kabi boshqa aktivlar bunday sifatga ega emaslar.
Subyekt tomonidan sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki xarid qiymati sotuvchilarning to‘langan yoki to‘lov uchun qabul qilingan schyotlari asosida qayd qilinib, hisobga olingandan so‘ng 0830 - “Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schyotida aks ettiriladi. Subyektlar nomoddiy aktivlarni sotib olish bosqichida agar, ulardan foydalanish sharoitlari buni talab qilsa, ularni inventar qiymatini aniqlash va foydalanishga yaroqli holatga keltirish zaruratiga duch keladilar. Shuning uchun nomoddiy aktivlarning inventar qiymati ularni yaratish yoki sotib olish hamda foydalanishga yaroqli holatga keltirish xarajatlaridan tashkil topadi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv qismidagi «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida «Nomoddiy aktivlar» nomli modda bo‘yicha (boshlang‘ich qiymati (020-satr), eskirishi (021-satr), qoldiq qiymati (022-satr) aks ettiriladi (1-jadval).
Hisobotga beriladigan tushuntirishlarda quyidagi axborotlarning mohiyati bayon qilinishi lozim:
- nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi (ayrim guruhlari bo‘yicha);
- qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi;
- amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari to‘g‘risidagi.
1-jadval

Download 72.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling