Mavzu: Nomoddiy aktivlarni qabul qilish, yaratish, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish auditi Reja
Download 72.51 Kb.
|
Номоддий ативлар аудити
KIRISH. Mamlakatimizda barqaror va samaral iiqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarin ikuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritildi. O‘zbekistonning xalqaroiqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lardan oqilona foydalanishi va nomoddiy aktivlardan foydalanish asosida moliyaviy mustahkamlanishi sezilarli darajada hamda muntazam oshib bormoqda. Bu boroda so‘ngi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar” to’g’risidagi PQ-3946-son qarori va 2020 yil 20-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ơtish bơyicha qơshimcha chora-tadbirlar tơğrisida”gi PQ-4611 sonli Qarorlaridabelgilangan bir qator vazifalarnihamko‘rishimizmumkin1. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatining rivojlanishi ancha murakkab va qiyin, ko’plab jihatlari bo‘yicha esa sust hamda ziddiyatli kechmoqda. Bunday holatning sabablari auditorlik firmalarida buxgalteriya hisobining nazariy masalalari, huquqiy-me’yoriy hamda tizimli tartibga solishning boshqa imkoniyatlari yetarli darajada amaliyotda ishlatilmayapti. Hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy - huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo’yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda Respublikamizda tashqi va ichki audit tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o‘tqazishni taqozo etmoqda. Hozirgidavrdadunyomamlakatlariijtimoiy-iqtisodiytaraqqiyotio‘ziningma’no-mazmunijihatidanoldingibosqichlardankeskinfarqqiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi nomoddiy aktivlardan foydalanish bo‘yicha raqobatning ham keskinlashuviga, shu jumladan har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallanganYang O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosi doirasida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 4-maqsadida audit xizmati xodimlarini malakasini oshirish va sertifikatlash tizimini yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida keltirib o‘tilgan2. Biroq, o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardag iiqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, ya’ni korxona, tashkilotlarda nomoliyaviy mablag‘lardan unumli fodalanilmaganligi, turli faoliyatdan olingan pulmablag‘larni noto‘g‘ri sarflanishi, xalqaro valyuta kredit munosabatlarining buxgalteriya hisobi va auditda aniq tahlil natijasida aks ettirilmaganligi dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutlar barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi. Kurs ishi ob’ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari va ular faoliyatini litsenziyalashga oid ma’lumotlar tanlab olindi. Tadqiqotning predmeti bo‘lib, auditorlik kasbining malakaviy talablari va auditorlik faoliyatini litsenziyalash hamda uni takomillashtirish masalalarini o‘rganish hisoblanadi. Download 72.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling